Asosiy qism Korxona ishlab chiqarish sarflari va ularning guruxlanishi. 2Mahsulot ishlab chiqarish tannarxining kalkulyatsiyasi. Tannarx pasayishini asosiy yo’llari. 4Ishlab chiqarish xarajatlari


Oddiy usulda tannarxni kalkulyatsiya qilish



Download 76,6 Kb.
bet11/17
Sana31.12.2021
Hajmi76,6 Kb.
#261492
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Dilnoza

Oddiy usulda tannarxni kalkulyatsiya qilish:

Mahsulot turlari

Bir oyda chiqaril gan mahsulotlar soni

Mahsulot birligining rejadagi tannarxi, so’m

Haqiqatda ishlab chiqarishga rejadagi xarajatlar, so’m

Taqsimlash koeffitsienti

Haqiqiy xarajatlar, so’m

Mahsulot birligi uchun xarajatlar, so’m

A

100

1500

150000

1,244

186600

1866,0

B

300

450

135000

1,244

167940

559,8

V

800

2260

1808000

1,244

2249160

2811,5






















Keltirilgan hisob-kitobda avvalo koeffitsient aniqlanadi, u haqiqiy xarajatlar umumiy summasining rejadagi xarajatlar umumiy summasiga nisbati sifatida xisoblanadi:

2603700 : 2093000 = 1,244

So’ngra, ishlab chiqarish haqiqiy xarajatlarning umumiy summasi (2603700 so’m) ularning rejadagi xarajatlar summasidagi hissasiga muvofiq ravishda A, B, V mahsulotlari o’rtasida taqsimlanib, mahsulot ishlab chiqarishning tannarxi belgilanadi.

A mahsuloti bo’yicha hisob-kitob quyidagicha ko’rinish oladi: 150000 x 1,244 = 186600 so’m.

B mahsuloti bo’yicha:

135000 x 1,244 = 167940 so’m.

V mahsuloti bo’yicha:

S 1808000 x 1,244 = 2249160 so’m.

Bo’limli usul pirovard mahsulot ishlab chiqarishning bir qator texnologik jihatdan uzluksiz bosqichlarvdan o’tadigan birlamchi xom ashyoni izchil qayta ishlash yo’li bilan olinadigan ishlab chiqarishlar uchun xos — bu narsa qora va rangli metallurgiya, to’qimachilik va boshqa tarmoqtarda mavjud. Ayrim tsexlar va bo’limlar ichida ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yarim tayyor mahsulotlar variantini qo’llash ushbu usulning asosiy xususiyati hisoblanadi. Bo’limli usulda mazkur tsex yoki bo’lim mahsuloti tannarxini kalkulyatsiya qilishning yarim tayyor mahsulotlarsiz varianti qo’llanishi mumkin.

Tayyor mahsulot tannarxi asosiy materiallar tannarxiga bir qator izchil bosqichlarda ularga ishlov berish tannarxlarini asta-sekin jamlash yo’li bilan belgilanadi. Hisob bo’limli usul bo’yicha tashkil etiladigan ishlab chiqarishlar ko’p material talab qiladi, shuning uchun moddiy xara-jatlar hisobi ishlab chiqarishning har bir bosqichida materiallardan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlashini e’tiborga olib tashkil etiladi. Bir bo’limda olingan yarim tayyor mahsulotlar keyinga bo’limda birlamchi material bo’lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan ularni baholash va qiymat ifodasida keyingi bo’limga topshirish zaruriyati yuzaga keladi.

Ular tayyor mahsulot sifatida boshqa korxonalarga sotilishi mumkinligi uchun ham yarim tayyor mahsulotlarni baholash zarur bo’ladi. Ularni bir bo’limdan boshqa bo’limga topshirishda yarim tayyor mahsulotlarni baholash haqiqiy tannarx bo’yicha amalga oshiriladi.

Bo’lim bo’yicha xarajatlarning mazkur bo’limda ishlov berish yakunlangan va ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlar o’rtasida ularga ishlov berish jarayonida xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar harakatining natural qo’rsatkichlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi ushbu usulning xos xususiyati hisoblanadi.

Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli ishlab chiqarish xisobining eng oddiy usullaridan biridir. U asosan yakka tartibda va kichik turkumlarda mahsulot ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Yakka-yolg’iz nusxalar, mayda turkumdagi mahsulotlar, ta’mirlash, montaj qilish va eksperimental ishlar, fuqarolarning kiyim yoki poyabzalni yakka tartibda tikish uchun buyurtmalari va hokazolar ushbu usulda kalkulyatsiya qilish ob’ektlari hisoblanadi.

Ishlab chiqarishning barcha xarajatlari tahliliy hisobda buyurtmalar bo’yicha qat’iy tarzda hisobga olinishi ushbu usulning farqlab turuvchi xususiyatidir. Har bir buyurtma doirasida xarajatlar belgilangan kalkulyatsiya moddalari bo’yicha guruhlanadi. Har bir buyurtmaga xarajatlar taxliliy hisobi varaqasi yuritiladi, unda mahsulotning nomi va turi, mahsulotlar soni, buyurtmachining nomi, buyurtmaning tugash muddati, rejadagi tannarx, narxi ko’rsatiladi. Butun birlamchi hujjatlar buyurtma kodini albatta ko’rsatgan holda tuziladi.

Oddiylik va kalkulyatsiya qilish ob’ektlari bo’yicha xarajatlarni guruxlash uchun qulaylik buyurtmali usulning afzal jihati hisoblanadi. Biroq u bir qator jiddiy kamchiliklarga ega: ushbu usulda kalkulyatsiya vaqti-vaqti bilan (har oyda) emas, balki alohida buyurtmalar yakunlanishiga qarab tuziladi, shu sababli hisobot davri uchun ishlab chiqarish faoliyatining natijalarini aniqlab bo’lmaydi.

Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning normativ usuli quyidagi printsiplarga rioya qilinishini taqozo etadi:

— korxonada amal qilayotgan me’yorlar asosida har bir mahsulot turi bo’yicha oldindan normativ tannarx kalkulyatsiyasini tuzish;

— normativ tannarxni tuzatish, ana shu o’zgarishlarning mahsulot tannarxiga ta’sirini belgilash uchun oy mobaynida o’zgarishlar xisobini yuritish;

— sabablari va aybdorlarini ko’rsatgan holda ishlab chiqarish jarayonida belgilangan me’yorlardan tafovutlarni muntazam aniqlab borish;

— mahsulotning haqiqiy tannarxini uning normativ tannarxi, tafovutlar va me’yor o’zgarishlarini algebrik yig’indi sifatida aniqlanadi.

Mahsulotning haqiqiy tannarxi normativ usulda quyidagi formulaga ko’ra aniqlanadi:

Ht = Nt ± Mt ± Mo’,

bu erda Ht — haqiqiy tannarx; Nt — normativ tannarx; Mt — me’yorlardan tafovutlar; Mo’ — me’yorlar o’zgarishi.

Normativ usul xisob ma’lumotlaridan tannarxning pasayishi rezervlarini aniqlash va ishlab chiqarishga tezkor rahbarlik qilish uchun samarali foydalanish imkonini beradigan ilg’or usul hisoblanadi. Normativ usul, odatda, ko’p mikdordagi detal va uzellardan iborat xilma-xil va murakkab mahsulotni ommaviy va turkumli ishlab chiqarishda, ishlov beruvchi sanoat korxonalarida (mashinasozlik, metallga ishlov berish, tikuvchilik, poyabzal, trikotaj, mebelsozlik tarmoqlari va hokazo) qo’llaniladi.

Davr xarajatlari — xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Yo’riqnomaga binoan joriy etilgan korxonaning xarajatlar xisobi tizimida nisbatan yang’i ko’rsatkich. Bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bogliq bo’lmagan xarajatlar davr xarajatlari toifasiga kiritiladi. Ushbu xarajatlarga bo-shqaruv, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik maqsadidagi boshqa xarajatlar, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari kiradi. Ushbu xarajatlar korxonaning mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’lanmagani, leqin mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish bo’yicha asosiy faoliyati bilan bovingani uchun ular operatsion xarajatlar, shuningdek umumiy va ma’muriy xa-rajatlar deb xam ataladi. Ular ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot yoki tovarlar hajmiga bog’liq emas, aksincha, vaqg, xo’jalik faoliyatining qancha davom etishi bilan ko’proq bogliq. Ushbu xarajatlar ular paydo bo’lgan xisobot davrida yig’iladi va hisobdan chiqariladi.


Download 76,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish