Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari Ularning turlari



Download 14,38 Kb.
Sana28.02.2022
Hajmi14,38 Kb.
#473637
Bog'liq
6-mavzu


6-MAVZU: ASOSIY FAOLIYATNING BOSHQA DAROMADLARI HISOBI. DAVR XARAJATLARINING TARKIBI VA HISOBI. MOLIYAVIY FAOLIYAT BO’YICHA DAROMADLAR VA XARAJATLAR HISOBI.
REJA:
1 Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari
2 Ularning turlari
3 Moliyaviy faoliyat bo’yicha
Tayanch so’z va iboralar: royalti, dvidentlar, moliyaviy natija, daromadlar, valyuta kursi, qimmatli qog’ozlar.

Royalti ko‘rinishidagi daromadlar deganda korxonalarning nomoddiy aktivlarini, masalan kompyuterlar uchun dasturlar ta’minotini, litsensiyalar va boshqalarni ijaraga berishdan va hamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadlarni hisoblanishi 4850 “Olinadigan royalti” schyotining debetida va 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9510- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy ” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. Dividendlar – bu aksiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar uchun hisoblangan daromad. Ushbu daromadni hisoblashga asos bo‘lib aksionerlik jamiyatining dividendning hisoblanganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi hisoblanadi. Ushbuxabarnomada jami hisoblangan dividend summasi, undan ushlangan dividend solig‘i summasi va to‘lanadigan dividend summasi aks ettiriladi. Agar xabarnomada dividend solig‘ini ushlanmaganligi uqtirilgan bo‘lsa, u holda ushbu soliqni dividend olgan korxonato‘lashi lozim. Hisoblangan didivend ko‘rinishidagi daromadlar 4840 “ Olinadigandividendlar” schyotining debetida va 9520 “Dividend ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9520- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar deganda boshqa yuridik shaxslarga berilganqarzlar va kreditlar uchun hisoblangan foizlar tushuniladi. Ushbu foizlarning miqdori tuzilgan shartnomalar asosida hisoblanadi. Foiz ko‘rinishidagi hisoblangan daromadlar 4830 “ Olinadigan foizlar” schyotining debetida va 9530 “Foizlar ko‘rinishidagidaromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9530- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar deganda korxonaning valyuta schyotida saqlanayotgan chet valyutasi va chet el valyutasidagi debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurs farqlari tushuniladi. Ushbu daromad har oyning oxirida


5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”, 4000 “Olinadigan schyotlar”, 4300 “Ta’minotchi va pudratchilarga berilgan bo‘naklar hisobi schyotlari” va boshqa chet el valyutasida hisobi yuritilgan debitorlik qarzlar schyotlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki e’lon qilgan kurslar asosida hisoblanadi. Hisoblangan ijobiy kurs farqlari yuqorida keltirilgan schyotlarning debetida va 9540 “Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9540- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar deganda mulkni bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad summasi 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” schyotlarining debetida va 9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9550- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar deganda uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar qiymatini oshirish natijasida vujudga kelgan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar qayta baholash dalolatnomalari asosida hisoblanadi.
Hisoblangan daromad summasi 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”, 5800 “ Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”ining debetida va 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9560- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. Korxonalarning moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlarning analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib boriladi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo’yicha foizlar (investitsiya davrida kapital qo’yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo’yicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha foizlar.
Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari.
Chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar.
Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar.
O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar.
O’z xarajatlar.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Download 14,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish