ASMning 4-sohasi infratuzilma bo‘lib, ikki qismdan tarkib topgan:
1) Ishlab chiqarish infratuzilma;
2) Ijtimoiy infratuzilma.
Ishlab chiqarishning infratuzilmasini yangi sxemadan ko‘rish mumkin.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ASMning yeng zarur qismi bo‘lib, ishlab chiqarishning samaradorligi ko‘p jihatdan uning bir me’yorida faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq va infratuzilmaga quyidagilar kiradi: transport tizimi,yo‘llar, aloqa tizimining ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘langan qismi, bank va moliyaning tegishli qismi, qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlash, elektr energiyasining uzatish liniyalari, irrigatsiya va meliorasiya inshootlari, veterinariya xizmatlari, yoqilg‘i moylash materiallari, o‘g‘itlar (mineral va organik), kimyo va qishloq xo‘jaligini zarur kimyoviy vositalar bilan kabi ta’minlash kabilar.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining o‘ziga xosligi shundaki, bir xizmat turining o‘zi bir paytda ham ishlab chiqarish infratuzilma, ham ijtimoiy infratuzilma bo‘lishi mumkin. Masalan,yo‘llar, ishlab chiqarish xizmat qilish paytida ishlab chiqarish infratuzilmasi hisoblanadi. Lekin shu bilan birga aholining ehtiyojlari uchun barchaga beminnat xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmat turidir. Shu sababli yo‘llar ijtimoiy ifratuzilmaga ham kiradi. Shu singari aloqa va transport tizimlari ham ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma bo‘la oladi.
Ishlab chiqarish infratuzilma muhim ahamiyatga yega, chunki ishlab chiqarish infratuzilmasi bo‘lmasa agrosanoat majmuasi normal faoliyat yurita olmaydi, ikkinchidan, bu infratuzilma ASMsida ishlab chiqarishini uzluksiz ta’minlaydi. Agarda har bir korxona barcha ishlarni va xizmatlarni o‘zi bajarsa, bu unga qimmatga tushadi va ko‘p hollarda bularni amalga oshira olmaydi. Masalan, agrar sohada ishlab chiqarishni tashkil yetish uchun urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, elektr energiyasi, turli xil kimyo va dori-darmonlar bilan turli kadrlar yetishtirish va ta’minlash, xo‘jalikdagi texnikalarni ta’mirlashishlarini bir korxona bajara olmaydi. Buning uchun qancha mutaxassis, transport va shunga o‘xshash resurslar kerak. Buning uchun esa xo‘jalikda moliyaviy va mutaxassis resurslar kerak. Ayrim xizmat turlarini olib qaraylik, bular faqat bir xo‘jalikni emas, balki bir necha xo‘jaliklarga amalga oshirilishi kerak. Masalan, elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi, buni bir xo‘jalik o‘zida tashkil eta olmaydi.
Iqtisodiyot rivojlangan sari ishlab chiqarish infratuzilmasiga talab ham ortib boradi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ishlayotganlarning 60-70%i xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydi, O‘zbekistonda esa 14% dan kamni tashkil yetadi. Natijada qishloq xo‘jalik korxonalari o‘zlariga xos bo‘lmagan ko‘p xizmatlarni o‘zlari bajaradilar, masalan, mineral o‘g‘itlarni xo‘jalikka olib kelish, yoqilg‘i-moylash materiallarini keltirish va shunga o‘xshash o‘ziga bevosita taaluqli bo‘lmagan xizmatlar, shu sababli ishlab chiqarish samaradorligi kutilgan darajada olib borilmaydi.
2. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasining axamiyati, iqtisodiyotdagi urni va xozirgi xolati
ASM ijtimoiy infratuzilmasi tarkibiy tuzilishini quyidagi sxemadan ko‘rish mumkin.
Sxemadan ko‘rinmoqdaki, ASM ijtimoiy infratuzilmasi keng va murakkab tarkibga yega. Bu tuzilmaning aholini ish bilan ta’minlashdagi imkoniyatlari ham nisbatan katta ahamiyatga yega va bu soha aholining turmush darajasini keskin oshirishga yaxshi imkoniyat yaratadi, insonning turmushini yengillashtiradi.
Bu sohaning asosiy maqsadi aholini jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarini, ishlash kuchlarini qayta tiklash, ularning yanada rivojlanishini ta’minlashga xizmat ko‘rsatish.
O‘zbekistonda, uning regionlarida ASM ijtimoiy infratuzilmasi va uning rivojlanishi turlicha. Masalan, yirik shaharda, transport joylashgan yaqin joylarda ASMsi ijtimoiy infratuzilmasi nisbatan yaxshi rivojlangan. Bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, yangi-yangi ijtimoiy infratuzilma xizmat turlari ham vujudga kelmoqda, ayrim turlar esa yo‘qolib bormoqda, bu esa to‘g‘ri qonuniyat hisoblanadi. Yeski ketgach, albatta yangi xizmat turi paydo bo‘ladi. Bunday holatlarni O‘zbekistonning barcha regionlarida, shahardagi bozorlarda,yo‘l transporti ijtimoiy xizmatida, sog‘liqni saqlash sohasida kuzatish mumkin.
3. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yunalishlari
Ijtimoiy infratuzilma bozor iqtisodiyoti talablari asosida ob’ektiv rivojda rivojlanib boradi. Qishloq aholisiga ish bilan ta’minlashning zarurati qishloq joylarida yangi-yangi xizmat turlarini keltirib chiqadi. Aholini ish bilan ta’minlash darajasini oshirish uchun ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish zarur. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, aholi punktlarining asosiy qismi gaz bilan, ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda, qishloq ambulatoriyalari tashkil etildi va etilmoqda, demak bular yangi ish o‘rinlarini paydo etmoqda. Mustaqillik yillaridan boshlab qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlaydigan xususiy tadbirkorlar guruhi shakllandi, masalan, quruq mevalarni tayyorlash, jun va terilarni qayta ishlab tayyor tovarlar yetishtirish shular jumalasidandir.
Lekin, aholining mahsulotlarni va xizmatlarni xarid qilish quvvatini oshirish ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa ishlab chiqarishni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini bilish zarur.
Demak, ASMsi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, umuman O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishiga olib keladi. O‘z navbatida infratuzilmaning rivoji esa shu jihatdan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga bog‘liq, chunki ijtimoiy infratuzilmaning shunday yo‘nalishlari borki, ularni birorta ishbilarmon o‘z faoliyati turiga aylantira olmaydi. Masalan, qishloq joylarida asosiy joylarni, ya’ni ko‘chalarni yoritish, kechasi yoritilgan chiroqlar o‘rnatish yoki o‘t o‘chiruvchilar tashkilotlarining xarajatlarini ko‘tarish, ishbilarmon faoliyati bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Demak, ushbu xarajatlar davlat tomonidan qoplanishi zaruratini keltirib chiqaradi.
Hozirgi kun talabidan kelib chiqib, agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasi quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantirish zarur:
1-dan, ASMga kiruvchi tarmoqlarda xizmat ko‘rsatadigan sohalarni va xizmatlarning turlarini ko‘paytirish.
2-dan, xizmat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish.
3-dan, xizmat ko‘rsatish sohasida birgalikda ittifoqlar tashkil etish, masalan, texnikadan birgalikda foydalanish ittifoqi.
4-dan, paxtachilikdagi ayrim zarur xizmatlar g‘allachilikda to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun bu sohalarning o‘ziga mos ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil yetish.
5-dan, qorako‘lchilik xo‘jaliklari infratuzilmasi paxtachilikdagi ishlab chiqarish infratuzilmasidan tubdan farq qiladi, bularni zamontalabiga moslashtirish zarur.
XULOSA
Agrosanoat majmuasining muhim bir sohasi ishlab chiqarish infratuzilmasi hisoblanadi. Infratuzilma – ishlab chiqarishning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha xizmatlarni ko‘rsatuvchi va bevosita ishlab chiqarish jarayoni davomida uzviy ishtirok yetuvchi tarmoq va xizmatlar yig‘indisidir. Infratuzilmaning asosiy qismi ishlab chiqarish infratuzilmasidir. Ishlab chiqarish infratuzilmasiga transport,yo‘llar, muzxona, va omborxonalar, aloqa tizimi, irrigatsiya va melioratsiya tizimi va boshqalar kiradi.
Agrosanoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasi majmua barcha tarmoqlarining normal ishlashi uchun zarur sharoitni tug‘diradi, ularga xizmat ko‘rsatdi. Ularning rivojlanganlik darajasi juda ko‘plab muammolarni yechadi.
ASM ijtimoiy infratuzilmasi tarkibiy tuzilishini quyidagi sxemadan ko’rish mumkin.
Sxemadan ko’rinmoqdaki, ASM ijtimoiy infratuzilmasi keng va murakkab tarkibga ega. Bu tuzilmaning aholini ish bilan ta’minlashdagi imkoniyatlari ham nisbatan katta ahamiyatga ega va bu soha aholining turmush darajasini keskin oshirishga yaxshi imkoniyat yaratadi, insonning turmushini engillashtiradi.
Bu sohaning asosiy maqsadi aholini jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarini, ishlash kuchlarini qayta tiklash, ularning yanada rivojlanishini ta’minlashga xizmat ko’rsatish.
3. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasining xozirgi holatining tahlili
O’zbekistonda, uning regionlarida ASM ijtimoiy infratuzilmasi va uning rivojlanishi turlicha. Masalan, yirik shaharda, transport joylashgan yaqin joylarda ASMsi ijtimoiy infratuzilmasi nisbatan yaxshi rivojlangan. Bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, yangi-yangi ijtimoiy infratuzilma xizmat turlari ham vujudga kelmoqda, ayrim turlar esa yo’qolib bormoqda, bu esa to’g’ri qonuniyat hisoblanadi. Eski ketgach, albatta yangi xizmat turi paydo bo’ladi. Bunday holatlarni O’zbekistonning barcha regionlarida, shahardagi bozorlarda,yo’l transporti ijtimoiy xizmatida, sog’liqni saqlash sohasida kuzatish mumkin.
4.Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlari
Ijtimoiy infratuzilma bozor iqtisodiyoti talablari asosida ob’ektiv rivojda rivojlanib boradi. Qishloq aholisiga ish bilan ta’minlashning zarurati qishloq joylarida yangi-yangi xizmat turlarini keltirib chiqadi. Aholini ish bilan ta’minlash darajasini oshirish uchun ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish zarur. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, aholi punktlarining asosiy qismi gaz bilan, ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda, qishloq ambulatoriyalari tashkil etildi va etilmoqda, demak bular yangi ish o’rinlarini paydo etmoqda. Mustaqillik yillaridan boshlab qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlaydigan xususiy tadbirkorlar guruhi shakllandi, masalan, quruq mevalarni tayyorlash, jun va terilarni qayta ishlab tayyor tovarlar etishtirish shular jumalasidandir.
Lekin, aholining mahsulotlarni va xizmatlarni xarid qilish quvvatini oshirish ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa ishlab chiqarishni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini bilish zarur.
Demak, ASMsi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, umuman O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishiga olib keladi. O’z navbatida infratuzilmaning rivoji esa shu jihatdan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga bog’liq, chunki ijtimoiy infratuzilmaning shunday yo’nalishlari borki, ularni birorta ishbilarmon o’z faoliyati turiga aylantira olmaydi. Masalan, qishloq joylarida asosiy joylarni, ya’ni ko’chalarni yoritish, kechasi yoritilgan chiroqlar o’rnatish yoki o’t o’chiruvchilar tashkilotlarining xarajatlarini ko’tarish, ishbilarmon faoliyati bilan amalga oshirib bo’lmaydi. Demak, ushbu xarajatlar davlat tomonidan qoplanishi zaruratini keltirib chiqaradi.
Hozirgi kun talabidan kelib chiqib, agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasi quyidagi yo’nalishlarda rivojlantirish zarur:
1-dan, ASMga kiruvchi tarmoqlarda xizmat ko’rsatadigan sohalarni va xizmatlarning turlarini ko’paytirish.
2-dan, xizmat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish.
3-dan, xizmat ko’rsatish sohasida birgalikda ittifoqlar tashkil etish, masalan, texnikadan birgalikda foydalanish ittifoqi.
4-dan, paxtachilikdagi ayrim zarur xizmatlar g’allachilikda to’g’ri kelmaydi, shuning uchun bu sohalarning o’ziga mos ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etish.
5-dan, qorako’lchilik xo’jaliklari infratuzilmasi paxtachilikdagi ishlab chiqarish infratuzilmasidan tubdan farq qiladi, bularni zamon talabiga moslashtirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |