Fayllarni arxivlash – bu biror faylning diskda qisqartirilgan nushasini hosil qilish. - Arxivlash dasturlari- diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini qisqartirishga imkon beruvchi dasturlardir. Ular turlicha ko’rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllatda aynan takrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda to’liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarinig vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning o’rniga boshqa bir ma’lumotni yozish hamda ularning aniq ketma-ketligini to’liq ko’rsatishdan iborat. Bundan ko’tinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo’ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar 4 martagacha , hatto besh martagacha siqiladi. Dast7rlar ifodalangan fayllar esa juda kam-1% ga yaqin siqilai. O’rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |