Asosiy fondlar qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida asosiy fondlarlarning tarkibi va tuzilishi


asosiy fondlaming  turlar bo ‘yicha  tuzilmasini



Download 38,42 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi38,42 Kb.
#228672
1   2   3
Bog'liq
ASOSIY FONDLAR QURILISHNING ISHLAB CHIQARISH VA RESURS ASOSI SIFATIDA

asosiy fondlaming  turlar bo ‘yicha  tuzilmasini 

aks  ettiradi  hamda  amaliyotda  foizlarda  o‘lchanadi.  Korxona  asosiy 

ishlab  chiqarish  fondlari  tuzilmasining,  birinchi  o ‘rinda  uning  aktiv 

qismini  -  mashina  va  asbob-uskunalarni  ko'paytirishga  yo‘naltirilgan 

takomillashtirishdan  manfaatdor  bo‘lishi  lozim.  Ulaming  ulushi 

qanchalik  yuqori  bo‘Isa,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  miqdori 

shunchalik katta bo‘ladi va aksincha.

Korxona asosiy fondlarining turlar bo‘yicha tuzilmasi, ko‘p jihatdan kapital  qo‘yilmalarning  texnologik tuzilmasi  orqali, jumladan,  ulaming yangi  qurilish  va  qayta  ta’mirlash,  amaldagi  ishlab  chiqarishni kengaytirish  va  qayta  qurollantirish  bilan  awaldan  belgilab  qo‘yilgan bo‘ladi.  Asosiy  fondlaming  turlar  bo‘yicha  tuzilmasiga  ishlab chiqarishni  ixtisoslashtirish  va  konsentratsiya  qilish  darajasi  ham  katta ta’sir o‘tkazadi.

Yirik  korxonalar,  ishlab  chiqarishni  fondlar  bilan  ta’minlashda  vafan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan  keng  foydalanishda kichik va o‘rta  korxonalarga  qaraganda  ko‘proq  imkoniyatga  ega.  Biroq  kichik korxonalar  harakatchan- roq,  ulaming  boshqaruvi moslashuvchanroq  bo‘lib,  natijada  ishlab  chiqarishni  texnik  jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.

«Korxona  iqtisodiyoti»ga  ekspluatatsiya  qilinayotgan  asosiy fondlam ing  yoshi,  birinchi  o‘rinda  mashina  va  asbob uskunalarningyoshi  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Hozirgi  paytda  mashina  va  sanoat 

uskunalarini yosh bo‘yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi:  5 yilgacha,  5 yildan  10 yilgacha,  10 yildan 15  yilgacha,  15  yildan  20  yilgacha,  20  yildan  25  yilgacha  va  hokazo. Mashina  va  uskunalaming  ekspluatatsiya  muddati  qanchalik  yuqori bo‘lsa,  korxonaning  ishlab  chiqarish  quwatlari  shunchalik past  boiadi,


Inqiroz  yillarida  ko‘plab  davlatlar  o‘z iqtisodiyotiga,  ayniqsa,  moliya-bank  sohasini saqlab  qolish  maqsadida  aynan  shu  sohaga ulkan  mablag‘lami  yo‘naltirishga  majbur bo‘ldi. 

Bu, o‘z navbatida, bir qator davlatlarda,  avvalo,  rivojlangan  mamlakatlarda 

katta miqdordagi davlat budjeti taqchilligi  va  davlat  qarzlarini  keltirib chiqardi, 

moliyaviy nomutanosiblikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga 

ko‘ra  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  asosiy  fondlariga bo'linadi.Ishlab  chiqarish  asosiy  fondlari  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasida qatnashadi.  U o‘zining rivojlanish davomida ishlab chiqarish jarayonida bir  necha marta  ishlatiladi.  Ishlab chiqarish  asosiy  fondlari  bosqichma -bosqich  eskirib,  o‘z  qiymatini  

ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotga qismlab  o ‘tkazib  boradi.  Ular  amortizatsiya  ajratmalari  hisobiga qoplanadi.

Noishlab  chiqarish  asosiy  fondlariga  korxona  balansida  turgan, 

xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog‘cha, sport muassasalari va 

boshqa  madaniy-maishiy  xizmat  ko'rsatuvchi  obyektlar  kiradi.  Ishlab 

chiqarish  fondlaridan  farqli  o ‘laroq  ular  ishlab  chiqarish  jarayonida 

qatnashmaydi  va  o‘zinikining  qiymatini  mahsulotga  o‘tkazmaydi. 

Ularning  qiymati  iste’molda  yo‘q  bo‘lib  ketadi.  Ularning,  o ‘rni 

toMdirilmaydi.  Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi.

Noishlab chiqarish asosiy  fondlari  ishlab chiqarish hajmi va mehnat 

unumdorligiga  bevosita  ta’sir  o'tkazmasada,  ishchilar  turmush  sharoiti 

bilan  bog‘liq  holda,  albatta  korxonaning  xo‘jalik  faoliyati  natijasiga 

ta’sir qiladi.

Korxonalar asosiy  ishlab  chiqarish  fondlari  iqtisodiy  o'xshashligiga 

qaramasdan,  umumiy  maqsadi  va  xizmat  qilish  muddati  bilan farqlanuvchi  

mehnat vositalarining asosiy qismini tashkil  etadi.  Shuning uchun ulami alohida xususiyatlari bo‘yicha muayyan guruhlarga ajratish zarurati tug‘iladi.

Korxona  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlari  quyidagi  guruhlarga 

bo'linadi:

•  yer  uchastkalari,  egalik qilish  huquqiga  ega  korxonaga tegishli  bo‘lgan  tabiatdan foydalangan obyektlari  (suv yer osti  boyliklari, boshqa tabiiy resurslar).

• binolar (ishlab chiqarish - texnik, yordamchi binolar va boshqalar);

•  inshootlar  (injenerlik  qurilish  obyektlari,  ishlab chiqarishga 

yordamlashuvchi inshootlar);

•  uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari);

•  mashina vajihozlar;

•  hisoblash texnikasi;

•  transport vositalari (ichki va tashqi  ishlab chiqarish)

•  qiymati eng kam oylik  ish haqining  50 barobaridan ko‘p bo‘lgan 

asbob va moslamalar;

•  ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari;

•  xo‘jalik ichidagi yo‘llar.

Asosiy  fondlar  alohida  guruhlari  o‘rtasidagi  nisbat  asosiy fondlaming  qaysi  guruhi  uchun  mablag4  sarflanishi  jamiyat  uchun ahamiyatsiz  emas.  Chunki  korxonalami  ishab  chiqarishda  asosiy  o‘rin egalaydigan  va  ularning  ishlab  chiqarish  imkoniyatlarini  xarakterlay- digan  asosiy  fondlaming  aktiv  qismi  -   mashina  va  jihozlaming ko‘payishi qiziqtiradi.

Asosiy  fondlar  aktiv  qismining  normal  ishlashini  ta’minlaydigan binolar,  inshootlar,  inventarlarasosiy fondlaming passiv qismiga kiradi.Asosiy  ishlab  chiqarsh  fondlari  qiymatida  jihozlar  hissasining oshishi  boshqa  teng  sharoitlarda  ishlab  chiqarishning  o‘sishiga  va fondlar qaytimining oshishiga olib keladi.

Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini to‘g‘ri tashkil etish ishlab 

chiqarishning  o4sishiga,  tannarxning  pasayishiga  va  korxona  pill 

mablag4 larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi.

Sanoatning  turli  tarmoqlariga  tegishli  korxonalarda  asosiy  ishlab 

chiqarish fondlari strukturasi bir xil bo4lmaydi.  Masalan, yengil va oziq- 

ovqat  sanoatida  binolar  asosiy  o4rin  egallaydi  (44-46%),  yonilg4i 

sanoatida  inshootlar  (17-19%),  elektro  energetika  sanoati  korxonalarida 

uzatish  qurilmalari  (30-33%),  mashinasozlik  korxonalarida  mashina  va 

jihozlar asosiy o4rin egallaydi.

Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlari  strukturasiga  asosiy  ta’sir  qiluvchi 

omillar  bo4lib,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  xarakteri,  mahsulot 

ishlab  chiqarish  hajmi,  mexanizatsiya va  avtomatlashtirilganlik  darajasi 

hamda  korxonaning  iqlim  va  geografik  joylashishi  va  xususiyatlari 

hisoblanadi.

Birinchi omil binolaming qiymati va o4lchamiga, transport vositalari 

va o4tkazish  qurilmalarining hissasiga ta’sir  qiladi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi maxsus  ishchi mashina 

va jihozlari hissasining oshishiga olib keladi. Xuddi shunday uchinchi va 

to4rtinchi omillar ham asosiy fondlar tuzulishiga ta’sir ko4rsatadi. Asosiy

fondlar  tarkibidagi  bino  va  inshootlar  hissasi  iqlim  sharoiti  bilan  ham 

bog‘liq.


Quyidagilar  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlari  tuzilishining yaxshilanishga olib

 keladi:


• uskunalami yaxshilash va zamonaviylashtirish;

•  uskunalar,  xususan  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 

stanoklar,  avtomatlashtirilgan  va  yarim  avtomatlashtirilgan  stanoklar, 

universal  va  murakkab  stanoklar,  avtomatik  liniyalar  hamda  hisoblash- 

dasturlash stanoklari tuzilishini takomillashtirish;

•  bino  va  inshootlardan  optimal  foydalanish,  bo‘sh  turgan joylarga 

qo‘shimcha uskunalar o‘matish;

•  korxonaning qurilish  loyihalarini to‘g‘ri  tuzish va qurilish rejasini sifatli qilib amalga oshirish; 


• ortiqcha va kam foydalaniladigan uskunalami tugatish.

Asosiy  fondlarni  hisobga  olish  va  rejalashtirish  natural  va  pul 

shaklida  olib  boriladi.  Asosiy  fondlarni  baholashdan  oldin  mashinalar 

soni,  ularning  unumdorligi,  quw ati,  ishlab  chiqarish  maydonining 

o‘lchami  va  boshqa  natural  shakldagi  miqdoriy  ko‘rsatkichlar 

aniqlanadi.  Bu  ma’lumotlar  tarmoq  va  korxona  ishlab  chiqarish 

quwatini  hisoblashda,  ishlab  chiqarish  dasturini  rejalashtirishda, 

uskunalar balansini tuzishda foydalaniladi.  Ushbu ko‘rsatkichlar asosida 

uskunalar inventarizatsiya qilinadi va ularni hisobdan chiqarish,  hisobga 

kiritish amalga oshiriladi,

Asosiy  fondlarni  pul  (qiymat)  shaklida  baholash  asosiy  fondlarning 

takror  ishlab  chiqarishini  rejalashtirish,  eskirish  me’yorini  va 

amortizatsiya  ajratmalari  miqdorini  hamda  xususiylashtirish  hajmini 

aniqlash uchun zarur hisoblanadi.

Asosiy  fondlarni  baholashning  boshlang‘ich,  qayta  tiklanish  va 

qoldiq qiymat ko‘rilishlari foydalaniladi.




Download 38,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish