ashyolaming estetik xossalari, ulaming teksturasiga va rangiga
bog‘liq. Beton teksturasi — bu buyum yoki konstruksiya tuzilishi-
ning yuzada mujassam bolishidir. Bundan tashqari, yuzaga faktu-
raviy ishlov beriladi. Faktura esa
yuzaga moslamalar yordamida
ishlov berishdir.
Beton boshqa qurilish ashyolari singari bezakli xususiyatlarga
boy. Uning tuzilishi bo‘yicha yirik (shag‘al) va mayda toMdirgich
(qum) hamda bogMovchilardan (sement) tashkil topgan. Mayda
toMdirgieh-qumning turlari ko‘p bolib, ular daryo va jar qumiari
yoki tog‘ jinslarini maydalab ishlangan bo£lishi mumkin.
Har bir
turkum to ‘ldirgichning o‘z rangi va xususiyati mavjud. Qum rangi
o‘z navbatida beton rangiga ta’sir ko‘rsatadi. Betonning ko‘rinishi
faqatgina kulrang emas, balki boshqa ranglarda, ya’ni qoradan
deyarli oq ranggacha bo‘lishi mumkin.
Betonning yana bir muhim
xossalaridan biri - bu uning plastikligi, ya’ni bo‘tqasimon bo‘lishi-
dadir. Betonni tayyor qolipga soüb, unga xohlagancha shakl, rang
yoki yuzasiga turlicha relyef berilsa bo‘ladi.
Betonning qotish tezligi bog£lovchi turiga va qo‘shilmalarga
bog‘liq. Fakturaviy ishlovning turli yo£nalishlari hamda unga
qo'shimcha qilib, plastmassa,
shisha va rangli metallar, yog‘och,
asbestsement va boshqalarini qo‘ilash arxitekturaviy kompo-
zitsiyaning yuqori darajada bolishiga imkon beradi.
Har bir beton buyum yuzasining o ‘ziga yarasha notekisligi
(g‘adir-budirligi) mavjud. Har bir notekis yuza havodagi namlikni
o‘ziga singdiradi. Betonda esa yuza «nafas oladi», yomg‘ir va boshqa
omillar ta’siriga qaramay, uzoq vaqt davomida yaxshi saqlanadi.
Beton yuzasiga tushayotgan yorug‘lik undan bir tekisda qaytadi.
Shu sababdan beton yuzasiga xohlagan tarafdan qarasak ham,
bir xil rangda ko‘rinadi. Odatda, shisha
va silliq yuzalarga qara-
ganimizda, ularning yaltirashini ko‘ramiz. Beton buyumlari va
konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnoiogiyasining oddiyligi va
ulaming yuqorida ko‘rsatilgan xossalari, beton va temir-betonni
arxitektura bilan chambarchas bog‘laydi.
Pardozlash ishlari bugungi kunga kelib qurilishda eng murakkab
jarayonlardan sanaladi. Binolarni pardozlash ishlari narxi umumiy
qurilish narxining taxminan 30—35% ini tashkil etadi.
Tashqi
294
devorlami tayyor bezakli pardozbop buyumlar bilan qoplansa, bu
raqamlami 15—17% gacha pasaytirish mumkin.
Beton va temir-betonning kelib chiqish hamda rivojlanish
jarayoni tarixiy ahamiyatga ega. Beton — bu sun’iy konglomerat
bo‘lib, o ‘n yetti asrdan beri mavjud. Bog‘lovchilar har davrda har
xil bo‘lgan. Misrliklarda kuydirilgan ohak va qo'shilmalardan tash-
kil topgan. Yunon va rimliklar oldiniga kuydirilgan ohak bilan,
keyinchalik esa pussolanli (Italiyadagi
shahar nomi, birinchi
topilgan joyi) sement qo'llashgan. Uni vulqon kuli va ohak aralash-
masidan tayyorlashgan.
1852— 1853-yillarda fransuz Kuane F. o ‘zining loyli beton
konstruksiyalarini qurish borasidagi bilirn va malakasini beton
konstruksiyalarini qurishda ishlatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: