Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha


Chorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli



Download 273,08 Kb.
bet7/63
Sana29.04.2022
Hajmi273,08 Kb.
#590435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Bog'liq
ARXIVSHUNOSLIK MUTAXASIS TAYYORLASHDA HARAKTERI VA XUSUSIYATLARI

Chorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli


Turkiston o’lkasidagi bosh muassasa 1867 yilda tuzilgan general-gubernatorlik mahkamasi edi. 1870 yilga qadar mahkamada hujjatlarni qayerda va qay tarzda saqlash, umuman saqlashga zarurat bormi, degan

masala bilan hyech kim qiziqmagan. Faqat, 1870 yili mahkamada shtatlarning oshishi bilan “jurnalist” (ham arxivshunos, ham ekzekutor) lavozimini ta’sis etish taklif etildi. Xudi shu yili 1867-1869 yillarga tegishli bir qism hujjatlarni arxivga topshirish mo’ljallanadi. Ammo hujjatlar topshirilmasdan qoladi, chunki buning uchun maxsus xona yo’q edi. Hujjatlar yetti yil mobaynida bosmaxona binosida qayd-yozuvlarsiz yotadi, foydalanishga esa yo’l qo’yilmaydi. 1877 yil mahkamada qo’shimcha binolar qurilishi bilanoq ikkita xona arxiv uchun ajratiladi. 1882 yili mahkama amaldorlaridan tuzilgan maxsus komissiya 1867-1882 yillarda to’lg’azilgan 9968 ta hujjatni bo’limlardan olib arxivga topshiradi. Arxivga qonun-qoidalarga binoan har yili tugallangan hujjatlar qabul qilinishi lozim edi. 1904 yilda maxsus komissiya general-gubernatorlik idorasining arxivini tekshirib chiqib, hujjatlar bo’limlardan betartib keltirilgani, muqovalari yirtiq ekani, qayd-yozuvlar noto’g’ri

to’lg’azayotganini qayd etgan edi.



Turkiston o’lkasi dagi boshqa yirik muassasalarning arxivlari xaroba xolda edi. 1907 yilda Sirdaryo viloyatining arxivi joylashgan xona yaroqsiz va buzishga loyiq, deb topildi. Bu arxivdagi 2 mingdan ortiq hujjatlarning aksar qismi viloyat amaldorlari hamda hujjatlarni saralash va yo’qotish uchun tuzilgan maxsus “komissiya” tomonidan nobud qilinadi.


Qolgan viloyatlarda ham arxiv ishlari o’lda-jo’lda edi. Viloyat boshqarmalari mahkamalarida, garchi materiallar soni va salmog’i ancha bo’lsa-da, arxivlar uchun maxsus odamlar ajratilmagan edi. Fa-qat, 1881 yilda Kaufmanning “ojizona hisobot loyiha”sida viloyat boshqarmalari mahkamalarida jurnalist-arxivchi lavozimini ta’sis etish masalasida qo’yiladi.
Graf K. Palen 1908-1909 yillarda Turkiston o’lkasini taftish etib, o’z hisobotida uyezd idoralarida ham arxiv ishlari yomon ahvolda ekanligini qayd qiladi. Jumladan, Andijon uyezd boshqarmasida arxiv hujjatlari pastak, tomi loysuvoq, zax saroyda joylashtirilgan ekan. Bu binoning omonatligi bois 1902 yilning dekabrida sodir bo’lgan zilzila paytida tomi ag’anab tushib, hujjatlar loy va tuproqqa qorishib qoladiki, ularni yoqib yuborishdan boshqa chora qolmaydi.
Taftish bo’yicha hisobotda ayrim hujjatlar, xatto ba’zi uyezd boshqarma mahkamalarida butun-butun ishlar yo’qolayotgani aytiladi. Taftishchilar Samarqand, Farg’ona va boshqa viloyatlarda ko’pgina volost mahkamalari mirzolari mahkamaviy tartib haqida hyech qanday tasavvurga ega emas, degan xulosaga keldi. Kelgan va ketgan xatlar ro’yxat qilib borilmagan, tugallangan ishlarga qayd-yozuvlar qo’yilmagan edi.
Mahalliy tashkilotlar – qozilar, boylar, oqsoqollar hujjatlari joylarda 1917 yilga qadar saqlanib qoldi. Lekin bundan keyingi voqyealar, ya’ni inqilob, fuqarolar urushi va istiqlolchilik harakati davrida ularning ko’pi yo’q bo’lib ketdi.
Shunday qilib chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida hujjatlarni saqlash ishi yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi. Lekin bundan qat’i nazar, bizgacha yetib kelgan hujjatli materiallarda Turkiston o’lkasi gubernatorlik siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayotining barcha tomonlarini qamrab olgan ma’lumotlar mavjud. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining inqilobdan oldingi fondlari guvohlik beradi. Ular XIX asrning ikkinchi yarmidan to 1917 yilgacha bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda bebaho manba bo’lib xizmat qiladi. Mazkur fondlar o’lkaning o’sha davrdagi ma’muriy tuzilishi, Rossiyaning Afg’oniston, Eron, Buxoro va Xiva bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarini, o’lkada tog’-qazilma boyliklari va paxtani qayta ishlash sanoatining vujudga kelishi va xalq maorifi ahvolini teran o’rganishga imkoniyat beradi. Arxiv fondlarining katta qismi o’lkada inqilobiy harakatning o’sishi, 1905-1907 yilgi voqyealar, 1912 yilgi sapyorlar qo’zg’oloni, 1917 yil fevralg’ inqilobi, Toshkentdagi sentyabrg’ voqyealari haqida
hikoya qiladi. Arxivdagi O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik kurashi, ilg’or rus olimlarining Turkistondagi faoliyati haqidagi materiallar, shuningdek general- gubernatorlik fondidagi ko’plab boshqa hujjatlar ilmiy-tarixiy jihatdan nihoyatda qimmatlidir.



Download 273,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish