Asal shira beruvchi o’simliklar Asalari Oilasini Sershira O’simliklarga Ko’chirish Nektar beruvchi mavsumiy o’simliklar



Download 1,26 Mb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi1,26 Mb.
#334486
1   2   3   4
Bog'liq
ASOSIY SHIRA BERUVCHI O

Asal shira beruvchi o'smliklar

Piyoz – issiq kunlarda, ayniqsa iyul oylarida ko‘proq shira ajratadi.

Asalarilar kunning issiq vaqtida 1300 – 1600 gacha piyoz shirasini to‘playdilar.

Bir gektar piyoz poyadan asalarilar 70 kg gacha asal to‘playdilar. Asal rangi sariq bo‘lib, piyoz gulchangni oz miqdorda beradi.

Tarvuz – bir yillik o‘simlik bo‘lib, iyun-iyul oylarida gullaydi, bir gektaridan 13 kg asal beradi. Tarvuzga asalarilar kamroq qatnaydi. Asala­rilar tarvuz ekinidan gulshira bilan birga yorilgan tarvuzlarning shirasini ham oladi. Boshqa o‘simliklarda gulshirasi bo‘lmagan davrda, asalarilar tarvuzga ko‘p qatnaydi. Asalining rangi sariqroq tez kristallanadi. Gulchang ham beradi. Lekin asalni qishga qoldirish tavsiya yetilmaydi.

Bodring – iyul va avgust oylari­da sershira bo‘ladi va unga asalari oilalari zavq bilan qatnaydi. Bodring ekinlarining bir gektaridan asala­rilar 30 kg gacha asal to‘playdi, ammo bodringning gulchangidan deyarli foydalanmaydilar. Asalining rangi tiniq sarg‘ish, tami taxir bo‘ladi.

Kungaboqar – kimmatbaho moyli ekin bo‘lishi bilan birga eng ko‘p asal beradigan o‘simliklardan hisoblanadi. Kungaboqar iyul oyida gullaydi, gullash davri 2 haftadan uzoqroq davom etadi. Asalarilar kungaboqardan gul­changi va shira oladi. Gulchangining rangi tilla sariq. Har gektaridan asalarilar 30 kg asal oladi. Asalining rangi och sariq ba’zida yashil tusda bo‘lib, ta’mi taxir, tez kristallanadi. Bu asalni qishlovga qoldirish tav­siya qilinmaydi yoki yarmini ajratib olib, o‘rniga har bir asalari oilasiga 10 kg dan shakar sharbati berish kerak.

Qovoq – iyul, sentyabr oylari­da gullaydi. Gullash davri 60 kun. Bir gektaridan 40 kg gacha asal beradi. Ammo qovoqning gulchangidan asalarilar de­yarli foydalanmaydi. Asalining ran­gi sariq ta’mli va xushbo‘y xidli, tez gulchangini rangi qizg‘ish.

Raps – aprel va may oylarida gullaydi. Gullash davri 25 kun. Bir gektaridan 50 kg gacha asal beradi. Gulchangining rangi sariq bo‘ladi. Asalining rangi oq ayrim holatlarda sariq rangda bo‘lib, asali o‘ta shirindir.

G‘o‘za – ekilganidan so‘ng 70 kundan keyin iyun oyining oxiridan – sen­tyabr oyigacha gullaydi. Gullash dav­ri 2 oy. Har bir gektaridan 200 kg dan ko‘proq asal beradi. Asalarilar gulchang ham yig’ib keladilar. Asali suyuq holatda rangsiz bo‘lib, kristallanganidan keyin oq rangga aylanadi. Bu asalni qishlovga qoldirish tavsiya qilinmaydi.

O‘rik – mart-aprel oylarida gul­laydi va erta ko‘klamda asalarilarga gulchangi hamda shira beradi. Gulchangining rangi qizil. O‘rikning bir tupi 7-8 kg gacha gulshira beradi. Asalining rangi oq sariq.

Loviya – iyun oyidan sentyabrgacha gullaydi. Asali rangsiz.

Olma – aprel oyidan iyungacha gul­laydi. Bir tupidan 5-7 kg gacha gul­shira va gulchang beradi. Gulchangining rangi sarg‘ish. Asali juda tez kristallanadi, rangi och sariq.

Behi – kichikroq daraxt bo‘lib, may oyida gullab, bir tupidan 4-5 kg ga­cha gulshira beradi. Gulchangining ran­gi oq asaliniki esa och sariq bo‘ladi.

Bodom – mart, aprel oylari gul­lab, bir tupidan 5-7 kg gacha gulshira beradi. Asalining rangi och sariq gul­changining rangi qizilroq bo‘ladi.



Xurmo – baland daraxt bo‘lib, may, iyun oylarida gullaydi. Bir tupidan 10 kg gacha gulshira hamda gulchang beradi.

Hamma xurmo navlarining asali sariq rangda bo‘lib, ozgina taxir, lekin shi­rin va quyuqdir, tez kristallanadi.

Nok – aprel oyida gullaydi. Har bir tupidan 5-6 kg gacha gulshira be­radi. Asalarilar nokdan gulchangi ham oladilar. Asalining rangi och sariq.

Yantoq – iyul-sentyabr oylari­da gullaydi. Har bir gektaridan 150 kg gacha asal beradi. Gulchangining rangi och sariq. Asalining rangi och kulrang bo‘lib, tez kristallanadi, kristallari mayda.

Ok akasiya balandligi 10-12 m daraxt. May-iyun oylarida gullaydi. Gullarining rangi oq. Har gektaridan 300 kg dan 500 kg gacha gulshira bera­di. Oq akasiya asali eng yaxshi asallardan hisoblanadi. Asalining rangi oq bo‘lib, mayda kristallanadi.

Qizil beda – may oyining oxiridan iyul oyining o‘rtasigacha gullaydi. Har bir gektaridan o‘rtacha 50 kg gacha gulshirasi hamda gulchang beradi. Gul­changining rangi to‘q jigarrang. Asali­ning rangi qizg‘ish-sariq bo‘lib, sekin kristallanadi.

Olcha – aprel, may oylarida gul­laydi. Gullash davri 10 kun. Asalining rangi och sariq. Gulshira va gulchang be­radi. Har bir tupidan 5-7 kg gacha gul­shira beradi.

Siren may oyining oxirida gul­laydi. Bir gektardan 15 kg gacha asal beradi. Ta’mi xushbo‘y bo‘ladi.

Maymunchaq – ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, iyun, iyul oylarida gullaydi. Iliq yomg‘ir vaqtida ham asalarilar maymunchaq guliga qatnaydi. Gullash davri 40 kun. Asal va gulchang beradi.

Gulchangining rangi och kulrang. Har bir gektardan 100 kg gacha asal beradi.

Asalining rangi och sariq.

Qovun – yozning ikkinchi yarmida gul­laydi. Gullash davri 30 kun. Har bir gektaridan 30 kg gacha asal beradi. Gulchangi oz miqdorda bo‘ladi. Qovun asali revmatizmga qarshi qo‘llaniladi.

Makkajo‘xori – iyun, iyul oyla­rida gullab, ko‘p miqdorda gulchangi be­radi. Asal bermaydi.

Shaftoli – 6-7 m daraxt bo‘lib mart, aprel oylarida gullaydi. Gul­changining rangi qizil. Shaftoli bir tupidan 6-7 kg gacha gulshira beradi.

Asalining rangi och sariq.

Esparset – yem-xashak ekinlari ichida eng ko‘p gulshira beradigan o‘simliklardan biri. Bir gektaridan 100 kg gacha asal beradi. Asali yuqori sifatli, o‘ta tiniq tusda va xushbo‘y bo‘ladi.

Sholi – iyul-sentyabr oylarida gullaydi. Asal bermaydi, lekin gul­changi beradi.

Momaqaymoq (oduvanchik) – erta bahordan kuzning oxirigacha gullay­di. Asalarilar ko‘p miqdorda gulchan­gi to‘playdi. Gulshira ham beradi. Asa­li juda ham quyuq va yopishqoq bo‘ladi.

Asalining rangi to‘q sariq. Tez kris­tallanadi.

Arslonquyruq (pustirnik) – iyun, avgust oylarida gullaydi. Gulchang ham beradi. Bir gektaridan 300 kilograiningacha asal beradi. Asali och somon rangida bo‘lib, o‘tkir ta’mli emas.

Bo‘tako‘z (vasilyok) arpa ekinlari orasida uchraydi. Bo‘tako‘z – yozda va kuzda sovuq tushgunicha gullaydi. Shira va gulchang beradi. Asalarilar zo‘r berib ishlaydilar. Asalining rangi yashil-sariq bo‘ladi. Asali quyuq bo‘lib, bodomning hidi kelib turadi. Boshida ta’mi ozgina achchiqroq bo‘ladi.

Qari qiz (lopux) – iyun, iyul oy­larida gullaydi. Bir gektaridan 100 kg gacha asal beradi. Asalining rangi to‘q-zaytun tusda bo‘lib, asali xushbo‘y va cho‘ziluvchari bo‘ladi.

Olxo‘ri – balandligi 10 m daraxt bo‘lib, may oyida 1-2 kun olchadan oldin gullaydi va un kun davom etadi. Gul­chang ham beradi. Kuchli oilalar kuniga 1,8 kg gacha gulshira to‘plashlari mum­kin. Bir tupidan 4-5 kg gacha gulshira beradi. Asalning rangi och sariq.

Yapon saforasi – iyun, iyul oyla­rida gullaydi. Gullash davrida asala­rilar zo‘r berib ishlaydilar. Asali­ning rangi qaymoq rang.

Kashnich (koriandr) – iyun oyidan iyulgacha gullaydi, gulchangi bera­di. Bir gektaridan 500 kg gacha asal be­radi. Asali o‘tkir ta’mli bo‘lib, rangi och sariq tusda.

Majnuntol – mart, aprel oylari­da gullaydi, har bir tupidan 20-25 kg gacha gulshira va gulchang beradi. Asali­ning rangi tilla sariq.




Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish