Son soz turkumi
Asosan predmetning , bazan harakat-holatning miqdori va tartibini anglatuvchi sozlar son deyiladi .
Sonlar qancha ? necha ? nechanchi ? kabi soroqlarga javob boladi .
beshinchi palata , sakkizta parta , yuzlab fermerlar , uch bora aytdi , ikki aylandi , tort bukladi , ikkinchi
qaytarilmaydi
Diqqat!!! Son bitishuv usuli bilan otga boglansa sifatlovchi aniqlovchi , felga boglansa daraja-miqdor holi
vazifasida qollanadi. Ikkala bola qiyqirishib hovlini tort aylandi.
Sonlar yozma nutqda ikki xil ifodalanishi kuzatiladi : 1) harf bilan 2) raqam bilan
Bir
1
I
Besh
5
V
On
10
X
Ellik
50
L
Yuz
100
C
Besh yuz
500
D
Ming
1000
M
sakkiz yuz on
810
DCCCX
U ch yuz
300
CCC
Sonlar yasalmaydi, ammo boshqa soz turkumlarining yasalishiga asos bola oladi : bir+lik, tort+lik,
ikki+chi, besh+chi, bir+lash, ikki+lan, bitta+lab
Sonlarning tuzilishiga kora turlari
1. Sodda sonlar
Birgina asosdan iborat bolgan sonlar sodda sonlar hisoblanadi . Sodda sonlar sodda ot va sodda sifat kabi
sodda tub va sodda yasama singari ikki turga ajratilmaydi , chunki son yasovchi qoshimchalar yoq .
Demak , sodda yasama sonlar ham yoq .
Sodda tub sonlar eski darslikda 23 ta deb korsatilgan. Ular quyidagilar : nol , bir , ikki , uch , tort , besh ,
olti , yetti , sakkiz , toqqiz , on , yigirma , ottiz , qirq , ellik , oltmish , yetmish , sakson , toqson , yuz , ming
, million , milliard
Ammo sodda tub sonlar qatoriga yarim , chorak , nimchorak , tuman kabi sozlarni ham kiritish mumkin .
Ayrim sodda tub sonlar tarixan(etimologik jihatdan) qoshma son bolgan .
Masalan , sakson(sakkiz on) , toqson(toqqiz on) , oltmish(olti mish) , yetmish(yetti mish) kabilar. (mish
eski turkiy tilda on sonini anglatgan)
2. Qoshma sonlar
Birdan ortiq asosdan tashkil topgan sonlar qoshma sonlar deyiladi . Qoshma sonlar hamisha son+++son
shaklida boladi : on bir , sakson besh , bir yuz on olti , yetti ming olti
yuz qirq sakkiz .
Qoshma sonning qismlari hamisha ajratib yoziladi . Qoshma sonlar yasama soz hisoblanmaydi .
3. Juft sonlar
Kichik son va undan malum bir miqdorda katta sonning birikuvidan tashkil topgan sonlar juft sonlar
deyiladi . Masalan , bir-ikki , olti-yetti , besh-on , ottiz-qirq , tort yuz-besh yuz , uch-tort ming
Sonlar juftlashib chama , taxmin , tusmol manolarini anglatadi . tort-besh kun , ellik-oltmish bola , yetti-
sakkiz ming talaba
Diqqat!!! Tartib sonlar juftlashmaydi . Tartib sonlar mazmunan sifatga yaqin turadi .
4. Takroriy sonlar
Bir sonning takrorlanishidan tashkil topgan sonlar takroriy sonlar hisoblanadi .
milliard-milliard aholi , ming-ming dokon , million-million mablag
Takroriy sonlar mano kuchaytirish , koplik manolarini anglatadi
Diqqat!!! Dona son(bazan jamlovchi son) takrorlansa , taqsim son hosil boladi . tort+ta-
tort+ta daftar oldik , ikki+ta-ikki+ta otirdik , ikkov-ikkov ishladik , uchov-uchov oynadik
Sonlarning mano turlari
Sonlar narsa , belgi-xususiyat , harakat-holatning miqdori va tartibini anglatadi . Shunga asosan sonlar
ikki turga ajratiladi:
I. Tartib sonlar
Predmetlar va harakat-holatning ketma-ketlikdagi tartibini anglatuvchi sonlar tartib sonlar deyiladi .
Tartib sonlar sanoq sonlarga -inchi(-nchi) , -lamchi qoshimchalarini qoshish bilan hosil qilinadi .
sanoq son+++inchi(nchi, lamchi)===tartib son
Tarbiya masalasi bir+lamchi masaladir . U olti+nchi sinfda oqydi .
Bu xato ikki+nchi qaytarilmasin . Bemor sakkiz+inchi palataga joylashtirilsin .
Agar tartib son arab raqami bilan ifodalansa , -inchi(-nchi) qoshimchalari orniga chiziqcha (-) qoyiladi .
Masalan , 5-maktab(beshinchi maktab) , 7-rota(yettinchi rota)
Agar tartib son rim raqami bilan ifodalansa , chiziqcha(-) qollanmaydi . Masalan , XX asr(yigirmanchi asr) ,
VIII sinf(sakkizinchi sinf)
Diqqat!!! Yettichi lampa , qirqinchi fonar , oninchi ip , yetmish oltinchi benzin kabilar tartib son
hisoblanmaydi . Chunki , mazkur misollarda narsalarning ketma-ketlikdagi tartibi emas , balki ularning
turi, xili, navi ifodalangan . Ularni tartib son emas , xususiyat sifati deb baholasak , togriroq boladi .
Tartib sonlar otlasha oladi, gapda kopincha chiqish kelishigi shakli(-dan)ni olib kirish soz( sodda kiritma)
vazifasida qollanadi .
Birinchidan, sen shartnomani buzding, ikkinchidan, ishonchimni suiistemol qilding.
II. Miqdor sonlar
Predmetning va harakat-holatning miqdorini anglatgan sonlar sonlar miqdor sonlar deyiladi. Miqdor
sonlar mano va vazifasiga kora quyidagi ichki guruhlarga bolinadi : 1) sanoq sonlar 2) dona sonlar 3)
chama sonlar 4) taqsim sonlar 5) jamlovchi sonlar 6) kasr sonlar
1. Sanoq sonlar
Predmetlarning va harakat-holatning son-sanogini anglatgan sonlar sanoq sonlar deyiladi . Ular yozma
nutqda kopincha harf bilan emas , arab raqamlari bilan ifodalanadi .
Sonning boshqa mano turlari sanoq sonlardan hosil qilinadi .
Ikki etak paxta , besh qop un , yigirma litr benzin , uch yuz oltmish besh kun , 30 kilometr masofa
2. Dona sonlar
Narsalarning miqdorini donalab sanashda qollaniladigan sonlar dona sonlar deyiladi .
Dona sonlar sanoq songa -ta qoshimchasini qoshish bilan hosil qilinadi . tort+ta daftar , ottiz+ta oquvchi ,
55ta maktab
Donalab sanalayotgan narsalarning turini takidlash uchun -ta qoshimchasi ornida nafar(shaxslarga
nisbatan) , bosh(hayvonlarga nisbatan) , tup(osimliklarga nisbatan) , litr(suyuqliklarga nisbatan) ,
gramm(ogirlikka nisbatan) kabi sozlar qollaniladi .
on olti nafar talaba , ikki yuz bosh qoy , ellik tup kochat , on litr benzin , ikki yuz gramm shakar
Diqqat!!! Litsey darsligida(II kurs) 10 ta kerosin , 5 ta benzin kabilar dona son hisoblanmasligi aytib
otilgan .
3. Chama sonlar
Predmet va harakat-holatning miqdorini chamalab ifodalaydigan sonlar chama sonlar deyiladi . Chama
sonlar quyidagicha hosil qilinadi :
a) sanoq sonlarga -tacha , -lab , -larcha , -lar qoshimchalarini qoshish bilan : yuz+lab fermerlar ,
ellik+tacha archa , ming+tacha ishtirokchi , milliard+larcha mablag
Cholning yoshi oltmish+lar+da edi .
b) ikki sanoq sonni juftlash bilan : Manzilga ottiz-qirq chaqirim qoldi . Yana besh-olti hafta kutishga togri
keladi.
d) sanoq son bilan qollangan hisob sozga -cha qoshimchasini qoshish bilan(sanoq son+hisob soz+cha) :
Maydoni besh gektar+cha keladi . Yonida qirq dirham+cha puli bor edi .
e) sanoq sonlar bilan birga taxmin bildiruvchi sozlarni qollash orqali : yigirmaga yaqin yigit-qiz , on chogli
qoy-qozi , qariyb besh yosh katta , chamasi ikki soat yol yurib , yuzdan ortiq darslik , sakson
kilogrammdan koproq olma . Yigilishda ikkimi , uchmi qatnashdim.
4. Taqsim sonlar
Predmet va harakat-holatning miqdorini taqsimlab korsatadigan sonlar taqsim sonlar deyiladi . Taqsim
sonlar quyidagicha hosil qilinadi :
a) sanoq sonlarga -tadan qoshimchasini qoshish orqali (sanoq son+tadan=taqsim son)
Har birimiz tort+tadan kochat otqazdik . Kampir nevaralariga ikki+tadan qand berdi .
b) donna sonni takrorlash orqali
Onta-onta piyola xarid qildik . Eshakka uchta-uchta mindik . Partalarga ikkita-ikkita otirdik.
d) sanoq son bilan qollangan hisob sozdan keyin -dan(chiqish kelishigi) qoshimchasini qollash orqali
sanoq son+hisob soz+dan===taqsim son Ikki etak+dan paxta terdik . Kampir bolalarga bir siqim+dan
turshak berdi . Hammalari ikkov-ikkov zambil kotarib , gisht tashishga tushishdi .
Diqqat!!! Taqsim sonlar otlashmaydi , turlanmaydi , juft holda qollanmaydi .
5. Jamlovchi sonlar
Predmetlarning miqdorini jamlab , todalab korsatadigan sonlar jamlovchi sonlar hisoblanadi . Jamlovchi
sonlar sanoq sonlarga -ov , -ala , -ovlon , ovlashib , -ovlab kabi qoshimchalarni qoshish orqali hosil
qilinadi .
uch+ala bola , tort+ov+i+ni izlamoq , olti+ovlon inoq edi .
Diqqat!!! Ikki , olti , yetti sanoq sonlaridan -ov , -ala , -ovlon qoshimchalari yordamida jamlovchi son hosil
qilinsa , tovush tushishi sodir boladi . ikki+ov==ikkov , olti+ala==oltala , yetti+ovlon==yettovlon
-ov va -ala shakllari ikkidan ongacha bolgan sonlarga qoshilib kela oladi (ona tili 6 , N.Mahmudov)
-ov va -ala shakllari ikkidan yigirmagacha bolgan sonlarga qoshilib kela oladi(akademik litsey darsligi , II
bosqich , 175-bet)
-ovlon qoshimchasi bilan hosil qilingan jamlovchi sonlar nutqda hamisha otlashgan holda qollanadi va
egalik shakllarini qabul qilmaydi . Oltovlon ola bolsa , ogzidagin oldirar , Tortovlon tugal bolsa ,
tepadagin indirar .
-ov qoshimchasi bilan hosil qilingan jamlovchi sonlar ham hamisha otlashgan holda qollanadi va I shaxs
birlikdagi egalik shakli(-im , -m)ni qabul qilmaydi . tortov+ing , tortov+i , tortov+imiz , tortov+ingiz ,
tortov+lari shaklida qollanadi , ammo tortov+im shaklida qollanmaydi .
Demak , -ov va -ovlon qoshimchali jamlovchi sonlar nutqda hamisha otlashib qollanadi , otga
tobelanmaydi , sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qollanmaydi .
-ovlab , -ovlashib qoshimchalari bilan hosil qilingan jamlovchi sonlar felga boglanib , gapda ravish holi
vazifasida qollanadi . Yerni ikki+ovlashib(ikki kishi bolib) ekdik . Mashinani uch+ovlab(uch kishi bolib)
itardik .
Diqqat!!! Tarixiy kelib chiqishiga kora jamlovchi son bolgan birov(bir+ov) sozi hozirgi kunda gumon
olmoshi sifatida baholanadi . Birov(kimdir) sening aybingni yuzingga aytsa , sozini qaytarma , chunki u
sening uchun kozgudir ; kozgu xira bolib qolsa , boshqa aybingni korsatadimi?!
Jamlovchi sonlar mazmunan ot turkumiga yaqin turadi .Jamlovchi sonlar kopincha egalik shakllarini olib
qollanadi .
6. Kasr sonlar
Butun miqdorning qismini anglatuvchi sonlar kasr sonlar deyiladi .Kasr sonlar bir butunga yetmagan
miqdorni bildiradi . uchdan ikki , tortdan bir , on butun sakkizdan uch
Butun miqdorni ifodalovchi qism chiqish kelishigida , bolak , ulush miqdorni ifodalovchi qism esa bosh
kelishik shaklida boladi : toqqizdan ikki , ondan besh
Diqqat!!! Yarim(ikkidan bir) , yorti(ikkidan bir) , chorak(tortdan bir) , nimchorak(sakkizdan bir) sozlari
ham kasr sonlar sirasiga kiradi .
Diqqat!!! Miqdor sonlar ozi koplik manosini anglatgani uchun ular boglangan ot koplik shaklini qabul
qilmaydi . Masalan , ottiz odamlar emas , ottiz odam ; beshta kitoblar emas , beshta kitob
Olchov sozlar (hisob sozlar , numerativlar)
Sanoq son bilan sanaladigan predmetning orasida qollanib , narsalarning olchovini anglatuvchi sozlar
hisob sozlar deyiladi . Hisob sozlar ozidan oldin qollangan son bilan bitta soroqqa javob boladi va bitta
sintaktik vazifa bajaradi .
ikki etak paxta , uch yashik olma , bir piyola choy , tort qop un , besh sumka daftar , olti top atlas , yetti
satr sher , sakkiz gigabayt malumot , toqqiz kilometr yol , on chevron pul
Hisob sozlar predmetlarning quyidagi olchovlarini ifodalashga xizmat qiladi :
1. Masofa(uzunlik)ni ifodalovchi olchov sozlar : metr , qadam , quloch , qarich , gaz , farsax , tirsak , odim
, yigoch , tosh , qarich , chaqirim
2. Ogirlik(massa)ni anglatuvchi olchov sozlar : kilogramm , paysa , misqol , pud , qadoq , botmon , tonna ,
dahsar
3. Qiymatni anglatuvchi olchov sozlar : som , dollar , yevro , rubl , chaqa , miri , hemiri , solkavoy , paqir ,
dinor , dirham , chevron
4. Vaqtni anglatuvchi olchov sozlar : kun , soniya , sutka , yil , oy , hafta , asr , soat
5. Yoshni anglatuvchi olchov sozlar : kunlik , soatlik , yoshli , yashar , haftalik , asrlik , yillik , bahor
6. Juftlikni anglatuvchi olchov sozlar : juft , para , par
7. Predmetlarni todalab ifodalovchi olchov sozlar : shoda , dasta , bog , quchoq , poda , gala , top ,
hovush , guruh , qora , band , atar , suruv , uyur , uyum , changal , quti
8. Butun predmetning qismini anglatuvchi olchov sozlar : karch , tilim , chaqmoq , shingil , burda , par ,
parcha , qism , luqma , tomchi , chimdim , togram , otim , qultum , tishlam , hoplam , qatra
9. Harakatning miqdorini anglatuvchi olchov sozlar : marta , karra , bora , dafa , safar , qayta , qatla ,
marotaba , bor , sidra
10. Narsalarni donalab ifodalaydi olchov sozlar : dona , tup , nafar , nusxa , bosh
11. Sath(yuza)ni anglatuvchi olchov sozlar : tanob , gektar , sotix , akr , kvadrat metr , kvadrat kilometr ,
xol
Mazkur guruhga mansub olchov sozlar bilan qollangan sonlar felga boglanib keladi .
Diqqat!!! Aksariyat olchov sozlar ot turkumiga mansub sozlardir .
Olchov sozlar sof yoki vazifadoshligiga kora ikki turga bolinadi :
1. Sof olchov sozlar . Ular faqatgina olchov soz vazifasida qollanadi :kilometr , metr , tonna , sentner ,
gigabayt , kilobayt , kilovatt , litr , sekund , minut , gektar , volt , amper , nuyton , paskal
2. Vazifadosh olchov sozlar . Ular ham olchovni , ham predmetni ifodalovchi sozlardir : bochka , savat ,
piyola , shisha , chelak , qarich , qadam , chaqmoq , quti , uy , avtobus , qop , koza , daraxt
Hovlimizda uch daraxt olma bor(olchov soz) Bahor kelib , daraxtlar kurtak urdi (predmet) Karim
bochkalarni hovlining bir chekkasiga joylashtirdi (predmet) Yerni kultivatsiya qilish uchun uch boshka
yonilgi kerak boladi (hisob soz)
Sonning gapdagi sintaktik vazifalari
1. Sifatlovchi aniqlovchi : Ukam hozir sakkizinchi maktabda oqiyapti
2. Ot kesim : Anvar oqishda hamisha birinchi .
3. Daraja-miqdor holi : Ismoil polvon davrani ikki aylandi .
Diqqat!!! Son oziga aniqlovchi olmaydi(aniqlovchisi bilan qollanmaydi) , otga avval son , keyin sifat
boglanib keladi . Tumanimizga sakkizta yangi avtobus olib kelindi .
Sonlar otlashib , otning sintaktik vazifalarini bajarishi mumkin .
1) ega : Dutorim tori ikkidur , biri dilkash , biri dilxun .
2) qaratqich aniqlovchi : Ikkisining dardi bor , ikkisining hasrati
3) vositasiz toldiruvchi : Birni kessang , yuzni ek .
4) vositali toldiruvchi : Uchovingizdan ham umidim katta !
5) tarz(vaziyat , ravish) holi : Maktabni besh bilan tugatdi .
6) ot kesim : Bu maglubiyatlarimizning ikkinchisi .
7) undalma : Birinchi , birinchi , javob bering!
Diqqat !!! Sanoq sonlar ozi aniqlayotgan ot bilan bir butun sintaktik vazifada qollanishi mumkin :
On sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur (Navoiy)
Sonlarning shakl va mano munosabatiga kora turlari
1. Sonlarda manodosh(sinonim)lik
on ming===tuman , yuz ming===lak(eskirgan) , million===nil(eskirgan) , ikkidan bir===yarim , tortdan
bir===chorak , sakkizdan bir===nimchorak
2. Sonlarda shakldosh(omonim)lik
qirq(son) , qirq(fel) , qirq(ot); uch(son) , uch(fel) , uch(ot) , uch(ot);
yigirma(son) , yigirma(fel) , yigirma(ot) ; yuz(son) , yuz(ot) , yuz(ot) ;
ming(son) , ming(ot) ; tuman(son) , tuman(ot) , tuman(ot) ;
yetmish(son) , yetmish(fel) ; toqqiz(son) , toqqiz(ot) ;
yetti(son) , yetti(ot)
3. Sonlarda antonimlik hodisasi yoq! Ammo akademik litsey darsligida(2-bosqich , 166-bet) har qanday
son nol(0)ga zidlanishi aytib otilgan .
4. Sonlarda paronimlik hodisasi qisman uchraydi : yetti-yetdi , tort-tor , toqqiz-toq qiz
Sonlarda kopmanolilik hodisasi
Ayrim sonlar kopmanolilik xususiyatiga ega . Biz quyida BIR soning manolarini korib otamiz :
1) oxshashlik : Sening , mening qismatimiz bir
2) tenglik : Qonun oldida hamma bir
3) mano kuchaytirish : Havo bir sovidiki , asti qoyaver . Ot bir tepdi , sal qolmasa olardim.
4) ajratish : Hamma testni yaxshi ishladi , bir Shahloning natijasi yaxshi bolmadi
5) galma-gallik : Bir qor yogadi , bir yomgir . Choy mahalida bir kulib , bir yiglamsirab , ozi va bolalari
haqida gapirib berdi . Voy tavba , bir undoq deysiz , bir mundoq deysiz !
6) xohish-istak : Bir miriqib uxlasam
7) noaniqlik(chama , taxmin , gumon , tusmol) : Kochada bir chol korindi . Qiz Toshkentdan vakil bolib
kelgan bir rus kishi gaplashmoqda edi . Vodiylarni yayov kezganda , Bir ajib his bor edi menda .
8) bir xillik : Tiling bilan dilingni bir tut
9) ahamiyatsizlik : Ular uchun ozodlik ham , qullik ham bir
10) korsatish : Bir olkaki , tuprogida oltin gullaydi , Bir olkaki , qishlarida shivirlar bahor
11) harakatning belgisi , tarzi : Oktam kabinetda otirganlarga bir-bir qarab chiqdi .Umid mamnun holda
zinapoyalardan bitta-bitta bosib pastga tushdi
Sonlarning ifodalanishiga kora turlari
1. Butun sonlar 2. Kasr sonlar 3. Aralash sonlar
1. Butun sonlar predmetlarning miqdori va tartibini butunligicha , bolinmas holatda ifodalaydi . Ular
matematika fanida natural sonlar sifatida organiladi .Ulardan hamish tartib sonlarni hosil qilib boladi . bir
, ikki , uch , tort , besh , olti , yeti
2. Kasr sonlar predmetlarning butundan qismini korsatadi , surat va maxraj shaklida ifodalana oladi . Kasr
sonlar noldan katta , birdan kichik qiymatni ifodalaydi . 0
sakkizdan uch , toqqizdan yetti , uchdan bir
3. Aralash sonlar ham butun son , ham kasr sondan tashkil topadi . bir yarim , uch butun sakkizdan uch ,
olti butun toqqizdan yeti , on butun ondan uch
Aralash sonlar birdan katta bolgan va natural sonlarga kirmaydigan miqdorni ifodalaydi . Har qanday
sonni A deb qabul qilsak , unda aralash sonlar quyidagi korinishda boladi : A butun A dan A , yani tort
butun beshdan uch
Diqqat!!! Ona tili darsligida (6-sinf) aralash sonlar ham kasr sonlar sirasiga kiritilgan .
Ozbek tilida sonlar quyidagi xususiyatlarga ega :
1) son boshqa soz turkumidan yasalmaydi , uning son yasovchi qoshimchalari ham yoq
2) sonnig mano turlari va modal shakllari oziga xos qoshimchalar bilan hosil qilinadi
3) son otlashmasa turlovchi qoshimchalarni qabul qilmaydi
4) son oziga sifatlovchi olmaydi , aksincha ozi otning sifatlovchisi bolib keladi
5) son miqdor tushunchasini anglatganda(mavhum miqdor) va otlashganda kelishik , egalik
qoshimchalarini qabul qiladi va ot bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi
6) Son narsa miqdorini turli tomondan aniqlash uchun sanoq bildiruvchi sozlarhisob soz(numerativ ,
olchov soz)lar bilan ham qollanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |