- Asosiy fondlarning yemirilish koeffitsienti ularning yemirilish qiymatining dastlabki qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi.
- Asosiy fondlarning butunlay ishdan chiqish koeffitsienti bir yil ichida ishdan chiqqan asosiy fondlar qiymatining yil boshidagi fondlar qiymatiga nisbati ko’rinishida hisoblanadi.
- Asosiy fondlarning yangilanishkoeffitsienti bir yil ichida kiritilgan asosiy fondlar qiymatining yil oxiridagi asosiy fondlar umumiy qiymatiga nisbati ko’rinishida ifodalanadi.
Asosiy fondlar samaradorligini aniqlashda ulardan ekstensiv va intensiv ravishda foydalanish yo’llari mavjud:
1. Ekstensiv yo’llar quyidagilarga bog’liq:
- harakatdagi uskunani kalendar davrdagi ish vaqtini oshirish va ishlab chiqarish maydonlarining yuklanishini ko’paytirish;
- korxonadagi barcha uskunalar tarkibida harakatdagi uskunalar sonini oshirish.
Harakatdagi uskunalar ish vaqtini oshirishning quyidagi yo’llari mavjud:
- smenalar orasidagi uskunalarning to’xtab turish vaqtlarini qisqartirish, texnik xizmat ko’rsatishni takomillashtirish va ishlab chiqarishni o’z vaqtida xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim fabrikatlar bilan ta’minlash, rejalashtirish va dispetcherlik xizmatini yaxshilash;
- uskunalarning yuklanish darajasini oshirish;
-yordamchi xo’jaliklardagi ishlarni takomillashtirsh hisobiga uskunalarning foydalanish koeffitsienti oshirish.
-ta’mirlash ishlarini tashkil etishni takomillashtirish va muddatlarini qisqartirish;
-ishlab chiqarishga zarur bo’lgan, o’rnatilmagan uskunalarni jalb etish;
- harakatsiz uskunalarni yo’qotish (ro’yxatdan chiqarish, arendaga berish, lizingga berish, sotish).
2. Mahsulot miqdori va ma’lum vaqt birligida ish hajmini ko’paytirish intensiv ravishda foydalanish bilan ta’minlanadi va quyidagilardan iborat:
- asosiy vositalarni texnik takomillashtirish va yangilash, eskirgan texnikani yangisiga almashtirish;
- yuqori sifatli va samarali asosiy vositalarni kiritish;
- mexanizatsiya va avtomatizatsiya darajasini ko’tarish;
- egiluvchan ishlab chiqarish tizimlarini qo’llash;
- yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlarini mexanizatsiyalashtirish;
- progressiv texnologik jarayonlar, maxsus moslamalar va asboblarni tatbiq etish;
- texnik tayyorgarlikni takomillashtirish;
- uskunalarning optimal ish tartiblaridan foydalanish;
- texnologik jarayonlar va ishlab chiqariladigan mahsulot sifat talablariga muvofiq keladigan sifatli xomashyo, material va yarim fabrikatlar bilan ta’minlash;
- ishchi-xodimlarning malakasi va kasb mahoratini oshirish.
korxonalarida asosiy vositalarning samarali foydalanish darajasini oshirishda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish alohida o’rin tutadi. Bu quyida ko’rsatilgan yo’nalishlar orqali amalga oshiriladi:
- asosiy vositalarni optimal ishlab chiqarish va texnologik tuzilmasini shakllantirish;
- ishlab chiqarish ritmini muvofiqlashtirish;
- ishlab chiqarishda rejalashtirishni takomillashtirish; uskuna va ishlab chiqarish maydonchalarini to’liq yuklash; mehnatni ilmiy tashkil etish usullaridan faol foydalanish;
- ishlab chiqarishni boshqarishda zamonaviy texnik va programmalashtirilgan dasturlardan foydalanish;
- ishchi-xodimlar uchun iqtisodiy rag’batlantirish tizimlarini rivojlantirish va ulardan to’g’ri foydalanish;
- korxona muayyan sharoitlaridan kelib chiqqan holda va ko’rsatkichlarni to’g’ri tahlil qilish asosida asosiy vositalardan foydalanishning eng maqbul yo’llari tanlanadi.