Ashurov. "Etnalogiya". Toshkent. "Yangi nashr" 2004



Download 31,78 Kb.
bet2/3
Sana29.05.2022
Hajmi31,78 Kb.
#619485
1   2   3
Bog'liq
Argentina aholisining etnik tarkibi va aholi ro’yhatlari.

Rasmiy nomi — Argentina Respublikasi.
Poytaxti — Buenos-Ayres. Hududi — 2778417 km.kv. Aholisi – 41,6 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik. Pul birligi — pyeso.Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning janubiy qismida joylashgan. Janubda va g‘arbda Chili (chegara uzunligi — 5150 km), sharqda Braziliya (1224 km) va Urugvay (579 km), shimolda Boliviya (832 km) va Paragvay (1880 km) chegaradosh. Sharq va janubda Atlantika okeani joylashgan. Urugvayva Buyuk Britaniya bilan hududiy kelishmovchiliklar mavjud. Chili va Argentina chegarasida And tog‘lari mavjud. Janubiy Amerikaning eng baland cho’qqilari — Akonkagua tog‘I (6959 m), Mersedario tog‘I (6770 m).Tinch oqar daryo va o’simliklarga boyGran-Chako tekisligi; Parana va Urugvay daryolari o‘rtasidagi Argentina Mesopotamiyasi; Patagoniya cho’llari Argentinaning shimolidan janubigacha joylashgan. Yirik daryolari: Parana, Paragvay, Rio-Salado, Rio-Kolorado. Foydali qazilmalari — qo‘rg‘oshin, rux, qalay, mis, temir rudasi, neft, uran. Haydaladigan yerlar — 9%, o‘tloq va yaylovlar — 52%, o‘rmon va butazorlar hududning 22% ini egallagan.Iqlimi — omant, subtropik va mo‘tadil. Mamlakat qarag‘ay, kedr, evkalipt, palma kabi daraxtlarga boy. Argentina shimolida maymunlar, puma va yaguarlar, otselot va tapirlarko‘p. Qushlardan — to‘tiqush, flamingo va kolibri uchraydi. Sharqdagi pampaslarda tulkilar, yovvoyi mushuklar, kiyiklar ko‘p.Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Ma’muriy-hududiy bo`linishi: 22 provinsiya, 1 milliy hudud va poytaxt federal okrugi. 1816-yil 9-iyulda Ispaniyadan mustaqil bo‘lib ajrab chiqqan. Milliy bayramlari: 25-may — May inqilobi kuni (1810) va 9-iyul — Mustaqillik kuni. Davlat va hukumat boshlig‘I — omantic. Parlamenti ikki pala- tali — yuqori (Milliy omantic) va quyi (Deputatlar palatasi). Nufuzli siyosiy partiyalari: Xustitsialistlar partiyasi (XP), Fuqarolar radikal ittifoqi (FRI), De­mokratik markaz ittifoqi (DMI), Konservativ partiya.Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatning asosiy sohalari: oziq-ovqat, avtomobil, to‘qimachilik, kimyo va neftkimyo, metallurgiya, matbuot. Qishloq xo‘jaligi (bunga baliq ovi hamkiradi) YMM 8% ini beradi. Yetishtiriladigan asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari — bug‘doy, sorgo, soya, shakarqamish. Argentina bug‘doy va mol go‘shti eksport qiluvchi dunyodagi 5 eng yirik davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatga mashina va asbob-uskunalar, ximikatlar, oman, yonilg’I va h.k. import qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Braziliya, Germaniya, Boliviya, Yaponiya, Italiya.Temiryo‘llari uzunligi — 34572 km, avtomobil yo‘llari — 208350. Dengiz portlari: Buenos-Ayres, La- Plata, Banya-Blanka.Tarixi. Argentina ispaniyalik Dias de Solis tomonidan 1516-yilda kashf etilganda, bu yerda kam oman hindu qabilalari* yashaganlar, 1536-yilda asos solingan Buenos-Ayres hududi Peru vitse-qirolligiga qo‘shib olingan edi. Hozirgi kunda Argentina, Paragvay, Urugvay va Boliviya joylashgan hududda 1776-yili La-Plata vitse-qirolligi tashkil topgan. 1810-yilda qo‘zg‘olon ko‘targan kreol aholisi vitse-qirolni taxtdan ag‘darib La-Plata birlashgan provinsiyalar mustaqilligini e’lon qiladi.
*Уайт Д «Индейци Северной Америке» М 1995
1816-yilda ispan qo‘shinlari uzil-kesil mag‘lubiyatga uchraydilar. 1826-yilda La-Plata birlash­gan provinsiyalari Argentina Federativ Respublikasi deb ataladi. XX asrda bir qator harbiy to‘ntarishlar amalga oshirilib, oqibatda hokimiyatga 1946-1955 va 1973-1974-yillarda Argentinada hukmronlik qilgan X.D.Peron keladi. 1982-yilda Malvin (Folklend) orollari masalasi bo‘yicha harbiy to‘qnashuvda Buyuk Britaniyadan mag‘lubiyatga uchragan Argentinada harbiy xunta ag‘darilib, 1983-yildan hokimiyat tepasiga fuqarolik hukumati keladi. Joylashganqit’asi:JanubiyAmerika
Poytaxti:Buenos-Ayres
Davlat tili:Ispan.
Pul birligi:Pyeso
Davlat tuzumi:Respublika
Maydoni:2778417 km.kv
Aholi soni:41,6 mln.dan ortiq (2012)
XIX asir ikkinchi choragidan Argentinada Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833 yilda u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida mamlakatga Ame-rika va Germaniya kapitali kirib kel-di. Hukmron davlatlar A.ni siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht,don va boshqa xom ashyo yetkazib be-ruvchimamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a.lar bo‘sag‘asida A.da sanoat rivoj-landi. 19-a.ning oxiridan A.da turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon urushi yillarida A. betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashist-larga ko‘maklashdi. 1945 y. martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshiurush e’lon qildi. 1945 yildan A.— BMT a’zosi.1943 y.gi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Perón (1946 – 55 va 1973 — 74 yillarda A. prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 yilda general Videla hukmronligi dav-rida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981 yilda Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 y.) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan A. ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 yildagi yalpi saylov natija-sida Raúl Alfonsín omantic etib saylandi. 1999 yildan esa Fernando de la Rúa A. prezidenta. 1993 y. 9 sent.da O‘zbekiston Respublikasi bilan diploma-tiya munosabatlari o‘rnatgan.Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalariFuqaro radikal ittifoqi, 1889 yilda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tu-zilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957 yilda Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh ne-gizida tuzilgan; Xalq sotsialistik par-tiyasi, 1982 yilda tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963 yilda Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi bo‘linishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947 yilda X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909 y. tuzilgan. A.da Kommuni-stik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930 yilda tuzilgan.XoʻjaligiA. iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari ko‘p, malakali ishchi kuchiga ega. Argentina , sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-yillar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida A. iqtisodiyoti barbod bo‘lish arafasida edi. 1989yilda saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturi-ni amalga oshirdi, natijada A. yana barqaror rivojlana boshladi. 1991 yilda qabul qilingan konvertatsiya to‘g‘risidagiqonunga binoan ko‘pchilik davlat korxona-larixususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila bosh-ladi, byudjetga soliqlardan tushum yax-shilandi, ishchilarga kompensatsiya to‘lash tizimi yaratildi.SanoatiA. asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (go‘sht, yog‘, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoa-ti. Go‘sht yetishtirish va eksport qilish sohasida A. dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. To‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Og‘ir industriyada mashinasozlik (traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobillar, sta-noklar, elektr texnika asbob-uskuna-607lari va boshqalar), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmog‘I katta.Se-ment, sellyuloza-qog‘oz korxonalari bor. Neft, gaz, qo‘rg‘oshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilg‘i-energetika balansi-ning salkam 85% ni neft vagaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sano-at markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.Qishloq xoʻjaligiA. Chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini oman sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi ri-vojlangan: 1ming omant ortiq yerga ega bo‘lgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Argentina ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Argentina ning yetakchi tarmog‘I chorvachilik bo‘lib, unda go‘sht yetishtiriladigan qoramolchilik va go‘sht-jun olinadigan qo‘ychilik ustun turadi. A.da qoramollar — 51 mln., qo‘ylar — 29 mln., cho‘chqalar — 4,1 mln. Boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘I — g‘allachilik. Bug‘doy, makkajo‘xori, javdar, suli,arpa, tex-nika ekinlaridan — kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini — beda. Bog‘dorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.TransportiArgentina lar uzunligi — sal-kam 34,1 ming km, avtomobil yo‘llari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Bue-nos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 80% go‘sht, don, yog‘, xom teri, jun, ho‘l mevalarga to‘g‘ri keladi. Chetdan mashinalar, transport vosita-lari, oman, yoqilg‘I, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.Tibbiy xizmatiA.da 133,8 ming o‘rinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 o‘rin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Davlat sog‘liqni saqlash ti-zimi tibbiy yordamni sug‘urtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qo‘shib olib boriladi. Shifokorlarni universitetlarning 9 tibbiyot f-ti tayyorlaydi.Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalariA.da 6 yoshdan 14 yosh-gacha bo‘lgan bolalarning majburiy ta’-limi joriy etilgan. Davlat o‘quv yurt-lari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming o‘rta o‘quv yurtlarida (umumiy ta’lim, hunar, ped. Va boshqa maktablarda) 1125 ming o‘quvchi o‘qiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va boshqa shaharlarda universitetlar bor. Bir qancha tarmoq akademi-yalari, i.t. institutlari va ilmiy jami-yatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi va boshqa bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va boshqa mu-zeylar mavjud.Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuviEng ko‘p tarqalgan gaz.lar: “Rason”(“Aql-idrok”, 1905 yildan), “Prensa”(“Matbuot”, 1869yildan), “Nason”(“Millat”, 1870 yildan),”Ga-seta” (“Gazeta”, 1912 yildan). “Teleno-tisiosa amerikana” hukumat agentli-gi 1945 y.tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida uyushmaga birlashgan. Teleko‘rsatuv 1951 yildan mavjud. 1959 yilda 22 xususiy telest-yalar uyushmasi tu-zilgan.AdabiyotiA.da yashagan indeys qabilalarning og‘zaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq she’-riyati o‘ziga xosligini saqlab qolgan. 16-a.dan 19-a. boshlarigacha adabiyot Is-paniya adabiyoti ta’sirida rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida M. deLavarden, D. de Asuenaga va boshqalarlar ijodi-da ma’rifatparvarlik tamoyillari na-moyonbo‘ldi. 1810 — 26 yillar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassi-sizm hukmronlik qildi. B. de Montea-gudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning “Vatan-parvarlik marshi”, 1810, A. madhiyasi 608bo‘lib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va mil-liy poeziya asoschisi E. Echeverria she’-rlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshu-nos X. M. Guterres argentin omantic prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmento o‘tkir maqolalar yozdi. 19-a. 2-yarmida “gaucho adabiyoti” urf bo‘ldi, uningasosini pampa aholisining og‘zaki ijodi tashkil qilar edi. 50 — 70-yillar-da I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qo‘shiqlar, “Santos Vega” she’riy roma-ni, 1851), X. Marmol (dastlabki mil-liy roman “Amaliya”, 1855), X. Ernandes (uning “Martin Ferro” qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asa-ridir) asarlari va boshqa dunyoga keldi. XIX asir o‘rtalarida xalq urf-odatlarini ifoda-lovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va boshqadir. 20-a. 20-yillarida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy roman-lari chiqdi. 20-a. 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanla-ri paydo bo‘ldi.*


Download 31,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish