,,Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq"asariga esse
Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov:,,O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi",deb bejiz aytmaganlar.Chunki oʻtmish kelajakni belgilab beradigan haqiqiy oyna vazifasini oʻtaydi. Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriy oʻzining,,O'tkan kunlar" asari epigrafiyasida ham ,,Moziyga qaytib ish koʻrmoq xayrlidir",deganlar.,, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya" ning Birinchi boʻli.Asosiy prinsiplar 1-bobi 1-moddasida ,, Oʻzbekiston suveren demokratik respublika" va ,, Oʻzbekiston"degan nomlari bir maʼnoni anglatadi,deyilgan. Lekin shu kunga yetgunimizga qadar yurtimiz boshidan oʻtgan kunlarni haqqoniy hikoya qilib beradigan birorta kitob yoʻqligi Muhtaram Prezidentimizning ,,Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq"asarini yaralishiga ta'mal toshini qoʻydi. Prezidentimiz ushbu asarida ,,Inson uchun tarixdan judo boʻlish hayotdan judo boʻlish demakdir"deyildilar.Mustaqillik mohiyatini yanada to`la anglash Vatanni sevish, Vatan tuyg`usini qalban idrok etish, Vatan sharafini himoya qilish biz yoshlarning muqaddas burchidir.Mustaqillik -bu millat orzusi, o`z rivojlanish yo'lini o`zi tanlash huquqi.Mustaqillik – bu orzular ro`yobi.Mustaqillik – oliy ne’mat. Bu oliy ne’matning qadriga yetishimiz, uni avaylab-asrashimiz kerak. Mustaqillik bizga ko`p narsa berdi. Tilimiz, erkimiz, g`ururimiz, ozodligimiz o`zimizga qaytdi. An’analar, urf-odatlar qayta tiklandi. Ijod erkinligi berildi.Qaysi sohada bo`lmasin, har bir inson o`zini o`ylab emas, kelajakni ertangi kunini o`ylab mehnat qilishi, fuqarolik burchini bajarishi kerak.Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir.Nazarimda, o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi, o‘zligi, ma’naviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit konsepsiya yo‘q. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur.Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman-deydi birinchi prezidentimiz I.Karimov.Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi,chunki sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag`batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi.Ahvol shu darajaga borgan ediki, o‘z tariximizni o‘zimiz yozish huquqidan mahrum bo‘lib qoldik. Birovlar tomonidan yaratilgan tarix darsliklarini o‘qir edik.Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga doir risolalar yozishmoqda, tarixiy mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ`ib qilayotgani, suhbatlar, muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo‘layotgani diqqatga sazovor.
Prezidentimiz ,,Ma’rifat"so‘zini ko‘p takrorlab, unga alohida urg`u berganlar.Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch -ma’rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealar o‘sha yillari ma’rifatchilik harakati har qachongidan ham kuchayib ketdi,Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o‘lkani uyg`otishga, xalqning ko‘zini ochishga faqat ma’rifat orqaligina erishish mumkin edi. Ma’rifatparvarlik biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qotmaydi ham.,, Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni echolmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo‘lmaydi!"-dedilar muhtaram prezidentimiz. Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas! Ma’naviyatini tiklashi, tug`ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak.Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va, aminmanki, to‘g‘ri xulosalar chiqaradi. Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson.Kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.
Eng mo'tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz "Avesto"ning yaratilganiga 3000 yil bo‘lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig`ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. "Avesto" ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi. Lekin, yuqorida aytganimdek, biron-bir xorijiy jurnalistning, umuman, o‘arb adiblarining "Avesto"ni eslashganini bilmayman. Xulosa shuki, olis-olis joylarda xalqimiz, mamlakatimiz o‘tmishi haqida aytilayotgan mulohazalarning aksariyat qismi soxta, g`ayriilmiydir.O‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir.Matbuotda o‘tmishimizga taalluqli biror maqola chop etilsa, biror bir tarixiy asar, xoh u ilmiy, xoh badiiy bo‘lsin, qo‘limga tushib qolsa, albatta, o‘qib chiqaman. Siyosatchiman, arbobman degan odam, agar vijdoni bo‘lsa, o‘z xalqining tarixiy o‘tmishini bilishi shart.Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz. Hammamiz o‘zimizni o‘zbek sanaymiz. O‘zbekligimizdan faxrlanamiz, g`ururlanamiz.
Atrofimizda joylashgan ba’zi davlatlar va millatlarning vakillarida ham bizlar qatori o‘z tarixlarini boshqatdan o‘rganish, chuqurroq o‘rganish tuyg`ularini sezish mumkin. Balki, bu ham to‘g‘ridir. O‘ar bir xalq nimanidir o‘zining milliy iftixori, deb biladi. O‘ar xil kitoblar chop etishadi, katta-katta anjumanlar tashkil qilinadi. Ahmad Yassaviy bobomizning muqaddas merosini o‘rganish maqsadida goh Turkiston, goh Istanbul, goh Izmirda uchrashuvlar o‘tkaziladi. Mana shu uchrashuv-anjumanlarda O‘zbekiston vakillari, avvalambor, ilmiy-tarixiy asoslarga, chuqur tadqiqotlarga suyanib, ba’zi bir soxta urinishlarga berilib ketmasdan, haqqoniy dalil va isbotlarni qurol qilib olsalar, ma’qul bo‘lardi.Biz o‘zbeklarni ulug‘, bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham shunday. YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning to‘ylarini o‘tkazishdan maqsad nima edi? Komil bu insonning, eng avvalo, buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo‘lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganini olam ahliga bildirish edi.Surishtirib ko‘rilsa, Parijda va umuman, Evropada ham sohibqiron bobomizning obro‘sini to‘kishga urinishlar bo‘lgan. Buyuk sarkardaligini tan olgan holda, uni, aytishga til ham bormaydi, yovuzlikda ayblashgan. Bunga hech qanday mantiqiy asos yo‘qligini isbotlab berish qiyin emas. Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo‘lmaydi. Qonxo‘r odam "Kuch - adolatda" deyishi mumkinmi?!
O‘zbekistonning obro‘yini ko‘tarish bir chetda qolib, allaqanday atillalarga voris bo‘lish bizga mutlaqo yarashmaydi. Men bunga qat’iyan qarshiman. Kimgadir voris bo‘lish kerak bo‘lsa, biz Beruniylarga, Buxoriylarga, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Boburlarga voris bo‘lamiz. O‘zbekning fe’l-atvori barchaga ayon. U erni, tabiatni sevadi. Do‘ppisida suv tashib bo‘lsa ham, daraxt ko‘kartiradi. O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir. Unga birovning eri kerak emas. Mabodo qo‘liga qurol olguday bo‘lsa, faqat o‘zini himoya qilish uchungina oladi.
To‘g‘ri, Movarounnahr sarhadlariga uzoq tariximiz davomida ne-ne bosqinchilar kirib kelmagan, ko‘p yillar, balki, asrlar davomida yurtimizda ne-ne o‘zga sulolalar hukmronlik qilmagan, deysiz. Bir so‘z bilan aytganda, ming yillar davomida yurtimizga kelib-ketganlar ozmi? Erondan Axmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mo‘g`ulistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari keldi.Dunyo xalqlari va xususan yurtimiz tarixiy taraqqiyot yo‘lining asosiy qonuniyatlarini mantiqiy tahlil qilsak, shu narsa ayon bo‘ladiki, Aleksandr ham (uni SHarqda ko‘proq Iskandar Zulqarnayn degan nom bilan bilishadi), Qutayba ham, Chingizxon ham, general Chernyaev ham, umuman, kim bo‘lmasin, yurtimizga bir necha o‘n ming yo bir necha yuz ming lashkari bilan kelgan, ishQol qilgan va bu erdagi siyosiy hokimiyatni qo‘lga olgan. YAna takrorlayman: Siyosiy hokimiyatni. Tamom. To‘g‘ri, hukmronliklari mobaynida ular mamlakatimizning iqtisodiy, savdo, ilmiy, madaniy imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga zo‘r berganlar. Biroq shu erda asrlar davomida yashab kelayotgan mahalliy aholini, uning ko‘p ming yillik madaniyatini yo‘q qilolmaganlar, qilolmasdilar ham.
Bizning ajdodlarimiz, xalqimiz qadim-qadimdan o‘troq yashagan, millatimizning iligi o‘troq madaniyat sharoitida qotgan. Xalqimizdagi "iligi to‘q, baquvvat" degan tushuncha, men, hatto, qonuniyat degan bo‘lardim, bejiz paydo bo‘lmagan. O‘zbek xalqining iligi to‘q, baquvvat demoqchiman. YAna tilimizda "tagli-tugli", "palagi toza" degan iboralar ham bor. Bu bir joyda muqim yashagan, o‘z turmush tarziga, axloq-odob mezonlariga, aqidalari va tafakkur tarziga ega bo‘lgan xonadonlarga nisbatan aytiladi. Butun ommani, bir necha yuz minglab, millionlab aholini birlashtirgan aqidalarga, mezon va qoidalarga ega bo‘lgan xalqni qanday izohlash, ta’riflash mumkin?! Ana shu hayotiy va ijtimoiy mantiqdan kelib chiqsak, ta’rif va izoh bitta bo‘ladi - milliy borlig`imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o‘troq bo‘lgan.Tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko‘plab etnik guruhlar, el-elatlar o‘z ulushini qo‘shgan. Bu - tabiiy hol. Chunki, hech qachon, hech qaerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo‘lmaydi. Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi.Shuning uchun tarixchi olimlarimiz, har biri turli tushuncha, muayyan qarashga ega bo‘lishidan qat’i nazar, bir joyga to‘planib, bahs yuritib, bir xulosaga kelishlari kerak. Saklar, massagetlar, so‘g`dlar, baqtriyaliklar degan turli iboralarning orqasidan quvib yurish o‘rniga, tarixchilarimiz millatga uning haqqoniy tarixini ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak.
Yurtimizda tarixiy shaxslar, shaharlar, madaniy yodgorliklarning yubiley va bayramlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Bu erda gap tantanalardagina emas, muhimi, biz ularning o‘z davrida kelajak avlodlar uchun qoldirgan salmoqli merosi, ijobiy ishlari, kerak bo‘lsa, umumjahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalarini qadrlaymiz. Albatta, har bir millat o‘z ajdodlarini eslash, ularning hurmatini joyiga qo‘yishga intiladi. Faqat bu kabi xayrli ishlar o‘z mohiyati jihatidan xalqlarni yaqinlashtirishga, ularni hamjihat etishga xizmat qilsin.
Xoh o‘tmishda, xoh bugun bo‘lsin, boshqa millat, davlatni o‘ziga qaram qilish niyatida harakat qilgan, qilayotgan kuchlar doimo bir siyosatni yuritganlar, yuritadilar: ya’ni qaram xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo‘q qilish, undan judo etish. Sho‘ro davrida o‘zbek millati tarixini buzib ko‘rsatishdan, uni chalkashtirib yoritishdan, ba’zi sahifalarini, umuman, ko‘rsatmaslikdan maqsad nima edi? Chor Rossiyasining Skobelev degan generali o‘z imperatoriga murojaat qilib, shunday deb yozgan edi: "Mahalliy xalq biz o‘ylagandan ko‘ra madaniyatli ekan. Ularni bo‘ysundira olmayapmizѕ Bu xalqning o‘tmishda yaratilgan barcha osori atiqalarini, masjidu madrasalarini, diniy kitoblarini er bilan yakson qilibgina, ularning ma’naviyatini so‘ndiribgina o‘z qanotimiz ostiga olishimiz mumkin".Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur. Agar olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlari zamirida ana shu fikr, ana shu maqsad bo‘lmasa, ularning sariq chaqalik ahamiyati yo‘q. Tarix instituti, Fanlar akademiyasi haqqoniy tarixni yoritish mezonlarini, uning poydevorini, asosini belgilab berishi kerak.
Bu masala bo‘yicha fikrlar aniq va ilg`or bo‘lishi lozim. Umuman, men fanni ilg`or, taraqqiyot, progress degan so‘zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo‘nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo‘lmagan millatning kelajagi yo‘qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg`a siljituvchi kuch, vosita bo‘lmog`i lozim. Lekin bu borada bizning fanimiz o‘z so‘zini nega aytmayapti? Nega mazmunan, mohiyatan yangicha maqolalar, asarlar chiqmayapti?
Biz fan rivoji uchun, uning ta’minoti uchun hech narsani ayamaymiz. Abu Rayhon Beruniy bobomizning bundan o‘n asr burun aytgan fikrini eslatib o‘tmoqchiman: "Ilm-fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan paydo bo‘ladi".
Shu munosabat bilan bundan besh yil avval bildirgan bir fikrimni eslatib o‘tmoqchiman: bino qanchalar baland bo‘lsa, uning poydevori ham shu qadar chuqur bo‘ladi. Biz buyuk davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, buning uchun zamonaviy siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy imkonlarimiz bilan bir qatorda tarixiy asosimiz ham bor. 2700 yillik buyuk davlatchilik o‘tmishimiz bor.Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o`z farzandining baxt-u saodati, fazl-u kalomini ko`rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o`zini ayamaydi. Bola tug`ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi.Bugun ana shunday oliyjanob an’analar qaytadan mustahkam qaror topishi va rivojlanishi uchun istiqlol sharofati tufayli eng qulay muhit yaratildi. Bu shubhasiz, biz farzandlar va mustaqil, buyuk kelajakka intilayotgan davlatimiz zimmasiga juda katta vazifalar va mas’uliyat yuklaydi.
Bizning o`zbek xalqimiz tarixsiz xalq emas, balki bizning xalqkimiz keng tarixga egadir. XIX-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning ko`p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, shoirlar yetishib chikdi. Tibbiyot, riyoziyot, xandasa, tarix, adabiyot, jug`rofiya, pedagogika, mantiq, falsafa, axloqshunostlik va boshqalarga e’tibor berildi. Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, o`zining yulboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo`lga kiritish mumkin bo`lgan natijalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga, shu millatga mansub buyuk kishilarning o`chmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa bo`lib qo`shiladi. Biz tariximizga nazar soladigan bo`lsak, bizning tariximizda katta-katta, taniqli insonlarning bor ekanligini ko`ramiz. Imom al Buxoriy, al Xorazmiy, Forobiy, at Termiziy, Alisher Navoiy kabi buyuklar avlodi ekanimdan faxrlanaman, boshimni tik tutib, g`ururlanib men ham ular izidan borishga harakat kilaman. Dunyo bunyod bo`libdiki, inson dunyo yuzini ko`ribdiki va o`zini inson sifatida anglabdiki, u o`zini borliqning eng mukammal mavjudoti sifatida tanib keladi. Inson ongi, tafakkuri va ma’naviyati tufayli shunday ustunlikka egadir..Mazkur vazifani amalga oshirish uchun Akademiyaga qarashli Tarix, Sharqshunoslik, Arxeologiya institutlari, shu sohaga taalluqli bo‘lgan ilmiy muassasalar tarkibini, ish faoliyatini o‘zgartirishni zamon talab qilmoqda. Toshkent Davlat universiteti, boshqa o‘quv dargohlaridagi tarix fakultetlarining darsliklar, ta’lim-tarbiya masalalaridagi kamchiliklarini aniqlab, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur. Kerak bo‘lsa, ularda ishlayotgan olim va mutaxassislar faoliyatiga tanqidiy ko‘z bilan qarab, kim shu ishga loyiq, kim loyiq emas, buni ham aniqlash lozim. Zarur bo‘lsa, ularga moddiy yordam berish, yangi guruhlar tuzish kerak.
Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g‘oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |