ilmiy-tadqiqotni o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to‘xtatishi
mumkin bo‘lib, bu ob’ekt ni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi o‘rganilayotgan
ob’ekt ni boshqa ob’ektlar bilan har xil tarzda bog‘lashi yoki u ilgari kuzatilmagan shart-sharoitlarni
yaratishi va shu tariqa fanga ma’lum bo‘lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin. Eksperiment
o‘rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda
sinash imkonini beradi.
Eksperiment doim, ayniqsa, hozirgi zamon fanida ba’zan juda murakkab texnika vositalari, ya’ni
asboblardan foydalanish bilan bog‘liq. Asbob – bu insonning sezgi a’zolari bilishi mumkin bo‘lmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |