2.1-rasm. Iqtisodiy resurslarning turkumlanishi
Yer - insonga tabiat tomonidan tuhfa etilgan barcha tabiiy resurslarni, ya'ni iqtisodiyot tarmoqlarida foydalaniladigan yer resurslari, yer osti qazilma boyliklari, ormonlar va suv resurslarini oz ichiga oladi.
Kapital yoki “investitsion resurslar” ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan barcha asosiy vositalarni, ya'ni fabrika va zavod binolari, turli inshootlar, qurilmalar, mashinalar va asbob-uskunalar, traktorlar, transport vositalari, kompyuter va axborot-kommunikatsiya vositalarini ifodalaydi. Bu vositalarni ishlab chiqarish va jamg arish jarayonini “investitsiyalash” deb ataymiz.
Bazan iqtisodchilar asosiy vositalar sotib olishga sarflanadigan pul mablaglarini ham “kapital” deb atashadi. Ammo pul mablaglari ozicha hech qanday tovar ishlab chiqarmasligini e'tiborga olsak, ularni ishlab chiqarish resursi deb emas, balki “moliyaviy kapital” deb atash togriroq boladi.
Хomashyo va materiallar - ishlab chiqarish jarayonida “asosiy kapital” singari uzoq muddat emas, balki qisqa muddatda, ya'ni bir ishlab chiqarish bosqichida qatnashadi hamda ozining qiymatini yaratilayotgan tovarga toliq kochirib, uning tarkibiy qismiga aylanadi.
Ishchi kuchi - tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar korsatishda foydalaniladigan insonlarning barcha aqliy va jismoniy qobiliyatlarini (tadbirkorlik qobiliyati alohida kategoriyaga ajratiladi) aks ettiradi. Ishchilar, injenerlar, quruvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar va boshqa mutaxassislar tomonidan bajaradigan ishlar “ishchi kuchi” yoki “mehnat resursi” tushunchasini o'z ichiga qamrab oladi.
Tadbirkorlik qobiliyati - mehnat resurslarining alohida xususiyatga ega kategoriyasi bolib, uning mohiyati quyidagi funksiyalarida o'z ifodasini topadi:
tadbirkor ishlab chiqarish jarayonida yer, kapital, xomashyo, ishchi kuchi va boshqa barcha resurslarni birlashtiradi va o'ziga xos “katalizator” vazifasini o'taydi;
tadbirkor biznesni yuritish jarayonida firma faoliyatining asosiy strategiyasi hamda muvaffaqiyatini ta'minlab beruvchi eng asosiy qarorlarni qabul qilish bilan bog'liq qiyin vazifalarni zimmasiga oladi;
tadbirkor ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar, yangi mahsulot turlari va biznesni tashkil etishning ilg'or usullarini joriy etishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi;
tadbirkor biznes yuritish bilan bog'liq katta tavakkalchilikni (riskni) o'z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorga foyda olish kafolatlanmagan, ya'ni u yilni zarar bilan yakunlashi ham mumkin. Shu tufayli tadbirkor nafaqat o'z kapitalini, balki sarflagan vaqti, mehnati va sha'nini ham tavakkalchilik ostiga tikib harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |