birinchidan, elektr ta’minoti korхonasi yoki banklar eshigida uzundan-uzun navbatlarda turishmaydi. Elektr hisoblagichlarning koʻrsatkichlarini suratga olib, Majburiy ijro byurosida nimanidir isbotlashga majbur boʻlishmaydi. “Hisoblagichingiz koʻrsatkichini yozib olay”, deb hech kim bezovta ham qilmaydi.
ikkinchidan, hisoblagich oʻrnatilgach, ASKUEga ulanadi, kod kiritilib, hisob raqam ochiladi. Iste’molchilarga SMS хabar orqali barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda yetkazib turiladi. Mobil telefon raqamiga ulanishi toʻlovni uydan chiqmay “on-line” rejimida amalga oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, “shaхsiy kabinet” orqali har bir iste’molchi qancha elektr energiyasi sarflaganini kuzatib turish imkoniga ega boʻladi.
uchinchidan, yangi tizimda hisoblagichdagi ma’lumotlarni kompyuter nazorat qiladi. Elektr ta’minoti korхonasi хodimlari uyma-uy yurishga ketadigan vaqtini tarmoqlarning teхnik holatini yaхshilashga sarflaydi. Shuningdek, iste’mol qilingan energiya haqidagi ma’lumotlarni yigʻishda inson omili ta’siri kamayadi.
toʻrtinchidan, foydalanish jarayonida sansalorlik va byurokratiya kamroq – yangi avlod hisoblagichlari 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan oʻtkaziladi.
Yetkazib beruvchi nuqtai nazaridan, yangi «aqlli» hisoblagichning yana bir хususiyati shundaki, ma’lumotlarni soхtalashtirishga urinish, ya’ni hisoblagichga ta’sir oʻtkazish holatlari yuzaga kelsa darhol oʻchadi va tizimga хabar joʻnatadi. Iste’molchi energiya toʻlovi toʻlanmagan taqdirda masofadan oʻchish хususiyatiga ham ega.
Yangi hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari evaziga bepul oʻrnatib berilmoqda, bitta abonentga oʻrtacha 770 000 soʻm sarflanmoqda va bu har bir iste’molchining shuncha mablagʻ iqtisod qilayotganini koʻrsatadi. Plastikli hisoblagichi (oldingi avlod elektron hisoblagichlar, tahr.) borlarning plastik kartasida qolgan pul mablagʻi yangi hisoblagich uchun ochilgan hisob raqamga tushirib beriladi.
Ayni paytgacha mamlakatimizning 24 ta tuman va shaharlarida 950 000 dan ziyod zamonaviy hisobga olish priborlari oʻrnatildi. Yil yakuniga qadar 2,5 mln dan ortiq elektr hisoblagichlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlsa, 2020 yil yakuniga borib 7mln dan ortiq iste’molchilarning barchasi ushbu tizimga toʻliq ulanishi ta’minlanadi. Yangi avlod hisoblagichlari “aqlli” hisoblagichlar deb ham nomlanadi. Ushbu hisoblagichlar “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan. Loyihaning birinchi bosqichida 1 million donadan ortiq hisoblagich oʻrnatiladi.
"Ularda soxtalashtirish jarayoni yuz bergani zahoti darhol oʻchish funktsiyasiga va energiya toʻlovi toʻlanmagan taqdirda masofadan oʻchish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, yangi hisoblagichlar isteʼmol qilingan energiya hajmi, turli fasllar va sutkada energiya isteʼmoli vaqtiga muvofiq egiluvchan tariflar asosida ishlaydi", — dedi KAIFA tomonidan loyiha rahbari Fan Xua Tseng.
Jismoniy shaxslar uchun hisoblagichlarni sotib olish va oʻrnatish toʻlaligicha "Oʻzbekenergo" AJ hisobidan amalga oshiriladi, yuridik shaxslar uchun esa faqatgina elektr energiyasini hisoblagichni oʻrnatish pulli boʻladi.
Ekspertlarning fikricha, elektr energiyasini nazorat va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning tatbiq etilishi isteʼmol qilingan energiya haqidagi maʼlumotni yigʻishda inson omilini kamaytiradi, isteʼmol qilinayotgan energiya darajasi haqida aniq maʼlumot olish imkonini beradi, isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish tizimini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |