ASOSIY FANLAR
Qaysi javobda Odil Yoqubovning pyesalari berilgan?
“Dastlabki qadam”, “Er boshiga ish tushsa”
“Ko‘hna dunyo”,“Adolat manzili”
“Muzaffar Temur”, “Chin muhabbat”
“Shohi so‘zana”, “Ayajonlarim”
Quyidagi qaysi ijodkor O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991-yil) unvoni, «Mehnat shuhrati» (1996-yil) va «Buyuk xizmatlari uchun» (2001-yil) ordenlari bilan taqdirlangan.
A) Odil Yoqubov B) G’afur G’ulom
C) Abdulla Qahhor D) O‘tkir Hoshimov
G‘.G‘ulomning “Vaqt” she’ri haqida berilgan ma’lumotni aniqlang.
She’rda “o‘zbek otasi”ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan, otaning sog‘inchi ta’sirli ifoda etilgan.
She’rda ko‘lankaning o‘rik bilan u bodroq-bodroq gullagan paytda do‘st tutingani, biroq bulutli kunda yo‘qolib qolganligi ifoda etiladi.
She’rda shuhratparastlikka intilib ibodatxonani yoqib yuborgan Gerostratning qilmishi tilga olinadi.
She’rda millat dardiga najot sifatida xalqning og‘ir-vazmin, mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari − yigitlar tilga olingan.
Asli ot-u nаsаbi G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov bo‘lgаn shoir Shuhrаtning
«Guldursun» asari qaysi janrda yozilgan?
A) Roman B) Ballada C) She’riy to’plam
D) Hikoya
Qaysi javobdagi ma’lumot Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida?
U yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochgan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun "Yengil adabiyot", "Qiroat kitobi" singari darslik va majmualar yaratgan.
U insonlarning kelajagi uchun tarbiya muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, shunday deydi: "... tarbiya bizlar uchun yo hayot − yo mamot, yo najot − yo halokat, yo saodat − yo falokat masalasidur".
U jamiyat a’zolarini ma’rifatli, o‘qimishli va ilg‘or fikrli qilishga qaratilgan
“Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlari va “Juvonboz” hikoyasi muallifidir.
U Shahrisabz va Karkida yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochadi. Yangi maktablar uchun "Muxtasar islom tarixi", "O‘qu" singari darsliklarni yaratadi.
Sen o‘rtada ko‘prik bo‘lding-da, Geyne bilan o‘rtoq tutindim,
Lermontovdan ko‘mak o‘tindim.
Usmon Nosir ushbu satrlari orqali nimaga murojaat qilmoqda?
A) Vatanga B) ozodlikka C) hayotga
D) she’rga
Tog‘ay Murodning qaysi asari o‘zbek xalqining Chor Rossiyasi va sho‘ro bosqini ostida o‘tgan hayotini − yuz yildan ortiqroq tarixni o‘zida mujassam etgan?
"Otamdan qolgan dalalar"
"Oydinda yurgan odamlar"
"Ot kishnagan oqshom"
"Yulduzlar mangu yonadi"
Quyidagi qaysi ijodkorning hayoti «olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko‘mir solingan qoplar orasida» kechdi?
Janni Rodari
Jonatan Svift
Ernest Seton-Tompson
Antuan de Sent-Ekzyuperi
Said Ahmadning “Ufq” romani qahramonlari haqidagi xato hukm(lar)ni aniqlang.