SUN’IY YO‘L BILAN ONA ARI YETISHTIRISH
Asalari oilasi ona arisiz bir oila bo‘lib, rivojlanib yashay olmaydi. Asalarilar ona ari yo‘qligini sezishsa, o‘zlari asalarichi ishtirokisiz ham ona ari yetishtira oladilar. Lekin asalarilar, mahsuldorligi kam oilalardan yoshi katta qurtchalarni ona ari yyetishtirish uchun tarbiyaga olishib, onadon ko‘rishlari mumkin. Bu holatda yaxshi sertuxum ona ari yetishtirilmaydi. Yaxshi ona ari yetishtirish uchun, kuchli, mahsuldor oilalarning bir kunlik qurtchalari tarbiyaga olinishi kerak chunki uch kunlik qurtchalar Perga va asal aralashmasi bilan boqiladi.
Shuning uchun yaxshi sertuxum ona ari yetishtirish uchun asalarichi arizordagi ari oilalarini kuzatib, qanday mahsulot (asal, mum, nasl) berishini yozib yurishi kerak. Arizordagi ari oilalari bir xil boqilgani bilan, ularning mahsulot berishi har xil bo‘ladi. Ona ari yetishtirish uchun, eng yaxshi mahsuldor (rekordchi) ari oilasidan foydalaniladi. Ko‘p miqdorda asal, mum, nasl bergan oila rekordchi hisoblaniladi. Lekin bu oilalar yuqumli kasalliklarga uchraganliklari aniqlansa – ulardan foydalanish yaramaydi. Asal arilarning sifatini yaxshilash uchun arizordagi eng yaxshi ona arilarni aniqlash, tanlash hamda ko‘paytirish ishlarini beto‘xtov olib borib, keyinchalik ulardan ona va erkak arilar yetishtirish uchun foydalaniladi.
Yaxshi sertuxum ona ari yetishtirish uchun, tabiatda gulshira va gulchangi bo‘lishi hamda ob-havo sharoitlari yaxshi bo‘lishi kerak. Ona ari yetishtirish vaqtida tabiatda shira va gulchangi uzilib qolsa, ob-havo nobop kelsa, asalarilar yasalgan onadonlarni qirqib yuboradi, ona ari tarbiyasini to‘xtatadi yoki yetishtirilgan ona arilar sifatsiz bo‘ladi. Bunday holat bo‘lmasligi uchun, ona ari yetishtirayotgan oilaga shakar-sharbati berilib, uyani isitish tushakchasi bilan o‘rab qo‘yiladi. Ona ari yetishtirishni ari oilasida berkitilgan erkak ari qurtchalari paydo bo‘lganidan keyingina boshlash kerak.
Yaxshi sertuxum ona arilar aprel va may oylari- da yetishtiriladi. Yangi yetishtirilgan ona arilarning sifatini, onadonda qolgan oziqani miqdoriga qarab baholasa bo‘ladi. Onadoni tagida qolgan oziqa qancha ko‘p bo‘lsa, qurtcha shuncha yaxshi oziqlangan bo‘lib shu ona ari serpusht bo‘ladi. Onadonning tagida oziqa qolmagan bo‘lsa, ona ari qurtchalari yaxshi oziqlanmagan bo‘lib, u onadondan mayda ona ari chiqadi.
Sun’iy ona ari yetishtirishda ikkita oila ishtirok etadi. Bularning biri – boquvchi oila, ikkinchisi – nasl oilasi. Ikkala oila ham kuchli bo‘lishi shart. Boquvchi oilaga qurtchalarni berishdan bir sutka oldin undagi ona arini hamda ochiq tuxum qurtchali ramkalarni olib, boshqa asalari oilasiga berish kerak. Oilada faqat yopiq qurtchalar qolishi kerak. Boquvchi oila ko‘p sifatli ona arilarni boqishi uchun quyidagilar bo‘lishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |