Botir Hoshimovich Umidjonov
(1933.31.1, Dushanbe 2004.2.9, Toshkent) — xor dirijyori,
kompozitor. Oʻzbekiston xalk, artisti (1982). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1960).
Oʻzbek davlat filarmoniyasida xor xonandasi va xormeyster (1952— 60), Oʻzbekiston
televideniye va radiosining xor
jamoasi tashkilotchisi, badiiy raxbari va bosh dirijyori (1960—
93). Mukimiy teatrida xormeyster (1995—2000). Dirijyor sifatida oʻziga xos, milliy anʼanalarga
asoslangan xor ijrochiligini yaratishga muvaffaqboʻlgan. Kompozitorlik ijodi Sharq xalqlarining
musiqa merosi hamda Yevropa koʻp ovozli (xor) musiqa uslublarining uygʻunlashuviga
asoslangan. Oʻzbekiston xor jamoalarining milliy repertuarini
shakllanishiga katta hissa
qoʻshgan. 100 dan ortiq oʻzbek ("Chamanda gul", "Qilpillama", "Qora soch", "Yallama yorim"
va boshqalar), tojik ("Diliman", "Chorbaytxo", "Ey sanam"), qirgʻiz ("Komuzchu", "Oy tobo"),
qozoq ("Yapuray", "Shanibyau"), uygʻur ("Uynamdu yaxshi"), ozarbayjon ("Tesnif") xalq
qoʻshiqlari, shuningdek, mumtoz ("Saraxbori Navo", "Segoh", "Chorgoh") ashula yoʻllarini
joʻrsiz xor uchun kayta ishlagan. "Asrim sadosi" kantatasi (Oybek; D.Zokirov bn), "Ipak yoʻli"
xor turkumi, "Oqibat" musiqali drama, romans va qoʻshiqlar, kinofilm va radiospektakllar
musiqalari muallifi. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan,
bir necha xalkaro xor
festivali, anjuman va tanlovlar qatnashchisi. Ijrolari
Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasida saqlanadi.
She’r 2 banddan iborat bo’lib B.Umidjon bu asarga va uni so’zlariga kuy bastalar ekan xalq
so’zlariga uning she’rlariga unining qofiyalariga qiynasmasdan o’zgartirishlarsiz kuy
bastalagan.
Bu asar E-dur tonalnigida yozilgan.
Mazkur asar chaqqon va tezroq sur'atda yozilganligi,
ijrochini dadil kuylashga, ovoz jarangdorligini oshirishga, talaffuzini yaxshilashga hamda ovoz
pardasini o'stirishga katta yordam beradi. Xususan "xo" deb
kuylanadigan joylari ovoz
tayanchini mustahkamlab, nafas cho'zimini oshiradi. Asami ko'tarinki ruh, rost ishtiyoq va
shahdamlik bilan erkin kuylamoq lozim.
Birinchi
banddagi keng, ravon kuy, akkomponementning meyorda sadolanishi oqshom
sukunatinnig yoqimliligini va xotirjamlik holatini beradi. Bu asar asosan aralash xo’r uchun
mo’ljallangan asar hisoblanadi. B.Umidjonning yorqil asarlaridan biri hisoblanadi va asosan
bolalar xo’rida kuylanadi.Asarning o’lchovi 4/4
da yozilgan va temp Allegro, moderato.
Kompozitor she’rga kuy bastalash bilan birga yanada keng imkoniyatlarni ochadi.