Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida muhrdor (1469) , vazir (1472) va Astrobod hokimi (1487) bo’lib ishlagan.
1480-1500- yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 ta rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 ta masjid, 10 xonaqoh, 9 ta hammom, 9 ta ko’prik, 20 ta hovuz qurdirgan.
Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.
“Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi.
Alisher Navoiy nasriy ilmiy asarlar ham yozgan.
Alisher Navoiy nasriy ilmiy asarlar ham yozgan.
“Lison ut-tayr” (Qushlar tili) dostonida ko’plab qiziqarli hikoyatlar bor.
1500- yillarga kelib shoirning hayot sharoiti qiyinlashib, sog‘ligi zaiflashib qolsa-da, ijoddan to‘xtamadi.
1501- yilning 3-yanvarida Navoiy kasallikdan vafot etdi. Butun Hirot xalqi o‘zining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqdi va 7 kun davomida motam tutdi.
Navoiy o‘zbek (turk) tilining asoschisidir.
U shunday deydi: “Turk tili har qancha qo’pol va og’ir bo’lsa ham o’zimizniki bo’lgani uchun yaxshi ko’rinadur”
A. Navoiy “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida turkchani forsiydan hech qolishmasligini, balki undan ortiq va boyligini isbotlagan.
Alisher Navoiy ijodini o‘rganish, uning ilmiy tahlili bo‘yicha so‘nggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib bordilar va bugungi kunda ham Navoiyning merosi ko‘pgina olimlarimizni ilhomlantirib keladi.
Hozirda maktablar, xiyobonlar, ko‘chalar buyuk shoirimiz nomi bilan yuritiladi.
Hozirda maktablar, xiyobonlar, ko‘chalar buyuk shoirimiz nomi bilan yuritiladi.
Uning nomida O’zbekiston Davlat mukofoti ta’sis etilgan.
Toshkentda Alisher Navoiy nomli Davlat adabiyot muzeyi va Katta opera va balet teatri bor.
Dunyoda eng katta madaniy-intelektual va ilmiy-tadqiqod markazi bo’lgan AQSH Kongressining kutubxonasida “Alisher Navoiy va uning Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyotiga ta’siri” mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.
Buyuk bobomiz xotirasiga atab Milliy Bog’da o’rnatilgan haykal