To’plamlar va ular ustida amallar.
Ta’rif. Agar A to’plam chekli yoki cheksiz sondagi juft-jufti bilan o’zaro kesishmaydigan A1, A2,..., An,... to’plamlarning birlashmasidan iborat bo’lsa, A to’plam A1, A2,..., An,... sinflarga ajratilgan deyiladi.
Demak to’plamni sinflarga ajratishning 2 sharti bor ekan:
A=A1ÈA2È...ÈAnÈ...
AiÇAj=Æ bu yerda i,j=1, 2, ..., n, ... va i¹j.
To’plamni sinflarga ajratish masalasi fanda klassifikats*iya deb ataladi.
Masalan: barcha natural sonlar to’plami bir necha usul bilan sinflarga ajratilishi mumkin:
Tub sonlar va murakkab sonlar sinfi.
Juft va toq sonlar sinfi.
Bir xonali, ikki xonali, ... sonlar sinfi.
va 2-holda sinflar soni chekli bo’lsa, 3-holda sinflar soni cheksizdir.
To’plamni sinflarga ajratishga oid 3 xil masalani ko’rib chiqaylik. I. D to’plam va biror a xossa berilgan bo’lsin. D to’plam elementlari a xossaga ega bo’lishi ham, ega bo’lmasligi ham mumkin. Bu holda D to’plam 2 ta o’zaro kesishmaydigan A va V qism to’plamlarga ajraladi. A to’plam D to’plamning a xossaga ega bo’lgan elementlari to’plami, V-D to’plamning a xossaga ega bo’lmagan elementlari to’plami. AÈV=D va AÈV=Æ ekanligi ravshan. Agar D to’plamning hamma elementi a xossaga ega bo’lsa, V=Æ, agar D to’plamning birorta ham elementi a xossaga ega bo’lmasa, A=Æ bo’ladi.
Agar A va V to’plamlar bo’sh bo’lmasa, D to’plamni quyidagicha tasvirlash mumkin:
D
A V
a a emas
Masalan: D-sinfdagi o’quvchilar to’plami, a-uy vazifani bajarganlik xossasi bo’lsa, A-uy vazifani bajarib kelgan va V-uy vazifani bajarmagan o’quvchilar to’plami bo’ladi.
D to’plam va uning elementlari ega bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin bo’lgan a va b xossalar berilgan bo’lsin. Bu 2 xossa D to’plamni ko’pi bilan 4 sinfga ajratishi mumkin.
1-sinf: a xossaga ega bo’lgan va b xossaga ega bo’lmagan elementlar to’plami.
2-sinf: a xossaga ega bo’lmagan va b xossaga ega bo’lgan elementlar to’plami.
3-sinf: a va b xossalarga ega bo’lgan elementlar to’plami.
4-sinf: a va b xossalarga ega bo’lmagan elementlar to’plami.
Bu sinflarning birortasi bo’sh to’plam bo’lishi ham mumkin. Umumiy holda D to’plamni 2 ta xossaga ko’ra quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:
D
A 3 V
1 2
4
Bu yerda A-a xossaga ega bo’lgan, B-b xossaga ega bo’lgan elementlar to’plami.
Savollar:
To’plamlarni qism to’plamlarga ajratish qaysi holda sinflarga ajratish deyiladi?
To’plamni sinflarga ajratishga misol keltiring.
To’plamni bitta, ikkita, uchta xossaga ko’ra sinflarga ajratishda hosil bo’ladigan sinf elementlarini ta’riflang.
Do'stlaringiz bilan baham: |