Batg’a - qalpoqlar uchun ishlatiladigan namat va yung qo‘yib qirqiladigan taxta.
Yan - qolip, andaza (III, 373).
Qari - bo‘z o‘lchaydigan o‘lchov gaz (III, 242).
Xulosa sifatida shuni ta‘kidlamoqchimizki, Mahmud Koshg‘ariyning —Devonu lug‘otit turk” asaridagi leksemalar hamda atamalar tizimini atroflicha tasnif va tahlil qilish nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki turkologiya fani oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi30. —Devon" tili leksikasini har tomonlama chuqur o‘rganish, jumladan, maishiy atamalarni tadqiq qilish tilshunosligimizdagi haligacha yechilmagan ayrim muammolarni hal qilish uchun muhimdir. Shuningdek, bu lug‘atning turkologiya tarixini, uning XI asrdagi holatini o‘rganishda ham ahamiyati katta. “Devonu lug’at-it-turk”da keltirilgan kiyim-kechak otlarining
qardosh tillarda nomlanishi Qadimgi va eski turkiy tilda —yomg’irpo’sh" ma‘nosini ifodalash uchun jalma (Malov PDP, 383, DLT, III, 41) so‘zidan foydalanilgan. Olim mazkur so‘zni: —...forslar buni turkiy xalqlardan olib yalma shaklida ham talaffuz qiladilar. Arablar forslardan olib jalmaq shaklida qo‘llaydilar. Hech kim bu so‘zni turklar forslardan olganlar deb da‘vo qila olmaydi. Chunki men bu so‘zni eng qirg‘oq chegaralarda yashovchi oddiy turk xalqlaridan ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan ko‘ra, bu xil yomg‘ir yopinchig‘iga muhtojdirlar. Chunki bularning yurtlarida qor, yomg‘ir ko‘pdir"31 deb izohlagan. Keyinroq EDALda turk. yalma; t-manj. nelme-; mo‘g‘. nolom —kimxob" so‘zlari ayni guruhda keltirilgan. Tahlilga tortilgan yalma —yomg‘irpo‘sh" so‘zi ya - yopmoq", —qoplamoq" o‘zagi + -l va kiyim-kechak nomi yasovchi -ma affikslarining qo‘shilishidan yasalgan. Qiyoslang: jama, jamak —yamoq", ya-—yopmoq", —qoplamoq"; tur. shev. ualpak —ro‘mol", ya-—yopmoq", —qoplamoq". Ko‘rilayotgan leksemaning ma‘nodoshi jag(k)u bo‘lib, u esk. turk. jayqu, jaqu (DTS 225, 238), olt. Jaki (AMS 59), qirg‘. shev. jaqi, qoz. shev. zaqi, boshq. jaqi —yomg‘irpo‘sh”, —po‘stin” (ESTYa 4, 60-61, Leksika 476) shakllarida uchraydi. —Devonu lug‘otit turk”da jaqu so‘zi —yomg‘irli joy” ma‘nosida ham qayd qilingan bo‘lib, Mahmud Koshg‘ariyning izohlashicha, bu so‘z asli jayqu bo‘lgan; uning yengillatilgan shakli jaqudir32. J. Klosonning fikricha, jaqu so‘zi jay-—yog‘moq” o‘zagidan shakllangan33. Turkiy tillarda —po‘stin” ma‘nosi ichik so‘zi yordamida ham anglashiladi. Esk. turk. ichuk “suvsar, olmaxon va shu kabi hayvonlarning mo‘ynasi” (DTS, 203), qirg‘. Ichik —qoplama matodan tikilgan yoqasi mo‘ynali po‘stin”34, o‘zb. shev. ichik “ichi tukli nimcha” Bulardan tashqari ichmak shakli ham keng tarqalgan. Masalan, esk. turk. ichmak —qo‘zi terisidan qilingan po‘stin” (DLT I, 127), o‘zb. shev. ichmak “ichdan kiyiladigan issiq kiyim”, qirg‘. Ichmek “terlikning tagiga solinadigan yumshoq kigiz”, turkm. Ichmek “mo‘ynali po‘stin”, uyg‘. shev. ishmak “ot-arava abzalining tagiga solinadigan qavilgan to‘shama” ma‘nolarini ifodalab keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |