Zid ma‟noli so`zlar. Tilda zid ma‘noli so'zlarning mavjudligi badiiy
nutqning ifodaliligi, ekspressivligi, ta‘sirchanligini ta‘minlashda qulay
vositalardan biridir. Sharq adabiyotida juda qadim zamonlardan buyon tildagi bu
ifoda imkoniyatidan keng foydalanib kelingan.
«Shoir uchun juda zarur bо‗lgan
san‘atlardan biri tazoddir. Bu san‘at yana mutobaqa, tiboq, tatbiq, muttazod,
ittizod va takofu deb ham ataladi. Bu san‘atda, badi‘shunoslarning aytishicha, zid
ma‘noli sо‗zlardan foydalaniladi.» Yevropa filologik an‘anasida bu san‘at
«antiteza» deb yuritiladi. Badiiy matnning lingvopoetik tahliliga bag‗ishlangan
ishlarda zidlantirish, qarshilantirish atamalaridan foydalaniladi. Zid ma‘noli
sо‗zlarni yonma-yon qо‗llash orqali tushunchalar, belgilar, holatlar, obrazlar
zidlantiriladi. Odatda, lisoniy va kontekstual yoki nutqiy zid ma‘noli sо‗zlar
farqlanadi.
Misol uchun, ―Shaytanat‖da quyidagicha zid ma‘noli so`zlarni
uchratamiz: ―Bu qanday tosh – gunohlar toshimi yoki mas‘uliyatmi, bilmadi.‖
(III kitob, 187-b.). Matnda qo`llangan ―gunohlar toshi‖ va ―mas‘uliyat‖ so`zlari
o`zaro ma‘no jihatdan zid so‘zlar qatorini tashkil qilmasa-da, adib ularni ayni
17
shu matnda tergovchining tilidan zid ma‘noli juftlikka aylantira olgan.
Ba‘zan
mahoratli yozuvchilar qahramonlar ruhiyatidagi kontrastlikni bо‗rttirib tasvirlash
maqsadida muayyan bir kontekstual sinonimik qatordagi bir necha sо‗zni boshqa
bir kontekstual sinonimik qatordagi bir necha sо‗zga birdaniga zidlantiradilar.
Yana bir misol keltiramiz. Matnda kontekstual antonimlar berilgani uchun bir
abzasni to`liq berishga qaror qildik:―Zaynab shu hovlida Kumush bo`lib
yashagan edi, xayolidagi Otabegi uni shu hovlida quchgan, yanog`idan bo`sa
olgan edi... Endi nazarida bu hovlidan nur qochgan, g`unchalari to`lib erta-
indin ko`z ochaman deb turgan atirgullar ham xunuk, marmar favvora ham
o`lik... Quyosh bor-u, fayz yo`q, xonadon qorong`u. Xonalarda hayot kezib
yuribdi, ammo baxt yo`q.‖ (I kitob, 350-b.). Mazkur parchada keltirilgan
―Zaynab‖ va ―Kumush‖, ―atirgul‖ va ―xunuk‖, ―favvora‖ va ―o`lik‖,
―quyosh‖ va ―qorong`u‖, ―hayot‖ va ―baxt yo`q‖ kabi lug`aviy birliklar
mahorat bilan zidlikni hosil qilishiga erishilgan.
Kontekstual antonimlardan
badiiy asarda tasvirning ta‘sirchanligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Masalan:
―Zelixon Elchindan qasos haqidagi gaplarni birinchi marta eshitganda
sergaklandi. U mushtdek yurakni qoyadek dard bosib turibdi, deb yursa, bu
vujudda vulqon kuch tо‗playotgan ekan...‖ (I kitob, 128-b.) yoki ―Serxasham
uyda sertashvish yashagandan ko‘ra, qamishtomli uyda baxtli hayot kechirish
ming marta afzal.‖ (V kitob, 620-b.) parchasida ― serxasham‖ so‘ziga
―qamishtoml‖i
so‘zini
zidlay
olgan.
Yuqoridagi parchada esa ―mushtdek‖ va ―qoyadek‖ sо‗zlari ―kichik‖ va ―katta‖
ma‘nolari bilan antonimik munosabatga kirishgan, shuningdek, asarda Tohir
Malik mashxur ―O‘tkan kunlar‖ romanidagi Kumushbibiga o‘z asari qahramoni
Zaynab yaratgan obraz Tuproqbibini zidlantirgan: ―Yoshlik sururi tuproqqa
qorilgan, Kumushbibi emas, ―Tuproqbibi‖ ―martabasi‖ga yetgan juvon endi
bolalik umidlaridan panoh izlardi.‖ (IV kitob, 165-b.).
Quyidagi parchada ham adib ―yaxshi o‘qimoq‖ fe‘liga ―yomon o‘qimoq‖
fe‘lining original namunasini keltirgan deya olamiz: ―Mantiqdan yaxshi
o‘qibsiz-u, hisobdan qoqilgan ekansiz-da, a?‖ (IV kitob, 247-b.). Hozirgi kunda
18
ham yaxshi o‘qimaganlik ma‘nosini bildiruvchi ―qoqilmoq‖, ―yiqilmoq‖ kabi
fe‘llarni nutqimizda ko‘p qo‘llaymiz. Yana bir misolga e‘tiborimizni qaratamiz:
―Ya‘nikim, oqning muqobili qora, shirin ro‘parasida achchiq, mehrning
ziddiyati qahr, shafqat qarshisida zulm mavjud. Eng ulug‘ muqobillik esa – o‘lim
va hayotdir.‖ ( IV kitob, 238-b.). Asarda juda ko‘p qo‘llanilgan antonimlardan
biri - do‘st, dushman so‘zlaridir: ―Chunki dushmandan ehtiyot bo‘lasan, ammo
do‘stning dushmanligidan qutulish qiyin…‖ (IV kitob, 332-b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |