To’liq balans qiymat – asosiy kapitalning korxona balansida aks ettirilgan
qiymati. Bunda so’nggi o’tkazilgan qayta baholash paytigacha mavjud asosiy
kapital to’liq tiklash qiymat bo’yicha, undan so’ng kiritilgan asosiy kapital to’liq
boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi.
Asosiy kapitalni – milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon
amaliyoti joriy baho (qayta tiklash qiymati) dagi qoldiq qiymati ko’rsatkichidan
foydalanishni tavsiya etadi. Ammo mamlakatlarda baholarni o’zgarishi tezligi va
amortizatsiya siyosatini turlichaligi asosiy kapital hajmini va jon boshiga to’g’ri
keladigan darajasini xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish
imkoniyatini bermaydi.
Ma’lumki, asosiy kapitalning joriy (qayta tiklash) qiymati – bu asosiy
kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir. Qayta
baholash ikki usulda amalga oshiriladi:
1) indekslar (YaIM deflyatori, INI, investitsiya deflyatori, o’rtacha indeks,
asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo’yicha indeks, deflyator) yordamida;
2) to’g’ridan-to’g’ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) usulda.
O’zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo’yicha) ning
eskirishi darajasiga ko’ra “koeffitsientlar” – indekslar yordamida amalga oshirildi.
Asosiy kapitalni qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq
strukturasi ham o’zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq
qiymatning to’liq qiymatdagi salmog’i) darajasi ham o’zgaradi. Demak asosiy
fondlarni qayta baholanishi asosiy fondlarning to’liq qiymatini o’zgartirishi bilan
birga qoldiq qiymatini turli tarzda o’zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga
ta’sir etmasdan qolmaydi.
Oldin ta’kidlaganimizdek, mamlakatda qo’llaniladigan amortizatsiya siyosati
ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va uorqali fizik kapital hajmiga
ta’sir etadi.
Bu yoki boshqa korxona qanchalik barqaror yoki beqaror bo'lsa, kompaniya qarzga olingan mablag'larga qanchalik bog'liqligini bilib, qo'shimcha kapitalni to'lamaslik yoki jarimani to'lamaslik yoki o'z vaqtida to'lanmagan qarzni to'lamaslik xavfisiz o'z kapitalini erkin boshqarishi mumkin.
Ushbu ma'lumot birinchi navbatda korxonaning pudratchilari (xom ashyo etkazib beruvchilar va mahsulot (ishlar, xizmatlar) iste'molchilari) uchun muhimdir. Ular uchun ular ishlayotgan korxonaning uzluksiz jarayonining moliyaviy xavfsizligi qanchalik kuchli ekanligi muhimdir.
Korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlash modellaridan biri sifatida quyidagilarni ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |