Bank kartasiga pul o’tkazmasini kirim qilish bo’yicha qisqa qo’llanma Agar Siz Золотая корона, Western Union, Contact, Unistream yoki AsiaExpress xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari orqali pul o'tkazmasini olgan bo'lsangiz, uni olish uchun bankka kelishingiz shart emas! Siz AQSh dollarida olingan pul o'tkazmasini «ASIA ALLIANCE BANK»da ochilgan plastik kartaga o'tkazishingiz mumkin.
Золотая корона, Contact, Unistream yoki AsiaExpress tizimlari bo'yicha mijozning iltimosiga binoan chet el valyutasida (AQSh dollarida) yoki milliy valyutada plastik kartaga.
Western Union tizimi orqali pul o'tkazmasi faqat chet el valyutasida kartaga kiritilishi mumkin.
Buning uchun: - pul oʻtkazmani kiritish uchun «ASIA ALLIANCE BANK» ATBning milliy valyutadagi yoki chet el valyutasidagi (AQSH dollari) kartasiga ega boʻlishingiz;
- App Store yoki Play Marketdan yuklab olish mumkin boʻlgan Alliance mobil ilovasiga ulangan boʻlishingiz zarur.
Sizga kelgan pul oʻtkazmani Alliance yordamida kiritish uchun Siz «Pul oʻtkazmalari» boʻlimiga kirishingiz va oʻtkazma toʻgʻrisida axborotni bankka yuborishingiz kerak. Buning uchun: - Kerakli pul oʻtkazmalari tizimini tanlash;
- Joʻnatuvchining familiyasini kiritish
- Joʻnatuvining ismini kiritish;
- Joʻnatuvchining otasining ismini kiritish;
- Roʻyxatdan oʻtkazma joʻnatish mamlakatini tanlash;
- Oʻtkazmaning nazorat raqamini kiritish;
- Joʻnatuvchining telefoni raqamini kiritish (majburiy emas);
- Oʻtkazmaning AQSH dollaridagi aniq summasini kiritish
- Paydo boʻlgan kartalar roʻyxatidan pul oʻtkazmani kiritish lozim boʻlgan oʻz xohishingizga koʻra chet el yoki milliy valyutasidagi kartani tanlash;
- «Bankka ishlash uchun yuborish» darchasini tanlash va mobil xabarni joʻnatish zarur.
Sizdan mobil xabar pul oʻtkazmalari operatoriga «Yangi» statusida kelib tushadi. Operator Sizdan tushgan ma’lumotlar asosida pul oʻtkazmalari tizimidan pul oʻtkazmani toʻlaydi, Siz mijoz sifatida oʻtkazma summasiga hisobvaragʻingiz toʻlganligi haqida SMS xabarni olasiz, Alliance ilovasida Mobil xabar «Ishlangan» statusni oladi.
Agar Sizdan olingan ma’lumotlar Pul oʻtkazmalari tizimidagi axborotdan farq qilgan boʻlsa, operator tizimdan oʻtkazmani toʻlamaydi, Siz mijoz sifatida operatsiya rad etilganligi haqida xabar olasiz va Alliance ilovasidagi Mobil xabar sabablarni koʻrsatgan holda «Rad etilgan» statusni oladi.