76
MAVZUNING AMALIYOTGA TATBIQI
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, ta’lim tizimiga alohida e’tibor
berilmoqda. “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”,
Respublika Prezidentining farmonlari va hukumat tomonidan qabul qilingan
qarorlar o‘quv predmetlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari
hamda boshqa o‘quv-metodik vositalarni yanada takomillashtirishni taqozo
etmoqda.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandan so‘ng o‘rta umumta’lim
tizimida o‘qitiladigan fanlardan davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari
ishlab chiqildi va hukumat tomonidan tasdiqlandi. Mamlakatimizda ta’limning
huquqiy asoslari, istiqbollari qonun bilan, uning mazmun va sifati standartlar
bilan, tashkiliy-amaliy jihatlari o‘quv dasturlari bilan belgilangan, o‘quv-
metodik tadbirlar darslik va qo‘llanmalarda tavsiya etilgan. Demak, jamiyatda
sohaning qonuniy, huquqiy, tashkiliy asoslari yaratilgan, tizimga solingan. Endi
bu yog‘i ana shu “belgilab qo‘yilgan” larni amalga oshiruvchi muassasalar,
ta’lim amaliyotining ishtirokchilari: pedagoglar, soha rahbarlari, shuningdek,
o‘quvchilar va ularning ota-onalariga bog‘liq.
Ta’lim bosqichlarida o‘qitiladigan hamma predmetlar uchun bir xil shart-
sharoit, o‘quv, moddiy-texnik baza yaratilgan. Ularning barchasi uchun umumiy
bo‘lgan muvaffaqiyatlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar ham bor. Lekin har bir
predmet
bo‘yicha
ishlar
sarhisob
etilganda
turlicha
natijalar
qayd
etilayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Ilmiy-nazariy asoslari deyarli barqaror,
o‘zgarmas bo‘lgan tabiiy-matematik fanlar bilan jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy,
77
mafkuraviy qarashlariga aloqador bo‘lgan ijtimoiy-gumanitar fanlarga
yondashuv o‘rtasida tafovut bo‘lishi tabiiy bo‘lganidek, ularni o‘qitishda duch
kelinadigan muammolarda ham ayrichaliklarning bo‘lishi turgan gap. CHunki
mustaqillikdan keyin nazariy mohiyati tubdan qayta ko‘rib chiqilgan ijtimoiy
fanlarning ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik asoslariga yangicha yondashuvni
davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Barkamol shaxsni shakllantirish nafaqat adabiy ta’lim, balki O‘zbekiston
maktablaridagi barcha fanlarni o‘qitishdan ko‘zlangan bosh maqsaddir.
“Barkamol avlod orzusi” kitobida mamlakatimiz rahbari I.A.Karimovning
fikrlari, o‘y-mulohazalari bilan tanishgan odam barkamol shaxs tarbiyasiga
davlat miqyosida nechog‘liq jiddiy ahamiyat berilayotganligiga amin bo‘ladi.
50
Ta’lim tizimidagi har bir predmetning bu borada muayyan imkoniyatlari bor.
Lekin ularning har biri shaxs komilligining qaysidir bir sifati, muayyan jihatini
shakllantirishda alohida mavqega, imkoniyatga ega. Adabiyot esa o‘quvchi
shaxsiyatida ruhiy poklik, ma’naviy yuksaklik sifatlarini tarbiyalashda asosiy
omil bo‘lib xizmat qiladi. Ma’naviyat insonda yaxlit holda namoyon bo‘ladigan
fenomendir. YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, “Insonni, uning ma’naviy olamini
Do'stlaringiz bilan baham: