Qoʻl va yuz bilan bogʻliq imo-ishoralar Ogʻizni berkitish Ongsiz ravishda yolgʻon oqimini toʻxtatish
maqsadida ogʻizni berkitib olishga intilish.
Koʻproq bolalarga xos boʻlgan harakat, ammo
birmuncha nozik shakllarda bir umrga saqlanib
qoladi.
Ogʻizga teginish Ogʻizni berkitish jestining yigʻilgan koʻrinishdagi
shakli, koʻproq oʻsmirlarga xos.
Barmoqni burunga tekkizish Ogʻizni berkitishga intilishning yanada nozikroq
shakli. Odatdagi burunni uqalashdan farq qilib,
bunda barmoq burunga birdaniga tekkizilishi yoki
barmoq bilan burun yengilgina siypalanishi
76
mumkin. Ogʻizni yopishga boʻlgan birlamchi
tabiiy ehtiyoj ongli nazorat ostida burunga
yengilgina teginish jestiga aylanadi.