bilan о‗zga tilga oid sо‗z va iboralar qо‗llanishi kuzatiladi. Tilning lug‗at
tarkibiga kiritilmagan, faqatgina og‗zaki nutqda mavjud bо‗lgan bunday chet
sо‗zlaridan badiiy nutqda qahramon xarakteri, milliy mansubligi va ichki
maqsadida ishlatiladi. Shuningdek, voqealar bо‗lib о‗tayotgan о‗ringa ishora
qilish yoki nutqiy vaziyat va unda ishtirok etayotganlarning milliy mansubligi
haqida ma‘lumot berish istagi bilan ham kiritilishi mumkin. Bunday birliklar
22
vulgarizmlar va varvarizmlar qo`pol yoki yot so`zlarda o`ta salbiy munosabat,
kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda semalari juda ochiq ko`rinib
turgan bo`ladi. Bunday so`zlar ko`proq nominativ ma‘nolariga ko`ra emas, ayni
shu konnotativ ma‘nolariga ko`ra nutqda yashaydi. Haqorat so`zlari asarda
asosan, qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil jarayonida badiiy asarga
olib kirilgan vulgarizmlarni kimning (jinsi, ijtimoiy tabaqasi, mavqeyi, yoshi
kabilar) nutqida ishlatilayotganligiga qarab guruhlash, qanday vaziyatlarda va
nima sababdan qo`llanilayotganligini hamda ularning leksik-semantik tarkibi,
shevaga xoslanganligi kabilarni aniqlash lozim bo`ladi. Ma‘lumki, jamiyatning
o`ziga xos qatlami bo`lmish qimorbozlar, o`g`rilar, fohishalar hamda qonun
himoyachilari, qolaversa, shu kabi ijtimoiy tabaqaga mansub odamlar bilan
munosabatga kirishuvchi boshqa insonlar nutqida shunday so`zlarning
iste‘molda bo`lishi kuzatiladi. Asar ayni shu mavzuga bag`ishlangani uchun ham
bunday qo`pol, haqoratli va salbiy ma‘no bo`yoqdorligiga ega so`zlar ko`plab
uchraydi: bratan, dux, so`tak, ablah, hezalak, xunasa, bezbet, hebbim, kabi. ―–
Hovliqma, e galvars, buningni qo`rqitishgan. Bu hezalak bitta gapga laqqa
tushgan (II kitob, 20-b.);
―Uning ishini ucha-muncha qanjiq eplolmaydi.‖ (II
kitob, 377-b.); ―Adamning xatlarini nima qilarding, xunasa?!‖ (II kitob, 541-b.).
Tadqiq etilayotgan asarda ko‘proq ruscha so‘zlar nutqda ko‘zga tashlanadi
va ba‘zi o‘rinlarda ular o‘zgarishsiz qolsa, ba‘zi o‘rinlarda buzib talaffuz
etilganini ko‘rishimiz mumkin: ―Hay adajonisi, bir minutga to‘xtang, u nas
novosti! Leningradda parikmaxerlarning mejdunarodniy vistavkasi bo‘layotgan
ekan. – Nu da, konkurs. …– Kak eto ― katta ko‘cha? I Gogik pobeditel bo‘lishi
kerak. …– Nu zachem adajonisi, Gogik Monikaning sochini pricheska qilishi
kerak. …—Postoronniy odamni oldida prosto unijat qilib yuborasiz. – Mersi
papul, - qizi shunday deb erkalanganicha uni o‘pdi-da quvnoqlik bilan iziga
qaytdi.‖ (IV kitob, 155-b.).
Do'stlaringiz bilan baham: