munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til
egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo`lgan til birliklari barqaror
23
birikmalar deyiladi. Iboralar, maqol-matallar va hikmatli so`zlar barqaror
birikmalar hisoblanadi. Misol uchun, ―Hamdamning bunday tartibga toqati yo‘q,
o‘z iborasi bilan aytganda, unga ―it yotish –mirza turish‖ yoqardi.‖ (V kitob,
687-b.); ―Hikmat – baliq, qo`lda ushlab turish mumkin emas.‖(II kitob, 181-b.).
Iboralar. Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko`zi o`ngida aniq va
to`la gavdalantirishda frazeologik iboralarning o`rni, ahamiyati beqiyosdir.
Iboralar hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va nomaqbul
harakat-holatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq
chiqargan xulosalarning o`ziga xos obrazli ifodalaridir. Yozuvchi, odatda, tasvir
maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo`llash bilangina kifoyalanib qolmaydi,
balki qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab o`zgartiradi va qayta
ishlaydi. Bunda yozuvchining imkoniyat sifatida mavjud bo`lgan til birliklaridan
foydalanish mahorati ham namoyon bo`ladi.
Shu tarzda xalq iboralari
sayqallanib, yangi ma‘no nozikliklari bilan tо‗yinib boradi. Xalq iboralarini
qayta ishlashning usullari, ularga yangicha rang va tus, yangicha ma‘no talqini
berishning yо‗llari juda xilma-xildir. Bunga umumtil iborasi zamiridagi
ma‘noning yangicha talqinini ochish, iboraning leksik tarkibini о‗zgartirish va
uning semantik-stilistik funksiyalarini kengaytirish, iboraga yangicha majoziy va
obrazli ma‘nolar kiritish kabi usullarni kiritish mumkin. Frazeologik iboralarni
qayta ishlashning turli usullari B.Yо‗ldoshev tomonidan keng о‗rganilgan. Tohir
Malik nihoyatda o‘tkir qalam sohibi bo‘lish bilan birga asardagi
qahramonlarning ziyrakligi, topqirligini inobatga olsak ular nutqida iboralarning
ko‘plab uchrashi tabiiy, m
isol tariqasida: ―-Nimasi g‘alati? – dedi Kesakpolvon
ensasi qotib. –Suvdan quruq chiqqani.‖, ―Xongireyga aytamiz. O‘zi pishirgan
oshni o‘zi ichsin.‖ (III kitob, 801, 802-betlar); ―Chunki bundaylar dunyoviy
mahkamaga tortilguday bo‘lsalar, jazodan qutulib qolish, yoki yengilroq
hukmga erishish maqsadida sheriklari ustidan mag‘zava ag‘daraveradilar.‖ (V
kitob, 654-b.); ―Asadbek g‘azab alangasini bosib, endi arqonni uzun tashlashni
ixtiyor qildi…‖ (V kitob, 699-b.);
―U xomkalla qovun tushirib qo‘yishi