Asosiy qism axborotlarni qayta ishlash bazasini tashkil qilish tamoyillari


Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari



Download 108,84 Kb.
bet7/8
Sana09.07.2022
Hajmi108,84 Kb.
#761779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
opa kurs ishi

3. Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari
Boshqarish - deb ob’ektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy ob’ektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Bunday har bir bunday ob’ekt o’zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa ob’ektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo’ladi va o’zaro ta’sirning mavjudligini hamda o’z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko’plab turli elementlardan tashkil topadi. Iqtisodiy ob’ekt – bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o’z faoliyati mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Iqtisodiy ob’ektning muhit bilan o’zaro ta’siri natijasida turli xil o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar bir-birigi o’ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo’lishi mumkin. Bular: degradatsiya (iqtisodiy ob’ektning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni iqtisodiy ob’ektning emirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, iqtisodiy ob’ekt va muhit o’rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo’lishi mumkin, shu tufayli iqtisodiy ob’ekt bir qancha muddat o’zgarmay qoladi yoki faqat teskari o’zgarishlarga uchraydi. Ob’ektda bu o’zgarishlar boshqarish zururiyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish muhim funktsiya bo’lib, usiz hech bir iqtisodiy ob’ekt maqsadga yo’naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida ob’etni saqlab qolish, ko’proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir. Boshqarish aniq bir iqtisodiy ob’ektlarning o’ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bog’liq holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, iqtisodiy ob’ektni takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi. Iqtisodiy ob’ektni tizim sifatida ko’radigan bo’lsak, u quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’ladi. 1. Boshqaruvchi sub’ekt 2. Boshqariluvchi ob’ekt Bu elementlar o’rtasidagi aloqa xam katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy ob’ekt deb ishlab chiqarish korxonasini olsak (aktsionerlik jamiyati, firmalar, kichik korxonalar va hokazo), boshqaruvchi sub’ektga bu ishlab chiqarish korxonalarining rahbar organlari, bo’linmalari kiradi (direktor, bo’lim boshliqlari va hokazo). Boshqariluvchi ob’ektga esa korxona tsexlari, ishlab chiqarish bo’limlari misol bo’ladi. Agar boshqaruvchi sub’ektdan ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi ob’ektga yo’naltirilsa, bu aloqa «to’g’ri aloqa» deyiladi. Korxona miqyosida bunga reja va turli xil ko’rsatmalar qarorlar misol bo’lishi mumkin. Agar aksincha, ma’lumotlar boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish sub’ektiga yo’naltirilsa, «teskari aloqa» deyiladi. Bunga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdori va xokazo misol bo’la oladi. quyidagi boshqaruvning kibernetik modeli keltirilgan. Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo’naltirilgan. SHundan kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan ob’ektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o’rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko’rib chiqish mumkin. Boshqarish jarayonida to’g’ri va teskari aloqa kanallari bo’yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o’rtasida axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo’yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi ob’ektga axborot uzatishning to’g’ri kanali bo’yicha boshqaruvchi ta’sirlar jo’natadi. Teskari aloqa kanali bo’yicha boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi. Demak, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rinishida etkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash mumkin.

Axborot tizimi.


Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari xaqida, boshqariluvchi jarayon holati xaqida, boshqaruvchi ta’sirlar xaqida axborotga ega bo’linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur iqtisodiy ob’ektning axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o’zgarishlarga uchraydi, uning tezligi iqtisodiy ob’ekt bajarayotgan vazifalarga bog’liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig’ish tizimi, ko’rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang’ich yig’ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o’zaro bog’liq Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi. Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondoshuv uni axborot protseduralarini (ma’lumot yig’ish, ro’yhatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va xakazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog’liq boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko’rib chiqishni ko’zda tutadi. Protseduralarni bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro’y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga yo’naltirilgan. Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv u yoki bu tashkilotning funktsional vazifasi bilan bog’liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko’rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro’yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol o’ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo’linma faoliyatining yo’nalishi aks etadi. Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar ob’ekti sifatida ko’rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondoshuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.

XULOSA
Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kеlgan bilim va ma'lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to`plagan tajribalari majmui dеmakdir.
Axborot rеsurslari iqtisodiy ob'еktning stratеgik, taktik va tеzkor maqsad, vazifalarini bеlgilash, asosli va o`z vaqtida qarorlar qabul qilish imkoniyatini bеradi. Zamonaviy axborotlashgan jamiyatda axborot rеsurslari ishlab chiqarishning asosiy qismi bo`libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatidagi tovar hamdir.
O`zbеkiston Rеspublikasining axborot-kommunikatsiyalar bozori industriyasi mahalliy iqtisodning eng tеz rivojlanayotgan dinamik taraqqiy etadigan tarmoqlaridan hisoblanadi. U mamlakatning iqtisodiy o`sishiga katta ta'sir ko`rsatadi.
Bular hammasi intellektual transport tizimi joriy qilishda judayam katta ahamiyatga ega har bir loyihadan ko`zlangan maqsad ma`lum bir malumotlarni to`plagan holda va qayta ishlash ularni jamlash ortida yagona bo`lgan firk majmuasiga keltirish xisoblanadi.
Ushbu loyiha davomida shunday ma`lumotlarga ega bo`ldim ki- Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirshni imkonini beradi. Shunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorni qabul qilish uchun asos bo‘luvchi axborot paydo bo‘ladi. Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko‘ra qancha yuqori bo‘lsa, mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bo‘ladi.

Download 108,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish