Birinchidan, O`rta Osiyo xonliklari o`z hunarmandchilik mahsulotlarini Rossyaga sotishdan manfaatdor edi. Ikkinchidan, O`rta Osiyo xonliklari o`z hududida kamyob bo`lgan Sibir mo`ynasi, baliq tishi, yog`ochdan yasalgan idishlarini harid qilishdan manfaatdor bo`lgan. Uchinchidan, Rossiyadagi metal va metal buyumlari O`rta Osiyoga keltirish, qurol yarog` olishdan manfaatdor edilar.
O`rta osiyo va Rossiya munosabatlari o`zaro umumiy manfaatlarga asoslangan edi. Munosabatlarda rus podsholari dastlabki payitlarda O`rta Osiyo xonliklarga nisbatan tajavuskorlik niyatidan yiroq, ya`ni tinch-totuv, savdo, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantorishga qaratilgan siyosat olib bordi. Keyinchalik esa XVIII asrda Rus davlati iqtisodiy, siyosiy jihatdan mustahkamlangandan so`ng, janubi sharqa bosqinchilik siyosatini yurgiza boshladi. Bu Piyotr I davrida yaqqol ko`zga tashlandi. Bunga Rossiyada oltinga bo`lgan talabning ortib ketishi va qulay bozorning zarurligi sabab bo`ldi. Xuddi shu vaqtda ya`ni 1713-yil Nafasxo`ja ismli turkman Astraxonga kelib, Amudaryodan oltin qum olinishi va o`tmish zamonlarda unung Kaspiy dengizga quyilganligi haqida rus hukumatiga ma`lumot berdi. Shuningdek, Amudaryoni Kaspiyga burush mumkinligi va bu ishda turkmanlar yordam berajagini ham aytdi. Bunday axborot Pyotr I ni faol harakatlarga undaydi. Chunonchi, u 1714- yilning 19- mayida Xiva xonligini zabt etish haqidagi farmonni senatga yubordi1.
2) Turkiston va Rossiya o`rtasidagi elchilik aloqalarining rivojlanishida elchilarning ahamyati kata hisoblangan. Masalan; Rus davlarida elchilarni uch tabaqaga bo`lganlar,1-tabaqa “ulug` elchi”, 2-tabaqa “oddiy elchi yoki vakil”, 3-tabaqa esa “chopar”lardir. Ulug` elchi sifatida faqat boy zodagonlar va duma a`zolarigina yuborilar edi. Mansabi pastroq amaldorlar esa elchi sifatida yubotilgan. Bakovulllar va ayrim amaldorlar ham chopar qilib yuborilgan. Elchi odatda, avvalo, ishonch yorlig`ini, ya`ni o`z elchiligini tasdiqlovchi hujjatni olgan.
Keyin esa “dasturiamal”ni olgan, bubda elchining vazifalari, elchi o`zini qanday tutishi kerakligi ham ko`rsatilgan bo`ladi.
XVI-XVII asrlarda Buxoro bilan Rossiya o`rtasidagi savdoning uchta asosiy ko`rinishi bo`lgan,
a)Mahalliy hunarmandlar ishlagan va keng iste`milga ketadigan Arzon va turli nav millar bilan savdo-sotiq qiladigan “erkin” kupeslar savdosi.
b)Rus podsholari va Buxoro xonlarining elchixonalardagi josuslar orqali yuritilgan savdo.
c)Podsho bilan xon o`rtasida tavar ayrboshlashdan iborat bo`lgan savdo.
Buxoro-Rossiya ayrim elchilik missiyalari
Elchilarning ismimlari
|
Jo`natilgan yillari
|
Qaysi hukumdor tomonidan yuborilgan
|
Qasi davlatga teg`ishli
|
A`zam Aziz va Shayx
|
1558
|
|
Buxoro
|
Muhammad Ali
|
1585
|
Abdullaxon II
|
Buxoro
|
Dostum
|
1589
|
Abdullaxon II
|
Buxoro
|
Boybo`ri To`ychiyev
|
1589
|
F Ramanov
|
Rossiya
|
Odambiy
|
1619
|
Imomqulixon
|
Buxoro
|
Ivan Danilovich
|
1622
|
Mihail Fyodrich
|
Rossiya
|
Xonquli to`pchi boshi
|
1716
|
Abulfayzxon
|
Buxoro
|
XVII asrda Buxoro va Maskva davlati o`rtasida elchilik aloqalari yanada rivojlandi. Bu davrda Buxoro va Xiva elchilari Maskvaga 26 marta tashrif buyurganlar. Maskva elchilari esa 9 marta Buxoroga kelganlar.
Rossiya tomonidan yuborilgan keying elchilik missiyalari asosan ayg`oqchilar va rus harbiylari elchi tariqasida yuborilgan. Bunga misol qilib 1718-yilgi Floriyo Beneveniy boshchiligidagi 8 nafar elchilardan iborat edi2.
3) Turkiston va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarda savdo-iqtisodiy aloqalar muhim ahamyat kasb etgan. Chunkiy savdodan olinadigan boj har ikki davlat uchun juda kata foyda keltirgan. Jumladan, 1787-1796-yillarda Rossiyaga O`rta Osiyodan keltirikgan mollarning qiymati 4625861 rublni tashkil qilgan bo`lsa, ulardan Buxoro amirligining ulishi 4518316 rublga teng bo`lgan. Shu davrda O`rta Osiyoga Rossiyadan keltirilgan 4094028 rubl miqdorga teng mahsulotlarning Buxoroga to`g`ri keladigan hissasi 3680869 rublga tengdir. Ko`rsatib o`tilgan 10 yil davomida Buxoro amirligi bilan olib borilgan ayirboshlash savdosi Rossiyaga 450 ming rubldan ortiq daromad keltirgan.
Rossiya sanoatining rivojlana borishi bilan bu yerda O`rta Osiyodan keladigan yigirilgan ip, paxta va ipakka bo`lgan ehtiyoj tobora kuchaya bordi. XVIII asrning ikkinchi yarimidan boshlab yigirilgan ip, paxta va ipak narxining tezlik bilan ko`tarilib borishi buning yaqqol dalildir. 1760 yilda Orenburgda ingichka paxta ipining bir pudi 20 so`mdan 25 so`mgacha sotilgan bo`lsa, 1802 yilga kelib unung narxi 60 so`mdan 70 so`mgach, 1811-yilda esa 120 so`m va undan ham qimmatroqa sotilgan. 1760- yilda bir pud paxta 5 so`mdan 8 so`mgacha sotilgan bo`lsa, 1083-yilga kelib 45-50 so`mdan 70 so`mgacha yetdi.1754-yilda bir pud ipakning narxi 30 so`mdan 60 so`mgacha bo`lsa 1804- yilda u 120 so`mdan 180 so`mgacha va 1811-yilda esa esa 600 so`mdan 700 so`mgacha ortdi. Bu davrda O`rta Osiyodan Rossiyaga asosan 3 nav paxta keltirilgan. Birinchi nav Shahrisabs paxtasi hisoblanib, uning har pudi 45 so`mdan 70 so`mgacha, ikkinchi nav O`ra tepa va Jizzaxdan keltirilib, bir pudi 40 so`mdan 50 so`mgacha va uchinchi nav Miyonqol paxtasi hisoblanib, unung har bir pudi 35 so`mdan 45 so`mgacha bo`lgan.
XIX asrda O`rta Osiyodan Rossiya shaharlariga paxta va yigirilgan ip bilan bir qatorda ko`plab har xil to`qima hamda tayyor kiyimlar keltirilishi davom etdi. Rossiya to`qimachilik sanoati rivojlanayotgan bo`lsada, rus to`qimachilik sanoati iste`mol qilinayotgan gazmolning faqat 30% miqtorigina to`qir edi. Shunung uchun ham Rossiyada O`rta Osiyo to`qimasiga bo`lgan talab kata edi. XIX asr o`rtalarida dunyoni kapitalistik davlatlari yangi yerlarni, xom-ashiyo bazalari va o`z mollarini sotish uchun bozorlarni egallashga intilishi Rossiya imperyasini ham bosqinchilik urushlariga undadi. Rossiya imperyasini bosqinchilik siyosatining asosiy obyektlari O`rta Osiyo xonliklari bo`ldi. O`sha davrdagi O`rta Osiyo xonliklari mintaqada yakka hukumdorlikka intilishi, mavjud siyosiy parokandalikdan foydalanib, Rossiya imperyasi tomonidanhonliklar hududi qisqa mudada birin-ketinlik bilan bosib olindi. Bu esa Rossiyga Turkiston o`lkasini tabiy boyliklarini o`zlashtirishga zamin yaratdi.
Rossiya imperyasining O`rta Osiyoni bosib olishdagi harakatlari Sirdaryoni quyi oqimidagi Raim (1847), Garbiy Sibir tomomdagi Kopal (1847), Oqmachit (1857), Olmota yaqinidagi Verniy (1854) kabi strategic qulay mudofa inshoatlarini qurish bilan birga qo`shib olindi. Bunday mudofa inshoatlari Rossiyani Buxoro amirligi, Qo`qon xonligiva Xiyva xonliklariga yanada chuqurroq kirib borishga zamin yaratdi.
4) Rossiya hukumati O`ta Osiyono bosib olish uchun dastlab iqtisodiy ekspatatsiya qilishdan boshladi bunday usulni qolashga Rossiya – Anglya munosabatlari sabab bo’ldi. Iqtisodiy eksplotatsiya qilish yangi savdo bozorlari va xom-ashyo bazasiga ehtiyoj sezayotgan Rossiya savdo sanoat doyoralarini hukumat siyosatini qo`llab quvatlayotganidan darak berardi.
Rossiya hukumati Turkistonni boshqarishda ikki tamoilni umumlashtirishga majbur bo`ldi. Birinchisi mintaqada iloji boricha Rossiya tartibini tezroq joriy qilish, ikkinchisi esa o`z ananalarini va tirmush tarzida tub burilish bo`lishini xoxlamaydigan xalqlar bilan munosabatlarni qanday qilib o`rnatish edi.
Turkistonni Rossiya tomonidan bosib olinishi – bu amalda ikki svilizatsiya to`qnashuvi, xususan o`lkaga yaqindan tanish bo`lmagan xristiyan pravaslav oqimini kirib kelishi bilan izohlanadi. Turkistonda yerli aholi madaniyatidan yiroq tili, dini, urf-odati, an`analari bir biriga yaqin bo`lmagan bosqinchilar hukumronligi boshlandi. 1865 yilning 2- martida Senatning Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Orol dengizining Issiqko`lgacha bo`lgan O`rta Osiyo xonliklari bilan chegaradosh hududlarda Turkiston viloyatini tshkil etish bo`yocha farmon e`lon qilindi. Bu paytda hududda 453 ming kishi yashsr edi. Turkiston viloyati uch bo`limga; o`ng qanot, markaz, chap qanotga bo`linar edi.
O`zaro urushlardan so`ng 1868-yil 13-fevral kuni Turkiston general-gubernatori bilan Qo`qon xonligining imzolangan sulh shartnomasiga ko`ra, rus savdogarlari Qo`qon xonligining istalgan shahar va qishloqlaridan karvonsaroylarga ega bo`lish va savdo agentliklarini tuzish huquqiga bo`ldilar. Qo`qon xonligi savdogarlari Rossiya hududida emas, balki Turkiston general-gubernatorligining shaxar va qishloqlarida, ya`ni o`z yurtlarida shunday imtiyozlarga ega bo`ldilar holos. Rus savdogarlaridan 2,5% miqdorda belgilangan. Rossiya imperyasi taziqi ostida tuzilgan bu shartnoma xonliklarning barcha xalqi, ayniqsa savdo ahli o`rtasida kuchli notozilik uyg`otdi.
1873-yil 12-avgustda imzolangan Rossiya-Xiva shartnomasiga ko`ra Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Turkiston general-gubernatori K.P fon Kaufman tomonidan qo`yilgan barcha shartlarni so`zsiz qabul qilib, boshqa mamlakatlar bilan mustaqil aloqa lar yuritish huquqidan mahrum bo`ldi. Rus savdogarlari va sanoatchilarga xonlikga tegishli hamma yerda savdo qilish huquqini berdi va ular boj va soliqlardan ozod etidi. 1867-yil ishlab chiqilgan “Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaini boshqarish to`g`risida qoydalar loyhasi” Turkiston general-gubernatorligi tuzilganidan keyin o`lkada bojxona ishini yuritishning daslapki huquqiy asosi bo`ldi. Unga ko`ra 1868-yil turkiston general-gubernatorligi tarkibiga boshqa masalalar singari zakot ishlarini yuritish uchun Xo`jalik boshqarmasi tashkil qilindi.
Xo`jalik boshqarmasi chegara ortidan kelayotgan har bir karvondan shariyat bo`yicha belgilangan miqdorda zakot undirish bilan shug`ulangan. Agar olib kelinyotgan yuklarning ko`rsatilgan qiymati to`g`riligiga shubha tug`ilsa Xo`jalik boshqarmasi birr us amaldori va ikki mahalliy savdogar guvohligida yuklarni ochish va uning qiymaini mahalliy shart-sharoitlar asosida aniqlash huquqiga ega bo`lgan. Shundan so`ng yuklar nazoratga olinganl;igi to`g`risida kivitansiya berilgan.
1881-yil 19-dekabrda Turkiston general gubernatori vazifasini bajaruvchi Kalpakovskiy o`lkaga G`arbiy yevropa va Osiyo maxsulotlari kirib kelishiga chek qo`yish maqsadida Muvaqqat bojxona nizomini tasdiqladi. Unga ko`ra
O`rta Osiyo xonliklarida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni Turkiston general-gubernatorligi hududiga bojsiz olib kirishga ruhsat berildi.
Barcha inglz-hind, Yevropa, TUrkiya va eron mahsulotlarini o`lkaga olib kirish qatian taqiqlandi.
Bir put brutto choy uchun 14 rubl 40 tiyn, doka uchun 6 rubl va 1 fut bo`yoq uchun 1 rubl miqdorda boj belgilangan.
Boj undirish uchun rus kridit rubllarida amalga oshirilgan.
Olib kirilish taqiqlangan yoki boj to`lanishi lozim bo`lgan mahsulotlar, bojxona nazoratidan yashirib olib kirilgan taqdirda musodara qilingan. Musodaradan tushgan pulning 25% esa bojxona muossasalari fondiga tushgan.
5) Rossiya imperyasi uchun mazkur mintaqani bosib olishdagi siyosiy va harbiy maqsadlar ustun bo`lganligi 1866-yildayoq imperya kansleri A. M. Garchokovga Orenburg general-gubernator yozgan maktubda, keyinchalik esa imeryasinining ko`plab yuqori martabali amaldorlari tomonidan yozilgan hisobotlarda ham takidlangan ed.
Rossiya imperyasining siyosiy va harbiy namoyondarari rus aholisinining bir qismini Turkistonga ko`chirishdan ko`zlangan bosh maqsadi.
Mustamlaka hududida Rossiyaning harbiy-siyosiy hukumdorligini o`rnatish
Mustamlaka hududda Rossiya imperyasi manfatlariga xizmat qiladigan ishonchli qatlamiga ega bo`lish.
Mustamlaka hududida rus armiyasi va boshqaruv tizmi tayanchini tashkil qilish.
Metropolya manfatlariga zid hatti-harakatlarida bo`lgan taqdirda yerli xalqqa qarshi kuchlar zahirasini yaratih edi.
Ko`chirish siyosatidan ko`zlanga maqsadlardan eng muhimlaridan yana biri shunda edikiy aholini ruslashtirish siyosati birinchi o`rindagi maqsadlardan biri hisoblanardi. Shuning uchun ham rus hokimyati bu siyosatga zudlik bilan kirisha boshladi. Rossiyadan Turkistonga ko`chirish, amalda, o`lkani bosib olish bilan bir vaqtda amalga oshirildi. Imperiya tomonidan dastlab Yettisuv viloyatiga, keyinchalik esa Sirdaryo, Farg`ona, Samarqand, Kaspiyorti viloyatlariga ko`cherish boshlandi.
1868-yili yanvarda Kalpokovskiy K.P. fon Kaufmanga bergan bildirishida To`qmoq, Pishpak va issiqko`lga 50 tadan oilani joylashtirish zaruriyati borligini takidlaydi. Kalpokovskiy tomonidan taklif etilgan rejada keyinchalik Yettisuv viloyatidagi beshta uezdda 34 ta dehqonlar qishlog`i 1345 ta hovlisi bilan tashkil qilgan 47 ta yashash joyi bolishi kerak edi. 1883-yilga kelib 29 ta rus posyolkalarida 15 ming kishi istiqomat qilardi.
1874-yilda Sirdaryo viloyatiga aholini ko`cherish boshlangan. Dastlab bu yerda 20 ta rus qishlog`i tashkil topib, ko`chib kelganlar soni 7702 tani tashkil qilgan. 1895-yilga kelib Sirdaryo viloyatidagi rus posyolkalarini soni 45 taga yeta di va undagi aholi 15330 tani tashkil qilgan.
Farg`ona viloyatiga ham ruslarni ko`cherish masalasi ham 1891-yildan boshlangan. 1893-yida O`sh uezdiga 200 oila ko`chirib kelindiva Pokrovskiy qishlog`i deb nomlandi. 1897-yida Namagan uezdi boshligi tashabusi bilan Kiyev guberniyasidan 200 oila chotqol uezdiga joylashtirildi. Umuman olganda XX asr boshlariga kelib, Farg`ona vodiysida 3794 kishi ko`chib kelgan.
Samarqand viloyatida esa 1902-yilga kelganda, rus oilalari 570 ta bo`lib, 2300 kishini tashkil qilgan.
Rossiya imperyasi ning ko`chiruvchilik siyosatibuyuk davlatchilik va mustamlakachilik tamoillarga asoslanganligi Turkistonni yirik shaxarlarini rus va mahalliy qismlarga bo`linishida hamda rus aholisi yashayotgan hududlarda obodonlashtirish, boshqaruv ishlariga sariflanayotgan harajatlarni mahalliy aholidan undirishda, mahalliy hunarmandlardan, yer egalaridan o`tiroq va ko`chmanchi aholidan olinadigan soliqlarni hajmi, savdogarlardan esa olinadigan boj to`lovlarning bir necha bor oshirishda ham yaqqol namoyon bo`lgan. Bundan tashqari mahalliy aholini doyimiy hashar va majburiy ishlarga majburlab kelingan. Ko`chib kelgan aholiga esa turli imtiyozlar berilgan.
Buning natijasida Turkiston o`lkasida, xususan, 1882-yilda Toshkenda, 1898-yilda Andijonda, 1916-yilda esa umumturkistonda qozgalonlar ko`tarildi. Ko`chirib kelingan aholi dehqonchilikda unumdor yerlardan, boshqa ishlarda esa og`ir mehnat jarayonlariga tortilmas edi. Buni aholini har tomonlama kamsitish, huquq va erkinliklarini toptash edi.
6) Turkiston o`lkasiga matbuotning kirib kelishi Rossiya mustamlakachiligidan so`ng kirib keldi. Buni esa ruslarning Turkiston o`lkasiga qilingan samarali ishlardan biri desak mubolag`a bo`lmaydi. 1870-yildan boshlab o`lkada “Туркистанский ведомости” gazetasi muntazam ravishda chop etila boshladi. Lekin shuni takidlash joyizkiy bu gazetada ham malumotlar aniq va ravshan berib borilmagan.
Rossiya imperyasi tarkibida yashovchi turkiy xalqlar ichida 1883-yilda Ismoilbrk G`asperali “Tarjimon “gazetasini chop ettiradi. Keyinchalik 1906-yilda “Tarqqiy”, shu yili 6-sentyabrda Munavvarqorining “Xurshid”, 1907-yida Abdulla Avloniyning ”Shuhrat” gazetasi chiq boshlaydi. Keying davrlarda Turkiston o`lkasida tureli gazetalar ko`paya bordi. 1877-yilda S.I. Laxin tomonidan tashkil etgan bosmaxona Toshkentdagi dastlabki xususiy bosmaxona edi. Mazkur bosmaxona litografiya jihozlariga ega bo`lib, mahhaliy tillarda ham kitoblar nashr qilgan. Bunday bosmaxonalar 1880-yilda Samarqanda, 1882-yilda Namanganda, 1887-yilda Qo`qonda ochila boshlaydi. Umuman, 1868-yildan 1898-yigacha Turkistonda matbba korxonalar soni 15 taga yetadi. Bundan so`ng esa o`lkada gazeta va jurnallar son keskin ortib bordi bu esa xalqni marifatga yetaklovchi vositaga aylanib bordi.
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni takidlash lozimki, Turkiston va Rossiya munosabatlari boshlangan vaqtda bizning o`lkalarga shunchakiy savdo-iqtisodiy aloqalarni o`rnatish va u orqaliy qo`shni Afg`onistob bilan aloqalarni tiklash bo`lgan desak hat obo`lmaydi. Pyotr I davriga kelib Rossiya sanoatida rivojlanish kuzatiladi. Bu esa sanoat uchun xomashiyo va tayyor sanoat maxsulotlarini sotish uchun bozorga bo`lgan talabning ortishiga sabab bo`lgan.
Rus shoyiri A.S pushkin shunday deb yozadi “Piyotr I ikki armon bilan ko’z yumdi;- biripurut sohilidagi mag`lubyati uchun Turkiyadan, ikkinchisi A. Bekovch-Cherkaskiy mag`lubiyati uchun Xivadan o’ch ololmaganligidaedi”. A. Bekovch-Cherkaskiy ekspeditsiyasinin mag`lubiyati Rossiya imperyasining O`rta Osiyoga hujimini birqancha vaqt davomida to`xtab qilishiga sabab bo`lgan. Rus mamuryati shundan so`ng turli josuslar yordamida ma`lumotlar to`plashga harakatlar qilishdi va buni uddasidan chiqdi ham deyish mumkin. Bu malumotylar orqali Rossiya xonliklarni ortiqcha qiyinchiliksiz tarlibiga qo`shib olishga muvofaq bo`lgan.
Rassiya bosqini natijasida yurtimizda qadryat va ananalarning toptalishi va dinimizga nisbatan turli tahdidlar ham kuzatilgan. Lekin shuni takidlash joyizkiy, Ruslar Turkiston o`lkasiga dunyoviy fanlar va muorif, matbuotning tarqalishiga olib keldi. Lekin bu ishlarning barchasi Rossiya iperyasining manfatl;ari yo`lida hizmat qilganini yaqqol guvohi bo`lish mumkin.
Turkiston marifatparvarlari esa yurtni savodini chiqarip ularni marifat yo`lidan borishga, marifat asosida esa Turkistonni mustaqil qilish yo`lida jonbozlik ko`rsatdilar. Buning natijasida xalqimizni biro`z bo`lsada dunyoqarashi yangilanganini ko`rishimiz mumkin. Lekin bu ishlarni Rus hukumati jinoyat deb atab ko`plab marifatparvar ulamolarni qatog`on qurboniga aylanishga sabab bo`ldi.
Fikrimiz so`ngida shuni aytishim mumkinkiy har doyim ham qo`shi davlatlarning siyosiy qarashlari har doim ham investitsiys olib kirayotgan mamlakatni boy qilaman deb emas, balki, uning tabiy boyliklari va arzon ishchi kuchidan foydalanib mo`maygina daromad ilinjida kelishlari ham turgan gap.
Ilova
A.Bekovich Cherkassiy ekspeditsiyasi oldiga qo`yilgan vazifalar Pyotr I tomonodan chiqarilgan ikkita farmonda o`z ifodasini topgan. 1714-yil 29-maydagi farmonga ko`ra, u Astraxonga borishi va bu yerda keragich kemalar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan 1500 nafar odam olishi, ular bilan Kaspiy dengizning sharqiy sohili bo`ylab Xiva yerlarigacha suzib borishi , u yerda albatta istehkom barpo etishi belgilab qo`yilgan. A. Bekovich-Cherkassiyga Eron yerlariga yetib borishi, Amudaryoning eski o`zani topilgan taqdirda, uning bo`yida istehkom qurishi,uni 600 yoki 700 askar bilan mustahkam qo`lda ushlab turishi bo`yicha qat`iy ko`rsatma berilgan edi. Shu bilan birga A.Bekovich-Cherkasskiyga Kaspiy dengizi sharqiy qirg`og`I xaritasini tuzish topshirilgan.A.Bekovich-Cherkasskiy missiyasi 1714-yili yozida boshlandi. Bu missiya Sherg`ozixon tononidan uchga bo`linib qirib tashlangan. A.A.Bekovich-Cherkaviskiy ekspeditsiyasining halokati O`rta Osiyoda Rossiya harbiy faoligini 100 yilga aniqrog`i Peroviskiyning tajovuskora yurishlariga qadar to`xtab qolgan edi.
Maskur elchilikdan ko`zlamgan maqsad va vazifalar 1718-yil 13- iyulda G.Golovkin va P.Shafirovlar tomonidan imzolangan, 7 banddan iborat quydagi maxfiy yo`riqnomada o`z aksini topkan edi.
a)Elchi etib tayilandi. Atraxonda Buxoro elchisiga qo`shilib, tayinlangan mamlakatga birgalikda jo`nash.
b)Yo`lda, ayniqsa Buxoro xonligi hududida, hamma iqtisodiy va geografiko`ziga xosliklarni eslab qolish.Buxoroliklarga sezdirmagan holda Kaspiy dengizniulardan qaysi tomonda joylashgani, qanaqa kemalarga egaligi, shaharlar va ularning mudofaa qobilyatini aniqlash.
c)Diplomatik qoidalarga rioyetishini qat`iy taminlash. Pyotr I shon-sharafiga ziyon yetkazmaslik. Elchini qabul qilish odatlarni so`rab-surishtirish va Buxoro xonligi Eron elchiligiga qanday izzat-ikrom ko`rsatsa, Rossiya elchiligiga ham undan kam bo`lmagan hurmat ko`rsatilishi talab qilish hamda umga erishish.
d)Buxoro xonligi harbiy-siyosiy strategiyasiga jiddiy e`tabor qaratish. Qal`alar undagi qo`shinlar miqdori, harbiy qo`shinlar tarkibi va ularning holatini aniqlash.
e)Buxoro xonligining ichki va tashqi holatini aniqlash. Xonning kuch-qudratini, xalq ustidan nazorati qay darajada ekanligi, aholisi qo`zg`alon va isyonlarga moyil yoki moyilemasligi, boshqaruv shakli, Eron, Xiva va Turkiya bilan o`zaro munosabatlarini hamda qaysi tomondan harbiy tahdid borligi, qaysi davlat bilan do`stona minosabatda ekanligini aniqlash. Elchi mimkin qadar ko`piroq Buxoro xonlogi tashqi siyosatiga ta`sir o`tkazishi zarur.
f)Rus- Buxoro savdo munosabatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini o`rganish zarur. Bunung uchun buxoroliklar qanaqa tavarga ega va ularni qayerga sotishni, Buxoro bozorlarida Rossiyaning qaysi maxsulotlarga ehtiyoj borligini aniqlash, ko`chmanchilar hujumi xavfi bor-yo`qligini o`rganish.
g)Orta Osiyoda oltin qazib olish haqida ma`lumot to`plash.
Do'stlaringiz bilan baham: |