TOLALI TOG’AI TO’QIMASI
Tolali tog`ay tolali biriktiruvchi to`qimaning pay, bog`lam turlarini gialin tog`ayga o`tish joylarida uchraydi. Masalan: sonning yumaloq bog`lamida, o`mrovto`sh bo`g`imida uchraydi. Umurtqalararo disklar ham tolali tog`aylardan iborat (83-rasm). Tolali tog`ayda ham hujayralarni (xondrotsitlarni) va hujayralararo moddani ajratish mumkin. Hujayralararo modda parallel yo`nalgan kollagen tolalardan va bazofil bo`yaluvchi amorf moddadan tashkil topgan. Bu moddada bo`shliqlar bo`lib, ular yakka-yakka yoki izogen gruppalar hosil qilib yotuvchi tog`ay hujayralarini tutadi. Xondrotsitlar oval yoki yumaloq shaklga ega bo`lib, gialin tog`aydan paylarga o`tish davomida yassilanadi va pay hujayralari singari qator-qator bo`lib joylashadi.
Shunday qilib, tolali tog`ayni gialin tog`ayning pay yoki bog`lamga o`tadigan oraliq shakli deb ifodalasa ham bo`ladi.
83-rasm. Tolali tog`ay. Umurtqalararo diskdan tayyorlangan. Gematoksilin-eozin bilan bo`yalgan. 0b. 20, ok. 10.
1 - kollagen tolalar; 2 - tog`ay hujayralarar.
TOG’AY TO`QIMASINING TARAQQIYOTI (XONDRIOGISTOGENEZ) VA REGENERATSIYASI
Tog`ay to`qimasi embrion davrida mezenximadan rivojlanadi. o`lajak tog`ay to`qimasi hosil bo`ladigan joylarda mezenxima hujayralari ko`payib, o`simtalarini yo`qotadi va bir-biriga zich yetadi. Mezenximaning bu qismi xondrogen yoki skeletogen kurtak deyiladi.
Keyingi bosqichda mezenxima hujayralari hujayralararo modda hosil qila oladigan tog`ay hujayralari - prexondroblast va xondroblastlarga differensiallanadi. Hujayralararo modda yangi hosil buladigan kollagen tolalar bilan birga tayanch vazifasini ham o`taydi. Hujayralararo moddaning shu davrda oksifil bo`yalishi bu hujayralar tomonidan fibrillyar oqsil ishlab chiqarilishiga bog`liq. Tog`ay hujayralari hujayralararo modda ishlab chiqarishni davom ettiradi va bir-biridan uzoqlashadi.
Hujairalararo moddada yangi kollagen tolalarning shakllanishi amorf moddaning o`zgarishlari bilan bog`liq. Tog`ay hujayralarining keyingi differensiallanishi amorf moddada glikozaminoglikanlarning (asosan, xondroitinsulfatlarning) sintezlanishiga olib keladi. Xondroitinsulfatlzr nofibrillyar oqsillar bilan birikib, proteoglikanlarni hosil qiladi. Pro-teoglikanlar amorf modda va kollagen tolalarga shimiladi, natijada, kollagen tolalar oddiy mikroskop ostida ko`rinmaydigan bo`lib qoladi.
Yosh tog`ayning hujayralari mitotik bo`linishda davom etib, yangi-yangi hujayralarni hosil qiladi. Bu hujayralar izogen gruppalarni vujudga keltiradi. Bu jarayon tog`ayning ichki ta-rafdan o`sishini belgilaydi. Intussustseptsion yoki interstitsial (lat. intus-ichki, suscipio - ishtirok) o`sish go`daklik davrida va yosh bolalarda kuzatiladi.
Skeletogen kurtakni o`rab turgan mezenxima hujayralari ham ko`payishda davom etadi va hujayralararo modda hosil qiladi. Natijada, skeletogen kurtak bu hujayralar hisobiga ham kengayadi. Tog`ayning bu usulda o`sishini appozitsion (latincha appositi - tashqi tarafdan) o`sish deyiladi. Tog`ay kurtakni qoplab turgai mezenxima hujayralari zichlashadi va tog`ay usti pardasini hosil qiladn. Tog`ay o`sishining oxirgi bosqichida to`qimaning o`sishi va unnng oziq biLan ta’minoti orasida tafovut ro`y beradi. Tog`ay markazidagi hujayralar ko`payishdan to`xtaydi. Proteoglikanlar esa oksifil bo`yaluvchi oddiy oqsil - albuminga aylanadi. Qari kishilarda va kasallarda tog`ay hujayra oralits moddasiga kaltsiy tuzlari o`tirishi natijasida asbestli distrofiya hosil bo`ladi. Ba’zi hollarda (kuchli rivojlangan distrofiyada) tog`ay ichnga qon tomirlar o`sib kirib, tog`ay to`qimasining suyak to`qimasiga aylanishi kuzatiladi.
Turli ta’sirlar natijasida jarohatlangan tog`ay regeneratsiya qobiliyatiga ega. Tog`ay regeneratsiyasida perixondrda joylashgan hujayralar muhim o`rin tutadi. Bu hujayralar tog`ap hujayralariga aylanadi, ular orasida esa tog`ayning hujayralararo moddasi shakllanib, jarohatlangan tog`ay tiklanadi.
SUYAK TO`QIMASI (TEXTUS OSSEUS)
Suyak to`qimasi faqat umurtqali hayponlarda uchraydi va juda mustahkam tuzilma sanaladi. Suyak to`qimasi ham har qandai to`qima kabi moddalar almashinuvi jarayonida organizmning boshqa qismlari bilan o`zaro aloqada bo`ladi. Ularning faoliyati nsrv sistemasi va gormonlar orqali boshqarib turiladi. Suyak to`qimasi tayanch funksiyasini bajarishga moslashgan bo`lsa ham organizmning mineral tuzlar almashinuvida ishtiroki bor.
Mineral tuzlarning asosiy qismi suyak to`qimasida yig`ilgan bo`lib, organizm uchun kerakli bulganda qonga chiqishi mumkin. Suyak to`qimasi anorganik (taxminan 70%) va organik moddalarning (30%) yig`indisidan iborat bo`lib, har bir modda suyakka ma’lum xususiyat berib turadi. Organik moddalar suyakka plastiklik, egiluvchanlik xususiyatlarini bersa, anorganik moddalar unga qattiqlik va mo`rtlik xususiyatlarini beradi.
Suyak to`qimasidagi anorganik moddalar asosan kaltsiy fosfat, kaltsiy karbonat va magniy tuzlaridan iborat bo`lib, qondagi kaltsiy va fosforning miqdori shular orqali normallash-tirib turiladi, ya’ni kerakli paytda ular suyakdan qonga o`tib turadi. Mineral tuzlarning almashinishi ayniqsa homiladorlik paytida, laktatsiya davrida yaqqol ko`rinadi. Mineral tuzlar yetishmasa rivojlanayotgan yosh bolalar suyaklarida jiddiy patologik o`zgarishlar ro`y berishi mumkin.
Suyak to`qima qattiq to`qima bo`lishiga qaramay, doimo yangilanib turadi, bunda suyakning bir qismi so`rilib, muntazam qayta qurilib turadi. Suyak to`qimasi tayanch, mineral almashinuvidan tashqari yana qator funksiyalarni bajaradi. Ma’lumki, suyaklar ichida qizil suyak ko`migi joylashib, u yerda qon shaklli elementlari hosil bo`ladi, demak, bu nozik tuzilmalar mustahkam suyak bilan qoplanib, himoya qilib turiladi. Bundan tashqari, suyak to`qimasi ichki organlar uchun himoya vositasini o`taydi, eng muhimi mushaklar uchun murakkab richaglar sistemasini hosil qiladi.
SUYAK TO’QIMASINING TUZILISHI
Suyak to`qimasi ham hujayralardan va hujayralararo moddadan tashkil topgan. Shuni qayd qilib o`tish kerakki, hujanralararo modda suyak to`qimasida minerallashgan yoki mineral tuzlar bilan to`yingan bo`lib, tolalardan va qattiq asosiy yoki amorf moddadan tashkil topgan. Uch xil suyak hujayralari farq qilinadi: osteotsitlar, osteoblastlar va osteoklastlar.
Osteotsitlar (osteon - suyak, cytus - hujayra) o`simtali hujayralar bo`lib, o`simtalari mayda o`simtalarga tarmoqlangan bo`ladi. Bu hujayralar o`z shakliga mos keladigan bo`shliqlarda joylashib, o`simtalari bilan o`zaro bog`langan (84-rasm). Bu hujayra markazida to`q bo`yalgan yadro joylashib, sitoplazma och bazofil rangga ega. Osteotsitlar suyak to`qimasining asosiy hu-jayralaridan hisoblanib, sitoplazmasida oz miqdorda mitoxondriyalar, kuchsiz rivojlangan Golji kompleksi bo`ladi. Hujayra markazi osteotsitlardan topilmagan, shu tusayli bu hujayralar bo`linish qobiliyatiga ega emas deb hisoblanadi. Hujayraning mayda o`simtalari keyinchalik qisqarishi yoki yo`q bo`lib ketishi mumkin, lekin ular joylashgan kanalchalar sistemasi saqlanib, ular orqali suyak to`qimasida modda almashinuv jarayoni yuz beradi. Shunday qilib, osteotsitlar yetuk suyakning asosiy hujayralarnni tashkil qiladi.
84-rasm. Suyak hujayrasi. Gematoksilin - eozin bilan bo`yalgan. 0b. 60, ok. 10.
1 - sitoplazma; 2 – o’simtalar
Do'stlaringiz bilan baham: |