Motor va ideator apraksiyada oqzaki aytilgan vazifalarni xarakat
orqali bajarish u
yoki bu darajada buziladi.
3. Biror narsadan shakllar yasash (konstruktiv praksis). Vrach gugurt cho'pidan
yoki kubikdan biror shakl yasab, bemordan xuddi shunday shakl yasash so'raladi;
bemordan xonalarning polini, ko'p burchak, odam yuzini chizish so'raladi.
Konstruktiv apraksiyada ushbu xarakatlar ma'lum darajada buzilishi mumkin;
ideator apraksiyada esa bu xarakatlar ko'pincha saqlangan bo'ladi.
Gnozis (yunonchadan gnosis- bilish) - bu biron bir narsani yoki narsalarning bir-
biridan nisbatini bilish jarayoni. Gnozis sezgi organlari orqali amalga oshiriladi.
Gnozisning buzilishiga agnoziya deyiladi. Agnoziyaning ko'rish,
eshitish, ta'm
bilish, xid bilish turlari farqlanadi .
Ko'ruv gnoziyasi. Buni tekshirish uchun vrach bemorga tanish bo'lgan narsalarni
(kitob, daftar, ruchka) ko'rsatib, ularning nimaligini aytib berish so'raladi. Buning
uchun bemor ko'rsatilayotgan narsalarni aniq ko'rganligiga ishonch xosil qilish
lozim. Ko'ruv agnoziyasida narsalarni bilish (tanish)
qiyinlashadi yoki imkoni
bo'lmaydi.
Eshitish gnoziyasi. Buning uchun bemordan ko'zini yumish so'raladi va shovqin
manbaini aytish so'raladi. Masalan: soatning chiqillashini,
shisha stakanning
jiringlashini, radioda suxandon tovushini bilish. Buni tekshirishdan oldin
bemorning eshitishi saqlanganligiga ikror xosil qilish lozim.
Eshitish agnoziyasida tovushlarning xarakterini bilishning imkoni bo'lmaydi yoki
qiyinlashadi.
Xidlov va ta'm agnoziyasi. Buning uchun bemordan ko'zini yumish so'raladi va
ayrim taom yoki dorining xarakterli xidi va ta'mi so'raladi. Tekshirishdan oldin
bemorning xid va ta'm bilishining saqlanganligiga ishonch xosil qilish lozim.
Xidlov va ta'm agnoziyasida javoblar yolqon yoki aniqmasligi kuzatiladi.
Stereognoz aloxida bo'linadi: bunda bemordan ko'zini yumish so'raladi
va uning
qo'l kaftiga biror bir narsa (kalit, qalam, gugurt, ko'z oynak) qo'iiladi va uning
nimaligi so'raladi. Tekshirilayotgan qo'lda sezgi buzilmagan bo'lishi lozim.
Astereognozda narsalarning nimaligini bilishning iloji bo'lmaydi yoki qiyinlashadi.
Tana tuzilishi. Buni tekshirishda bemor berilgan savollarga javob berishi so'raladi,
masalan: uning o'ng tomoni va chap qo’li qaerdanligi, uning necha qo’li va oyoqi
borligi, falajlik bor yo'qligiq
Tana tuzilishini bilishning buzilganligi natijasida javoblar to'qri bo'lmaydi,
masalan: o'ng tomonining o'rniga chap qo’lini ko'rsatishi, uchta oyoqi borligini
sezish va boshqa lar.
Do'stlaringiz bilan baham: