Ona ari tuxumini mumkatakli ramkalarning katakchalariga qo‘yadi.
Ona ari ikki xil tuxum qo‘yadi – urug‘langan va urug‘lanmagan. Ona ari tuxumi spermatazoid bilan qo‘shilsa urug‘langan deyiladi. Bu tuxumdan oziqa ta’sirida ishchi yoki ona ari yyetilib chiqadi. Tuxumga spermatazoid qo‘shilmasa urug‘lanmagan tuxum deyiladi. Urug‘lanmagan tuxumdan erkak ari yyetilib chiqadi. Ona arining urug‘langan va urug‘lanmagan tuxum qo‘yishi, mumli ka- takchalarning o‘lchaninga bog‘liq bo‘ladi. Katakchalarning o‘lchami 5,3-5,4 mm bo‘lganida, ona ari ishchi ari tuxumini qo‘yadi. Ona ari tuxum qo‘yish vaqtida, qorin uchini katakchaga tushirganida, tukchalari katakcha devorlariga tegib tushsa tuxum urug‘lanadi.
Mumli katakchalarning o‘lchami 5,4 mm dan katta bo‘lsa ona ari tuklari tuxum qo‘yish vaqtida, katakchalarning devorchalariga tegmagani hisobiga urug‘lanmagan tuxum qo‘yadi. Shuning uchun asalarichilar, sun’iy mumparda sotib olayotganida katakchalarni o‘lchaninga e’tibor berishlari kerak. Shuningdek qari ona arining sperma qabul qilishi va saqlash organida sperma zaxirasi tugab qolganligi uchun ona ari urug‘lanmagan tuxum qo‘ya boshlaydi. Asalari tuxumi oq tusda, uzunchoq shaklda bo‘lib, ingichka uchi bilan mumkatak tubining o‘rtasiga yopishtiriladi. Tuxum rivojlangan sari yon tomonga qiyshayadi, uchinchi kun oxirida – katakchaning tubiga yarim oysimon yotadi va tuxum po‘sti yorilib, undan oq qurtcha paydo bo‘ladi. Ona, ishchi va erkak arilarning tuxumdan chiqqari qurtchalari birinchi uch kunlikda maxsus sut bilangina oziqlanadilar. Keyinchalik ishchi va erkak ari qurtchalarini gulchangi va asal aralashmasi bilan, onadonlardagi ona ari qurtchalarini esa faqat ona ari suti bilan boqadilar. Bu sutni ona ari suti deydilar. Qurtchalar tez o‘sadilar va ko‘p oziqa talab qiladilar. Tabiatdan oziqa kelmasa, asalarichi oziqa (shakar sharbati) berishi kerak. Asalari oilasi och qolsa, qurtchalarini tashqariga, yerga olib chiqib tashlaydilar. Qurtchalar o‘stirilganida arixona issiq bo‘lishi kerak. Arixonaning issiqlik darajasi pasayib ketsa, qurtchalarning rivojlanishi butunlay to‘xtab qoladi.
Qurtcha o‘sayotgan vaqtida bir necha marta po‘stini al- mashtiradi. Qurtcha yyetilib bo‘lgandan keyin asalarilar qurtchalarni oziqlantirishni to‘xtatib, ularning boshlari katakchaning ochiq tomoniga joylashgan holatida katakchani mum bilan berkitadilar. Bu holatda qurtchalar yyetilib, qanotlari paydo bo‘lib, ari holatiga keladi. Qopqoqchalarini o‘zlari kemirib tashqariga chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |