Tabiat bilan tanishtirish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga
o‘rgatishda ham matematik tasavvurlar shakllanadi. Bolalar zamon va makon, vaqt,
o‘lchamlar va boshqa tushunchalarini shu mashg‘ulotlarda aniqlab oladilar.
Mashg‘ulot, ekskursiya bolalar kichik-kichik guruhlari bilan o‘tkaziladi. Buning
uchun yashab turgan joy, tabiatni kuzatish yoki tabiat quchog‘ida mehnat qilishni
kichik guruhlar bilan, jamoa tartibda tashkil qilish samarali natija beradi. Jumladan,
o‘rgatish jarayonida har xil (ko‘rgazmali, amaliy, og‘zaki so‘zlashuv) usullardan
foydalanish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |