Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar jadal davom ettiriladi.
Buyuk alloma Najmiddin Kubro hazratlari “Muvaffaqiyatni – saʼy-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa – loqaydlik va dangasalikda koʻrdim”, deb bejiz aytmaganlar.
Haqiqatan ham, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz.
Jahon bankining biznes yuritish sohasidagi reytingida mamlakatimiz qurilish boʻyicha 134-oʻrinni egallagan.
Bu esa sohada koʻplab muammolar borligidan dalolat beradi.
Misol uchun, qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud boʻlib, ularni olish uchun oʻrtacha 246 kun sarflanadi. Bu adolatsizlik emasmi?
Vazirlar Mahkamasi zudlik bilan ushbu sohaga doir norma va qoidalarni takomillashtirish choralarini koʻrib chiqishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |