Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligining davlat tizimi, saroy va harbiy boshqaruvi



Download 211,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.05.2023
Hajmi211,27 Kb.
#933943
  1   2
Bog'liq
ashtarxoniylar-davrida-buxoro-xonligining-davlat-tizimi-saroy-va-harbiy-boshqaruvi



Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligining davlat tizimi, 
saroy va harbiy boshqaruvi 
 
Sarvinoz Quvondiq qizi Toshmurodova 
Sarvinoz120299@gmail.com 
Ahmad Abdug’affarovich Ergashev 
ergashevahmad197@gmail.com 
Alibek Qahramon o’g’li Bengmatov 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 
 
Anotatsiya:
Maqolada o’rta asrlarda Buxoro xonligida hukmronlik qilgan 
Ashtarxoniylar sulolasining davlat tizimi, ma’muriy bo’linishi, harbiy va saroy 
boshqaruvi, shuningdek mansab va amallar haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan. 
Kalit so’zlar:
Devonbegi, parvonachi, mushrif, xazinachi, Nodirmuhammad, 
Subxonqulixon, Ubaydullaxon, Sagaraj, O’ratepa, Shahrisabz. 
The state system, palace and military administration of the 
Bukhara khanate during the Ashtarkhanid period 
Sarvinoz Kuvondiq qizi Tashmuradova 
Sarvinoz120299@gmail.com 
Ahmad Abdugaffarovich Ergashev 
ergashevahmad197@gmail.com 
Alibek Kahramon oglu Bengmatov 
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy 
Abstract:
The article briefly describes the state system, administrative division, 
military and palace administration of the Ashtarkhanid dynasty, which ruled the 
Bukhara Khanate in the Middle Ages, as well as careers and activities. 
Keywords:
Devonbegi, propeller, mushrif, treasurer, Nodirmuhammad, 
Subhonqulikhon, Ubaydullah, Sagaraj, Uratepa, Shahrisabz. 
Vatanimiz tarixini o’rganar ekanmiz albatta unda o’z o’rniga ega bo’lgan 
davlatlar va sulolalar haqida ham ma’lumotlarga ega bo’lishimiz lozim. Shu o’rinda 
O’rta asrlarda o’lkamizda turli mamlakatlar va sulolalar mavjud bo’lgan. Ulardan biri 
Buxoro xonligidagi Ashtarxoniylar sulolasidir. Bu sulola 1601-1756-yillarda 
hukmronlik qilgan. Bu sulolaning boshqaruv tizimiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 
Ashtarxoniylar davlat tizimi o’z tuzilishi, mohiyatiga ko’ra Shayboniylar davlat 
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
411


tizimidan deyarli farq qilmas edi. Xon rasman oliy hokimiyat boshlig’i bo’lib, 
davlatning ichki va tashqi siyosatga bog’liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal 
qilinar edi. Lekin amalda ko’pgina ashtarxoniy hukmdorlar yirik saroy amaldorlari 
qo’lida o’yinchoq bo’lib qolgan bo’lsada, joylarda mahalliy hokimiyat tamomila 
viloyat hokimlari ixtiyorida edi. Bu markaziy boshqaruvning zaifligi oqibati bo’lib, u 
ko’p hollarda mamlakatni inqirozga olib kelardi.
Ashtarxoniylar davrida Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo’lib, uni 
taxt vorisi boshqarardi. Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo’lib, markaziy va mahalliy 
boshqaruv tizimiga ega edi. Bu davrda saroyda otaliq mansabi eng yuksak mansab 
darajasiga ko’tarildi. Lekin, barcha saroy mansablarining nomlanishi va vakolati 
Shayboniylar davridagidan uncha farq qilmas edi. Otaliqdan tashqari devonbegi, 
parvonachi, mushrif, xazinachi va boshqa saroy amaldorlari davlat boshqaruvida 
katta ahamiyatga ega edilar.[1] 
Viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga bo’ysunishi belgilangan yillik 
soliqlarni to’plab xon xazinasiga yuborib turish, xon farmoniga ko’ra xarbiy 
yurishlarda o’z qo’shinlari bilan qatnashishdan iborat edi xolos.
Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi hududi juda qisqarib ketdi. 17-asr 
boshlarida xonlikka bo’ysunuvchi oltita viloyat - Buxoro, Samarqand, Sagaraj, 
O’ratepa, Shahrisabz va G’uzor viloyatlari tilga olinadi xolos. Keyinchalik 
Imomqulixon tomonidan Xisor, Toshkent, Turkiston, Farg’ona, Balx viloyatlari qayta 
bo’ysundirilgan bo’lsada, Xurosondagi bir necha yirik viloyatlar va Xorazm butunlay 
Buxoro xonligi tarkibidan chiqdi. Bu davrda shayboniylar davridagidek ijtimoiy 
tabaqalar saqlanib qolgan bo’lsada, ularning mavqeida o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. 
Jumladan, oliy tabaqa xisoblangan xon va uning avlodlari, saroy amaldorlarining 
mavqei birmuncha pasayib, sarkardalar hamda viloyat hokimlarining mavqei oshdi. 
Shunindek, bu davrda Jo’ybor xo’jalarining avlodlari mavqei juda yuqoriga chiqadi. 
Asosiy soliq to’lovchi fuqaro - raiyatning ahvoli yanada yomonlashdi. Ashtarxoniylar 
davrida o’zaro ichki urushlar avj olib, harbiy soxada jiddiy o’zgarishlar, islohotlar 
qilinmadi. Qo’shin tuzilishi va jang olib borish usuli ashtarxoniylar davridagidek 
bo’lib, bu usul bu davrga kelganda o’z ahamiyatini yo’qota boshlagan edi. 
Mamlakatda tashqi va ichki dushmanlarga to’siq bo’la oladigan qudratli harbiy 
qo’shinning barpo etilmaganligi, uyushgan markaziy qo’mondonlikning yo’qligi 
sababli Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi xarbiy jihatdan o’ta zaiflashib ketdi. 
Natijada xonlik xududi qisqarib bordi.
Ashtarxoniylarning davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi o’z tuzilishi hamda 
mazmun-mohiyatiga ko’ra, Shayboniylar davri davlatchiligidan deyarli farq qilmas 
edi. Manbalarning ma’lumot berishicha XVII - XVIII asrning birinchi yarmi davlat 
boshqaruvida hokimiyat markazda ham viloyatlarda ham asosan bir idora - dargohda 
mujassamlashib 
borgan. 
Shunigdek, 
Shayboniylar 
davrida 
bo’lgani 
kabi 
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
412


ashtarxoniylar davrida ham davlat tizimida o’troq turmush tarzi an’analari bilan birga 
ayrim yarim ko’chmanchilarga xos udumlar ham saqlanib qolgan. [2] 
Bu davrda ham xon rasman oliy hokimiyat boshlig’i bo’lib, davlatdagi ichki va 
tashki siyosatga bog’liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal etilgan. Barcha oliy 
farmonlar xon tomonidan joriy etilib, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning 
nomi xutbaga qo’shib o’qilardi. Ammo, amaldagi boshqaruvda ko’pgina ashtarxoniy 
hukmdorlari saroydagi katta mavqega ega bo’lgan amaldorlar hamda yirik ulamolar 
qo’lida qo’g’irchoq edilar. Nodirmuhammad, Subxonqulixon, Ubaydullaxon kabi 
xonlar markaziy hokimiyat obro’sini ko’tarishga, bebosh amirlar mavqeini 
cheklashga harakat qilgan bo’lsalar-da, ularning bu harakatlari deyarli samara 
bermadi. Bu davrda markaziy davlat boshqaruvi saroy amaldorlari ko’lida to’plangan 
bo’lsa, joylardagi mahalliy hokimiyat viloyat hokimlari ixtiyorida bo’lgan. 
Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida ham naqib, otaliq, parvonachi, dodxoh, 
devonbegi, qushbegi, chuhraboshi, yasovul, inoq, qurchi, harbiy qozi, harbiy mufti, 
eshik og’a boshi, mirzaboshi, saroy kutubxonasi boshlig’i, dasturxonchi kabi 
lavozimlar mavjud bo’lgani ma’lum. Shu bilan birga ularning ayrimlarida sifatiy 
o’zgarishlar Yuz berganini ham ta’kidlash lozimdir. Otaliqning vazifasi XVI asrda 
asosan joylardagi boshqaruv tizimi bilan bog’lik bo’lsa, ashtarxoniylar davrida, 
ayniqsa Abdulazizxondan boshlab, otaliqning markazdagi mavkei kuchaya boshladi. 
Masalan, Abdulazizxon Buxoro taxtiga chiqqach poytaxtdagi otaliq vazifasini o’sha 
paytda eng kuchli mavqega ega bo’lgan Yalangto’shbiyga taklif qilgan. Otaliqning 
mavkei Subxonqulixon davrida ham baland bo’lib, eng muhim harbiy ishlar 
(masalan, xivaliklarning Buxoroga taxdidini qaytarish, Xuroson yurishi) otaliqqa 
yuklatilgan. “Ubaydullanoma” asarida otaliqqa “umdat al-umaro”, ya’ni “butun 
amirlar tabaqasining tayanchi” degan ta’rif berilgan. Abulfayzxon davridagi otaliq 
mansabida bo’lgan Hakimbiy va uning o’g’li Rahimbiylar juda katta mavqeiga ega 
bo’lib, ular oxir-oqibat sulola vakillaridan hokimiyatni butunlay tortib olishga 
muvaffaq bo’ldilar. Ashtarxoniylar, xususan Ubaydullaxon va Abulfayzxon 
davrlarida qo’shbegi lavozimidagi amaldorlarning ham mavqei o’sgan. Aniqrog’i shu 
mansabdagi shaxsning mavqei ko’tarilishi bilan u egallab turgan lavozimning ham 
ahamiyati yuksalgan. Bu davrda Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo’lib, 
uni taxt vorisi boshqarar edi. Rasmiy darajadagi davlat boshqaruvi ikki bosqichli 
bo’lib, markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi. Viloyat hokimlarining 
markaziy hokimiyatga bo’ysunishi belgilangan yillik soliqlarni to’plab xon 
xazinasiga yuborib turishi, xon farmoniga ko’ra, harbiy yurishlarda o’z qo’shinlari 
bilan qatnashishdan iborat bo’lgan xolos. Ko’p hollarda o’zlarini markaziy 
hokimiyatdan mustaqil deb hisoblagan viloyat amirlari va hokimlari ham o’z 
boshqaruv tizimiga va harbiy kuchlariga ega bo’lgan.[3] 
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
413


Bu davrda amaldorlar toifasiga kirgan shaxslar o’z egallab turgan 
lavozimlaridan, ma’suliyatli vazifalaridan tashqari siyosiy jarayonlar va harbiy 
yurishlarda ham ishtirok etganlar. Bu davrdagi boshqaruvda dunyoviy lavozimdagi 
amaldorlar bilan bir qatorda diniy lavozimdagi amaldorlarning ham mavqei baland 
bo’lgan. Boshqaruv tizimida yirik din peshvolari xojalar va diniy mansab egalari 
bo’lmish Shayxulislom, sadr, qozi kalon va boshqalar katta ahamiyatga ega bo’lgan. 
Ilgarigi davrda bo’lgandek, bu davrda ham davlat boshqaruvida Jo’ybor xojalarining 
mavqei baland bo’lib, asosiy diniy mansabdorlar ular ichidan tayinlangan. Buxoro 
Shayxulislomi ham jo’ybor Shayxlari orasidan tayinlanib, Abulfayzxon davrida bu 
lavozimni Xoja Yahyoning o’g’li Muhammad Hakim Xo’ja egallagan. Shayxulislom 
jamiyatda juda katta rol o’ynagan bo’lib, nafaqat diniy, balki barcha ishlar bo’yicha 
hukmdorning doimiy maslahatchisi bo’lgan. Har bir viloyatning o’z qozisi bo’lib, 
ular diniy, oilaviy, vorischilik hamda jinoiy ishlarni ko’rib chiqqanlar. Harbiylar 
uchun ham alohida qozilar bo’lib, ular qoziyi-askar deb atalgan. [4] 
Buxoro xonligidagi huquqiy masalalarni hal etishda muftining o’rni alohida 
bo’lgan. Mufti fiqh (huquq) va hadisni juda yaxshi biladigan qonunshunos bo’lishi 
lozim bo’lgan. XVII asrning oxiri - XVIII asr boshlarida davlat hokimiyatining 
zaiflashuvi oqibatida darvish guruhlarining ham roli ortib borgan.Ashtarxoniylar 
davriga kelib Buxoro xonligi hududlari keskin qisqarib ketdi. XVIII asr boshlariga 
oid manbalarda xonlikka bo’ysunuvchi oltita viloyat: Buxoro, Samarqand, Sagaraj, 
O’ratepa, Shahrisabz va Xuzor tilga olinadi. Imomqulixon hukmronligi davrida 
Hisor, Turkiston, Farg’ona va Balx viloyatlari vaqtinchalik qayta birlashtirilgan 
bo’lsada, Abulfayzxon davriga kelib Xiva (viloyati) va Qo’qon xonliklari alohida 
davlat edi.[5] 
Avvalgi davrda bo’lganidek, Ashtarxoniylar davlati viloyatlar, tumanlar va 
boshqa ma’muriy birliklarga bo’lingan. XVII-XVIII asrning birinchi yarmi davlat 
boshqaruvida hokimiyat markazda ham viloyatlarda ham asosan bir idora - dargohda 
mujassamlashib borgan. Shayboniylar davrida bo’lgani kabi ashtarxoniylar davrida 
ham davlat tizimida o’troq turmush tarzi an’analari bilan birga ayrim yarim 
ko’chmanchilarga xos udumlar ham saqlanib qolgan.Bu davrda ham xon rasman oliy 
hokimiyat boshlig’i bo’lib, davlatdagi ichki va tashki siyosatga bog’liq barcha 
masalalar uning ixtiyori bilan hal etilgan. Barcha oliy farmonlar xon tomonidan joriy 
etilib, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning nomi xutbaga qo’shib 
o’qilardi.[6] 
Xulosa qilib aytganda Ashtarxoniylar sulolasi boshqaruv tizimi Shayboniylar 
Boshqaruv tizimiga o’xshash bo’lgan. Bu tizimda o’rta asrga oid an’analar sezilib 
turgan. 

Download 211,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish