2.3. Kasbiy faoliyatda kommunikativ kompetentlilik muammolari
«Kompetentsiya» atamasi (com’etentia) yunoncha soʻz boʻlib, qismlar
muvozanati, tenglik yoki simmetriklik mahnolarini bildiradi. Etimologiyaga koʻra
kompetentlikning asosiy belgisi – «mos kelmoq», «mos tushmoq»dir.
Ijtimoiy-psixologik kompetentsiya psixodiagnostikasi uning quyidagi
omillarini baholashni talab etadi: intelektual imkoniyatlar, kommunikativ
qobiliyatlar, irodaviy xususiyatlar, munosabatlar tizimi, shaxs yoʻnalganligi,
motivatsiya omillari.
Ijtimoiy-psixologik kompetentsiya mahlum turdagi faoliyat subhekti
xarakteristikasi boʻlib, uning mazmuni bevosita mazkur faoliyatning maqsadi va
tuzilishidan, uning oʻziga xos talablaridan kelib chiqadi. Ijtimoiy-psixologik
kompetentsiyaning turli komponentlari kasbiy faoliyatning turli sohalarida
muvaffaqiyatlilikni va muvaf-faqiyatsizlikni hamda faoliyat subhektining mazkur
faoliyatga, faoliyat predmetiga mosligini belgilab beradi [125].
Kasbiy kommunikativ kompetentlik quyidagi shaxs sifatlarini oʻz ichiga
oladi:
turli muloqot qatnashchilari bilan emotsional aloqalar oʻrnata olish
qobiliyati, ular bilan zaruriy chegarada ishonchli munosabatlarni oʻrnatish va uni
tahminlash;
suhbatdoshning ichki dunyosini, uning psixologik oʻziga xos tomonlarini,
ehtiyojlari, hatti-harakat motivlari, psixik holatlarini seza olish va tushunish
qobiliyati;
insonlarga nisbatan xushmuomala va doʻstona munosabat, dialog
qatnashchisini eshitish qobiliyati, suhbatdosh kechinmalariga emotsional
munosabat bildira olish qobiliyati;
muloqotning verbal va noverbal vositalaridan foydalanish malaka va
koʻnikmalarini egallash;
46
ziddiyatli vaziyatlarida kommunikativ hatti-harakat strategiyalaridan
samarali foydalana olish, sharoitdan kelib chiqqan holda muomala shaklini
oʻzgartira olish malakasi;
hamkorlik, kompromiss va kelishuvlarga qobiliyatlilik;
ekstremal vaziyatlarda oʻz emotsiyalari, kayfiyatini nazorat qila olish
qobiliyatining rivojlanganligi;
oʻziga boʻlgan bahoning adekvatligi;
yumorni tushunish qobiliyati.
Kommunikativ jarayonlar samaradorligini pasaytiruvchi sifatlar: siqiqlik
(autizm), oʻz kechinmalariga va muammolariga yuqori darajada ehtibor qaratish
(introvertlik); manmanlik, dimogʻdorlik, janjalkashlik, jizzakilik, agressivlik;
emotsional beqarorlik, impulg’sivlik; muloqotning verbal va noverbal vositalarini
egallash darajasining pastligi [ 89, 119, 140].
Odamlarni oʻziga moyil qilish, ularning ishonchini qozonish qobiliyati
ishonchli munosabatlar oʻrnatishga, undan operativ ahamiyatli mahlumotlarni
olishga imkon beradi. Muloqot sohasida ishlovchi mutaxassislar muomala jarayoni
samaradorligini oshirishga imkon beradigan eng muhim xislatlardan biri boshqa
odamlarni tinglay olishdir, deb hisoblaydilar. Siz hamsuhbatingizni diqqat bilan
tinglaganligingizda bu bilan oʻzingizning u aytayotgan gaplarga qiziqishingizni
namoyish etasiz, unga nisbatan hurmatingizni namoyon etasiz. Bu esa psixologik
aloqa oʻrnatishni yengillashtirishga yordam beradi.
Psixologik aloqa oʻrnatish muloqotning kerakli yoʻnalishida rivojlanishini va
belgilangan maqsadga erishilishini tahminlovchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan,
maqsadga yoʻnaltirilgan, rejalashtiriladigan faoliyatdir. Psixologik aloqa
oʻrnatishda muloqot rivojlanishi umumiy jarayonning bir qismini qamrab oluvchi
bir necha bosqichlarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:
muloqotni oldindan rejalashtirish;
aloqa oʻrnatishni osonlashtiruvchi tashqi sharoitlarni yaratish;
tashqi kommunikativ xislatlarni namoyon etish;
47
kelishuvlarni toʻplash;
umumiy va neytral qiziqishlarni izlab topish;
muomaladagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar;
individual tahsir etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |