O'qish va yozishning buzilishi.
O'qish: o'qishning buzilishi va o'qilganlarga tushunish - aleksiya (yunonchadan lexis-so'z) deyiladi. Aleksiya bosh miya chap yarim shari chakka bo'limining ustki pushtasining orqa qismi zararlanishi natijasida sodir bo'ladi.
Yozish: yozishning buzilishi-agrafiya (yunonchadan grapho-yozaman) deb ataladi. Bu patologik o'zgarish bosh miya peshona bo'limining ikkinchisi pushtasi zararlanganda sodir bo'ladi, bunda po’stloqdagi yozish uchun kerak bo'lgan xarakat avtomatizmlarini saqlovchi markaz zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |