Asfaltbetonning
texnik
xususiyatlari.
Organik
bog‘lovchilardan
tayyorlangan
asfaltbetonlar fizik va mexanik xususiyatlariga ko‘ra, mineral bog‘lovchilardan tashkil topgan
betonlardan farq qiladi. Bu farq asfaltbetonlarning mexanik xususiyatlari va qotish vaqti bilan
emas, balki uni tashkil etuvchi to‘ldiruvchi va bog‘lovchilarning holatlariga qarab aniqlanadi.
Mineral bog‘lovchilardan tayyorlangan beton yotqizmalari tebranma harakat kuchlarini
so‘ndira olmaydi. Bu esa, asosiy kamchiliklardan biri bo‘lib, qoplama yuzasida emirilish va
g‘adir-budirliklarni vujudga keltiradi. Bunday qoplamalardan foydalanish davrida ma’lum
kuzatuv ishlarini olib borishga, ya’ni qoplamalarning qovushqoqyaigi hamda deformatik
holatlarini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Asfaltbetonning deformatsiyalanishini faqatgina kuchlar
qiymati bilan emas, balki shu kuchlarning qancha vaqg davomida ta’sir qilishini hisobga olgan
holda ham aniqlash zarur. Ba’zi bir hollarda mustahkam bog‘lanishlikning buzilib ketishiga
bog‘lovchi material sifatining pastligi, yuzasining iflosligi va tosh materiallarning noto‘g‘ri
nisbatda olinganligi, hamda qorishmaning me’yoridan kam miqdorda zichlantirilishi sabab
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bog‘lovchilarning eskirishi, asfaltbetonniig doimiy ravishda
transport harakati ta’siridan yemirilishi, bog‘lovchi hamda tosh materiallarning mustahkam
bog‘lanishiga salbiy ta’sir qiladi. Asfaltbetonning yemirilgan joylaridagi suv va chang zarralari
tuzatish ishlari olib borishda, bog‘lovchi bilan gosh materiallarning mustahkam birikib ketishiga
to‘sqinlik qiladi.
Rossiyaning o‘rta mintaqalaridagi qurilishlarda ishlatiladigan asfaltbeton qoplamalari
ko‘pincha suvga va sovuqqa chidamsizligi natijasida tezda buzilib ketadi. Shuning uchun ham,
keskin o‘zgaruvchan iqgim mintaqalarda, harorat 0°S atrofida tez-tez o‘zgarib turishi sababli,
asfaltbeton qoplamalarning sovuqqa chidamliligini ham hisobga olmoq kerak. Haroratning
o‘zgarib turishi, asfaltbetonning elastiklik holatini o‘zgartiradi.
Xususiyatlarga ko‘ra, asfaltbetonlarning texnik xususiyatlari ham har xildir. Shuning
uchun ularni alohida alohida ko‘rib chiqish zarur. Asfal’tbeton qoplamalarning muddatidan avval
buzilishiga asosan quyidagilar sabab bo‘ladi. Yo‘l va aerodrom qurilishini loyihalash jarayonida
qatlamlarga tushadigan kuchlarni to‘liq hisobga olish qiyinligi, asfaltbeton va uning tarkibidagi
materiallarning iqlim sharoitlariga mos kelmasligi, qoplama ostki qatlamida ba’zi bir
o‘zgarishlarning yuzaga kelishi, yo‘llardan noto‘g‘ri foydalanish va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |