Asbob-uskuna tanlash uchun hisoblash shartlari



Download 2,97 Mb.
bet8/15
Sana20.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#827685
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
5. El stansiya o\'tkaz va el asbob uskuna tanlash

Erkin ajratish mexanizmi (5-rasm) avtomatni vaqtning istalgan momentida o'chirishni ta'minlaydi, shuningdek, yoqish jarayonida ham o'chirish lozim bo'lsa, uni amalga oshiradi. U sharnirli bog'langan richaglar 14 va 15 hamda tayanchlardan iborat. Ulash paytida harakat dasta 12 dan richaglar 14 va 15 orqali kontaktli richag 16 ga uzatiladi, bu richag avval yoy so'ndiruvchi 2 ni, so'ngra esa bosh kontaktlar 3 ni tutashtiradi. Avtomat ulanganda, 14 va 15 richaglar «o'lik» holatga o'tadi, tayanch ularning pastga harakatlanishiga yo'l qo'ymaydi. Agar ulash vaqtida qisqa tutashuv mavjud bo'lsa, unda ajratgich 8 ta'sirida mexanik bog'lanish 11 richaglar 14 va 15 ni sharnirli birikma O4 bo'yicha «sindiradi» va uzuvchi prujina 17 ta'sirida kontakt tizimi chapga suriladi, dasta 12 orqali ulanishga kuch berilishi-ga qaramay, bu tizimda o'chirilish amalga oshadi.
Ajratgichlar — bu elektromagnit yoki bimetall mexanizmlar bo'lib, ular zanjirning ko'rsatkichlarini nazorat qiladi va ko'rsatkich belgilangan qiymatidan oshib ketganda avtomatni o'chiradi. Bimetall (issiqlik) ajratgich 5 tarmoqqa shunt 6 orqali ulangan qizdirgich 7 dan issiqlik oladi. Turli chiziqli kengayishi koeffitsiyentlariga ega bo'lgan ikki metalldan tashkil topgan bimetall plastinka qiziganda egilib, erkin ajratish mexanizmi richagini sindiruvchi tortqi 11 ga kuch beradi. Issiqlik ajratgich yordamida o'ta yuklanishda muhofaza qilanadi. Ishlab ketish vaqti o'ta yuklanish tokiga bog'liq: tok qancha katta bo'lsa, bimetall plastinka shuncha tez qiziydi va uzish tezroq amalga oshadi. Issiqlik inersiyasi katta bo'lganligi sababli issiqlik ajratgichlar elektr dvigatellarning ishga tushiruvchi toklari ta'sirini sezmaydi. Maksimal ajratgich 8 g'altak va o'zakdan iborat. G'altakdan qisqa tutashuv toki o'tganda o'zak richaglar 14 va 15 ni sindiruvchi kuch hosil qiladi, bu hoi avtomatning o'chishiga olib keladi. Maksimal ajratgichning ishlab ketish tokini rostlash (boshqarish) mumkin.
Maksimal ajratgich tokka bog'liq bo'lgan yoki unga bog'liq bo'lmagan vaqtni ushlab turish (BbvvepjKKa bpcmchh) mexanizmi bilan ta'minlangan bo'lishi mumkin. Bunday ajratgichlar selektiv muhofazalash imkoniyatini beradi.
Kuchlanish haddan tashqari pasayganda avtomatni o'chiradigan minimal ajrat­gich 9, shuningdek, avtomatni masofadan tugmacha KU bilan o'chirish uchun mustaqil ajratgich 10 qo'llanishi mumkin. AVM tipidagi avtomatlar 400—2000 A nominal toklarga hamda o'zgaruvchan tok kuchlanishi 500 V ga va o'zgarmas tok kuchlanishi 440 V ga mo'ljallab ishlab chiqariladi. Avtomat qutbga 3 juft — bosh, dastlabki, va yoy so'ndiruvchi kontaktlarga ega. Yoyni so'ndirish yoy so'ndiruvchi panjarali kamerada amalga oshiriladi. Avtomatlar otseka ishga tushganda va xarakteristikaning bog'liqlik qismida boshqariladigan tutib turish vaqti bo'lgan maksimal ajratgichlarga ega, bu esa selektiv muhofazani ta'minlaydi. Avtomatlarning yuritmasi qo'lda, richag orqali yoki elektr dvigatel orqali boshqarilishi mumkin. AVM tipidagi avtomatlar statsionar qurilmalar uchun ishlab chiqariladi, yig'ma taqsimlash qurilmalari uchun esa suriladigan aravachaga o'rnatiladigan, tiqiladigan, kontaktli qilib ishlab chiqiladi (6-rasm).

6.- rasm. 160 A li A3710 tipidagi avtomat:


1-bosh zanjir kontaktlari; 2-yoy so'n­diruvchi kamera; 3-plastmassa qopqoq; 4-qo'zg'aluvchi kontakt; 5-qo'zg'almas kontakt; 6-boshqarish dastagi; 7-erkin ajratish mexanizmi; 8-only ulash va uzish prujinalari; 9-mustaqil ajratish g'altagi; 10-yarim o'tkazgichli boshqa­rish bloki; 11-uzuvchi reyka; 12-yakor; 13-oniy ta'sir etuvchi maksimal tok ajratgichning magnit o'tkazgichi; 14-ustavkani boshqarish shkalasi va tutqichi; 15-tok transformatori.
«Elektron» (E) turidagi av­tomatlar 630—4000 A toklarga, o'zgaruvchan tokning 660 V va o'zgarmas tokning 440 V kuchlanishiga mo'ljallab ikki va uch qutbli tuzilishda ishlab chiqariladi. Maksimal tokning ajratgichlari o'ta yuklanish va qisqa tutashuvlarda ishlash vaqtini hamda tokini rostlashni ta'minlovchi yarim o'tkazgichli boshqarish blokiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, minimal kuchlanish yoki mustaqil ajratgichlariga ega. «E» tipidagi avtomatlar qo'l, elektromagnit va elektr dvigatel yuritmalariga ega bo'lishi mumkin.
Avtomatlar statsionar qurilmalar uchun yoki suriladigan ag'dariluvchi relsli mexanik blokirovkali va avtomatni ish, nazorat va ta'mir qilish holatlarida qo'zg'alishiga yo'l qo'ymaydigan qilib ishlab chiqariladi. Yuqorida bayon etilgan tuzilishdagilardan tashqari 50000 A tokgacha mo'ljallagna kontakt tizimiga suv bilan sovitiladigan (VVSh) maxsus turdagi avtomatlar, shuningdek, to'g'rilagich qurilmalarini muhofazalash uchun VAB, ABE va boshqa tipdagi tez ta'sir etuchi avtomatlar qo'llanilishi mumkin.
Avtomatlar quyidagicha tanlanadi:
• Qurilmaning kuchlanishiga qarab U < Unom ;
. Tok turi va uning kattaligiga qarab lnorm < Inom ; Imax < Inom ;
• Tuzilishiga (konstruksiya) qarab.
• Uziladigan tokning chegarasiga qarab. Qisqa tutashuvda kutish vaqtiga ega bo'lgan selektiv avtomatlar quyidagi shart bo'yicha tekshiriladi.
• Tokni cheklovchi (tez ta'sir etuvchi) avtomatlar quyidagi shart bo'yicha tekshirilad.
• Elektrodinamik turg'unlik bo'­yicha: iu < iprs .
Tez ta'sir etuvchi avtomatlar tokni cheklash samarasi sababli dinamik turg'unlikka tekshirilmaydi.

7-rasm. Suriladigan qilib ishlangan 1500 A li AVM-15 tipidagi avtomati:


1-aravacha; 2-yerga tutashtirish uchun sirpanuvchan kontakt; 3-aravachaning taqsimlash qurilmasidagi tayanchlari; 4-avtomatdagi shtepselp kontaktlar; 5-taqsimlash qurilmasiga montaj qilingan kontakt pichoqlar; 6-elektr dvigateli yuritmasi; 7-yoy so'ndiruvchi kamera; 8-erkin ajratish mexanizmi; 9-ta'mir ishlarida tayanish uchun xizmat qiladigan olinadigan dastak; 10-g'ildiratib olib kiritiladigan qurilmaning olinadigan dastagi; 11- avtomat holatini qayd qiluvchi fiksator.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish