Asosiy qism. 1 Ethernet tarmog‘i


Topologiya tushunchasining ko'p ma'noliligi



Download 57,21 Kb.
bet5/8
Sana19.07.2021
Hajmi57,21 Kb.
#123116
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kompyuter tarmoqlari

Topologiya tushunchasining ko'p ma'noliligi 

Tarmoq  topologiyasi  kompyuterlarning  faqat  jismoniy  o'rnini  emas,  bundan  ham  muhimroq 

kompyuterlar  orasidagi  ulanish  turlari  va  tarmoqli  signallarni  tarqatish  xususiyatini  belgilaydi.  Aynan 

kompyuterlarning  ulanish  turi  tarmoqning  buzilishiga  barqarorlik  darajasini,  tarmoq  qurilmalarining 

murakkablik  darajasini,  axborot  almashish  usullarining  qaysi  bin  mos  tushishini,  foydalanilishi  mumkin 

bo'lgan  axborot  uzatish  vositalari  (aloqa  yo'li),  tarmoqning  ruxsat  etilgan  o'lchami  (abonentlar  soni  va 

aloqa yo'lining uzunligi), elektr energiyasini moslash va boshqa ko'p masalalarni aniqlab beradi. 

Tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterlarningjismoniy o'rni tarmoq topologiyasini tanlashga, umuman 

olganda,  kam  ta'sir  ko'r-  satadi,  har  qanday  kompyuterlarni  joylashish  holatidan  qat'i  nazar,  oldindan 

tanlangan  topologiya  bo'yicha  xohlagan  vaqtda  ulash  mumkin  (1.10-rasm).  Agarda,  ulanayotgan 

kompyuterlarning  jismoniy  joylashgan  o'rni  doirasimon  bo'lsa  ham  ularni  bemalol  «Yulduz»  yoki 

«Shina»  topologiyalari  bo'yicha  ulash  mumkin.  Aksincha,  kompyuterlar  qandaydir  markaz  atrofiga 

joylashgan  bo'lsa,  ularni  o'zaro  «Shina»  yoki  «Halqa»  topologiya  ko'rinishida  ulash  mumkin.  Nihoyat, 

kompyuterlar  bir  chiziq  bo'ylab  joylashgan  taqdirda  ham,  ularni  o'zaro  «Yulduz»  yoki  «Halqa»simon 

ulash mumkin. Kabellarning jami uzunligi necha metrni tashkil qilishi esa, boshqa masaladir. 

Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda, to'rtta bir-biridan farqli tushunchalarni 

nazarda tutiladi, bu tushunchalar tarmoq arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir: 

jismoniy topologiya — ya'ni kompyuterlarning o'zaro joyla- shishi va kabellarni o'tkazish sxemasi. 

Bu  ma'noda,  masalan,  «Passiv  yulduz»  «Aktiv  yulduz»  topologiyasidan  farq  qilmaydi,  shuning  uchun 

ko'p hollarda faqat «Yulduz» deb yuritiladi

mantiqiy topologiya — ya'ni kompyuterlar o'zaro aloqa strukturasi va signalning tarmoqda tarqalish 

belgilari. Bunday ta'rif topologiyaning ancha to'g'ri ta'rifidir; 




axborot  almashinuvini  boshqarish  topologiyasi  —  bu  alohida  kompyuterlar  o'rtasidagi  axborot 

almashish huquqi, ketma-ketligi va prinsiplari; 




axborot topologiyasi — bu tarmoqdan uzatilayotgan axborotlar oqimining yo'nalishidir. 

Misol  uchun,  jismoniy  va  mantiqiy  topologiyali  «Shina»  tarmog'i  axborotlarni  uzatish  uchun 

estafeta usulidan foydalanishi mumkin (ya'ni bu halqa ma'nosida) va bir vaqtning o'zida barcha axborotni 

alohida  ajratilgan  bir  kompyuterdan  uzatishi  ham  mumkin  (ya'ni  bu  yulduz  ma'nosida).  Mantiqiy 

topologiyali «Shina» tarmog'i jismoniy topologiyali «Yulduz» (passiv) va «Daraxt» (passiv) ko'rinishiga 

ham ega bo'lishi mumkin. 

Jismoniy,  mantiqiy va boshqarish topologiyali har qanday tarmoq axborot topologiyasi ma'nosida 

yulduz, deb hisoblanishi mumkin, agarda, bir server va bir necha mijoz asosida yig'ilgan tarmoq bo'lsa, 

faqatgina shu server bilan aloqa qilinadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining kamligi 

haqidagi fikrlar markazdagi buzilishlarning sababi deyish adolatli bo'ladi (bu holda - server). 

Xuddi  shuningdek,  har  qanday  tarmoq  axborot  ma'nosida  «Shina»  topologiyasi,  deb  atalishi 

mumkin,  agarda,  u  bir  vaqtning  o'zida  server  va  shuningdek,  mijoz  bo'ladigan  kompyuterlar  yordamida 

qurilgan  bo'lsa.  Har  qanday  boshqa  «Shina»  hollari  kabi,  alohida  kompyuterlarning  buzilishi  bunday 

tarmoqqa kam ta'sir qiladi. 

Markaziy  hisoblash  tarmoqlar  topologiyasi  haqidagi  tahlilni  tugatar  ekanmiz,  ta'kidlab  o'tish 

kerakki,  tarmoq  turini  tanlashda  topologiyaning  turi  asosiy  omil  bo'la  olmaydi.  Masalan,  tarmoqning 

standartlik darajasi, axborot almashish tezligi, abonentlar soni, qurilmalarning narxi va tanlangan dasturiy 

ta'minot  muhim  omillar  bo'la  oladi.  Lekin  boshqa  tomondan  olib  qaraganimizda,  ba'zi  tarmoqlar  turli 

bosqichda  turli  topologiyalarni  ishlatish  imkonini  beradi.  Endi  tanlash  bu  bobda  o'tilgan  jami  fikr  va 

mulohazalarni hisobga olgan holda butunlay foydalanuvchining zimmasiga tushadi. 



1.5 Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.

Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir.

Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.

Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir.

Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir. Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak.

Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi.

Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:

Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha;

Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;

Boshqarish usuli bo’yicha;

Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;

Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzilishi bo’yicha.

Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:

Mintaqaviy tarmoqlar- ( MAN–Metropolitan Area Network);

Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);

Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q.

Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni etadi.

Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida




Download 57,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish