Kurash choralari. Xaltali urchish kasalligi aniqlangan joyga karantin eʼlon qilinadi. Arizorda davolash tadbirlaridan tashqari quyidagi sogʻaytirish va profilaktika choralari ham koʻriladi.
Bu kasallik bilan kasallangan arixonalar oʻyuvchi natriyning 10% li issiq eritmasi bilan dezinfeksiya qilinib, uning ichiga kasallangan oilalar koʻchiriladi. Uyalar qisqartiriladi va isitiladi. Kasallangan lichinkali inlar qaytadan eritiladi. Kuchli zararlangan asalari oilalari sunʼiy mum inli toza arixonaga haydaladi. Nasli koʻp boʻlgan inlar inkubator arixonaga qoʻyiladi.
Inkubatordagi mum katakchalardan chiqqan yosh asalarilar ona arili oilaga qoʻshiladi. Ulardan boʻshagan inlar zararlangan nasli bilan birga eritiladi, mumi ajratib olinadi.
Kasal asalari oilasining ona arisi 53 marta 7 kuncha Titov katakchasiga solib qoʻyiladi. Karantin kasallik belgilarining yoʻq boʻlganiga 1 yil toʻlgandan keyingina olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |