6
QO`SHIQNING MUSIQIY TAHLILI.
Qo‘shiq o‘rtacha tez sur’atda ijro etiladi. Kalit yonida si
bemol belgisi, qo‘shiqning tonika ya’ni fa notasiga tugashi
tonallikning fa major (ioniy ladi) ekanligidan dalolat beradi.
O‘lchov 6/8 – bu bir takt ichida 6 ta 8 talik nota hisobiga
teng har xil notalar joylashuvini bildiradi. Birinchi hissa
kuchli qolgan hissalar kuchsiz bo‘lib uch sanog‘iga ham
sanalishi mumkin. Qo‘shiq 8 talik pauza bilan boshlanib,
uning hajmi 8 taktni tashkil etadi. Birinchi, ikkinchi jumlalar
va uchinchi, to‘rtinchi jumlalar repriza belgisiga asosan
qayta takrorlanadi. Qo‘shiq 2 banddan tashkil topgan bo‘lib,
Vatanimiz O‘zbekiston madhiga bag‘ishlangan. Uning
umumiy ohang diapazoni bir oktava (do dan do gacha) ni
tashkil etadi. Qo‘shiq 2 sinfda kuylash uchun mo‘ljallangan.