Arxiv amaliyot hisoboti
Xalqimiznig boy madaniy va ma’naviy merosi, hayot tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari – bu tarix tirik o’tmish. Hujjatlarda tarixning har lahzasi, sanasi tilga kiradi, sodir bo’layotgan voqea hodisalarni hikoya qiladi. Hozirgi kunda respublikamizning 82 ta arxivlarida 6 mingdan ortiq yig’ma jildlar 10000 ga yaqin hujjatlar mavjud.
Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabalari arxivshunoslik va muzeyshunoslik fanidan yil davomida olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash hamda amaliyotda qo’llay bilish malakasiga ega bo’lish maqsadida joriy yilning 7-iyundan 20-iyun sanasiga qadar muddatga tuman va shahar davlat arxivlariga amaliy o’quv mashg’ulotlariga yuborildi.
Biz 2021-yil 7-iyun sanasida Sho`rchi tumanidagi davlat arxiviga yo`llanma asosida amaliyot o’tash uchun bordik. Bizga amaliyotda yo’l yo’riq ko’rsatuvchi ma’sul shaxslar etib arxiv fond saqlovchilari Bozorov Botir va Mamarajabova Norgul biriktirildi.
Denov tumani davlat arxivi direktori Alimova Halima opa bizni shaxsan o’zi tuman arxiv tarixi, joylashuvi, fond hujjatlari hamda arxiv ish faoliyati tartib qoidalari, intizomlari haqida tushuncha berdi.
Denov tumani davlat arxivi 1934-yil tashkil etilgan. 1973-yilga qadar bo’lgan davrda Denov tuman Said Otaliq madrasasi binosida o’z faoliyatini olib borgan. 1974-yil surxandaryo viloyati ijroiya komiteti farmoyishi bilan tashkil etilgan.Sho`rchi tuman davlat arxiviga Sho`rchi Qumqo`rg`on, Oltinsoy tumanlariga xizmat ko`rsatadi.Sho`rchi tuman davlat arxivida 2010 yil 1noyabr holatiga ko`ra 856 ta jamg`arma 88530 saqlov birligidagi hujjatlar mavjud bo`lib , boshqaruv hujjatlari 54627 saqlov birligi shaxsiy kelib chiqish hujjatlari 33482 saqlov birligi hujjatlari saqlanmoqda. 2012 yil hujjatlarni ro`yxatlari ishlari boshqaruv hujjatlari 3313 saqlov birligida, shaxsiy kelib chiqish hujjatlari 55 ta saqlov birligida , shaxsiy saqlov birligi hujjatlari 500 saqlovda amalga oshirildi.2012 yil 9 oyiligadabosqaruv hujjatlari 1812 saqlov birligida, shaxsiy ke;ib chiqish hujjatlari 36 saqlov birligida, shaxsiy tarkib hjjatlari 517 saqlobv birligida amalga oshirilgan. Mazkur arxivda Sovet va Mustaqillik davriga oid tuman boshqaruv idoralari hujjatlari bor.
Denov tuman davlat arxivida ishchilar ishchi xodim va xodimlar arxivchi xodimalar arxivchi mutaxassislar hisoblanadi. Boshqaruv hujjatlari bo’lib ketma-ket raqamlab qo’yilgan alohida qutilarda saqlanib kelinmoqda.
Denov tuman davlat arxivi asosan o’zidan yuqori turuvchi arxiv hisoblangan Termiz davlat arxiviga bo’ysunadi hamda rahbar viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi. Ushbu arxivda shaxsiy tarkib hujjatlariu ham saqlanib kelinmoqda hamda bu hujjatlar 194 ta fondni egallagan ketma-ket raqamlab chiqilgan.
Denov tumani davlat arxivi asosan barcha turdagi hujjatlar saqlanadi. Denov hokimligi tomonidan shahar markazidan yangi bino qad ko’tarilmoqda hamda bu binoga ushbu arxivni ko’chirib o’tkazish rejalashtirilmoqda.
Amaliyotning ikinchi kunida arxiv ish tartibiga roiya qilgan holda o’z vaqtida amaliyot o’tash uchun amaliyot o’tash joyimizga yetib keldik. Bizga biriktirilgan ma’sul shaxslar Turdiyeva Dilrabo va Xidirov Odilbeklar yordamida arxiv fondida saqlanayotgan qatag`on qurbonlari hujjatlariga aloqador shaxslar haqida ma`lumotlar bilan tanishdik.
Amaliyotning uchinchi kunida arxiv bosh saqlovchisi Melaliyev Ro`ziboy yordamida paxta ishiga doir arxiv materiallari bilan tanishdik. Undan tashqari biz dastlab tanishib o’rganishimiz kerak bo’lgan narsa fond uchun ajratilgan bino holati, uning qanday talablarga javob berishi kerakligi , qanday hududda joylashishi kerakligi bilan tanishib arxivning yuqoridagi talablarga javob berish bermasligini tahlil qilishni o’rgandik.
Arxiv fondi uchun ajratilgan saqlovxona binosida havo harorati, havoning nisbiy namligini tekshirish hamda fondda saqlanayotgan hujjat materiali va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda kerakli mikroiqlimni ta’minlash usullarini o’rgandik. Bunda kerak bo’ladigan texnik uskunalar faoliyati, ularning qanday ishlashi, qanday joylashganligi bilan tanishib chiqdik. Biz amaliy tarzda binodagi iqlimiy holatni tekshirishni uni kerakli darajada taminlashni o’rgandik.
Saqlovxonalarda tempratura hamda namlik yaxshi bo’lib temir stelajlar bilan jihozlangan, agnushitel moslamasi hamda signaliztsiya jihozlari bilan ta’minlangan. Xonalar quyosh nuridan temir panjaralar hamda qora matolar bilan himoyalangan.
Bundan tashqari turli tabiiy ofatlardan arxiv hujjatlarni saqlash yo’llari bilan tanishdik. Jumladan binoda yong’in sodir bo’lishini oldini olish chora tadbirlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik. Bunda yong’in xavfini yuzaga keltiruvchi uskunalar va boshqa ashyolardan foydalanmaslik kerakligi, mavjud uskunalarinig texnik sozligi, ochiq elektr simlarinig yo’qligini tekshirib chiqishni o’rgandik. Binoda har qanday kichik chaqnash ham osongina yong’in vujudga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu esa juda katta zarar keltiradi. Yong’in sodir bo’lganda qanday choralar ko’rish kerakligi, yong’in o’chirish burchaklartining joylashuvi, ulardagi yong’in o’chirish uskunlaridan qanday qilib to’g’ri foydalanish kerakligini ham yaxshi o’rganib amaliy sinab ko’rdik.
Yong’indan tashqari suv toshqini hamm arxivga yirik xavf hisoblanadi. Suv toshqini vaqtida arxiv hujjatlarini qanday saqlab qolish borasida ham yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’ldik. Arxivlarning muhim texnik tadbirlari borasidagi nazariy bilimlarimizni amliyotda to’liq qo’lladik.
Amaliyotning to’rtinchi kuni arxivga ish tartib-qoiudalariga amal qilgan holda o’z vaqtida yetib keldik. Kecha o’rgangan amaliy bilim va ko’nikmalarimizni qo’llab binoning havo harorati, havo namligini tekshirib oldik. Keyin arxiv fondlarining turlari ularni tashkill etish, ajratilgan javonlarga raqamlash, kartatekasini shakllashtirish ishlari bilan tanishdik.
Arxivga olib kelingan har bir hujjat turiga qarab ahamiyatlilik jihatlariga qarab alohida guruhlarga ajratib oldik hamda ularni yillariga qarab tartibladik. So’ng ularni raqamlash uchun alohida qutilarga joyladik. Har bir papkani tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlab o’sha hujjatlar uchun ajratilgan javonlarga eltib joylashtirdik. Denov tumani davlat arxividagi eng eski hujjatlar 1920-yildagi hujjatlar hisoblanar ekan. Hozirgacha ushbu arxivda 1920-yildan 2019-yilgacha bo’lgan hujjatlar saqlanib kelayotgan ekan. Bugunda 1920-1945-yillardagi hujjatlarni elektronlashtirish ishlari olib borilmoqda ekan. Arxiv fondiga hujjatlarni abul qilish va ularni joylashtirish tartiblari bilan tanishib chiqdik.
Bizga biriktirilgan ma’sul shaxslar Turdiyeva Dilrabo va Xidirov Odilbeklar bilan birgalikda fond hujjatlari bilan tanishishda davom etdik. Fond binosi havo harorati va nisbiy namligi darajasini o’lchab oldik. Shundan so’ng hujjatlarning qanday saqlanayotganligini nazorat qilib chiqdik. Barcha hujjatlar o’z holida hech qanday zarar shikast yetmasdan saqlanayotganligiga amin bo’lgach fond kartatekasini qanday shaklllantirish, ular bilan qanday muomila qilish kerakligi haqida bilib oldik.
Biz arxivda ishlash jarayonlarida bevosita ishchi sifatida qatnashib hujjatlarni ekspertiza ishlarida ham qatnashdik. Hujjatlarni ekspertiza qilishdan maqsad ularni saqlash muddatini aniqlash va davlat arxivida saqlash uchun tanlab olishdir. Davlat arxivlarida saqlash uchun ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan va kelajakda tarixchilar tomonidan tarixiy asarlar yozish uchun foydalaniladigan hujjatlar tanlab olinadi. Davlat arxivlarida saqlanadigan hujjatlar hisob qilinadi. O’zbekiston Reepublikasi davlat arxiv jamg’armasi tarkibiga kirgan hujjatlar bir qancha majmualardan tashkil topadi. Hujjatlarni hisob qilish shuningdek ularning yo’qolmay saqlanishini ta`minlaydi va arxiv materiallarini qidirib topishga yordam beradi.
«Davlat arxiv ishining asosiy koidalari»da (M., 1962 yil) belgilanganidek, hisob jamg’armalar va jamg’arma ichidagi ro’yxat bo’yicha olib boriladi. Davlat arxivlarida hisob hujjatlari tuziladi:
1) kirim daftari;
2) jamg’arma varaqalari;
3) ro’yxatlar;
4) yig’ma jildlarning ichki ro’yxati;
5) yig’ma jildlarning yakunlovchi ezuvi;
7)hujjatlar mikrofotonusxalarining kirim daftari;
8) arxiv pasporti;
9) jamg’arma yig’ma jildi.
Hujjatlarning kirim daftariga arxivga qabul qilish uchun tushgan arxiv jamg’armalari xronologik tartibda yozib boriladi. Tartib raqamidan tashqari kirim daftarida arxiv jamg’armasi qachon, kimdan, qanaqa hujjat asosida materiallar topshirilganligi, jamg’armaning nomi, yillari, hajmi va axvoli, jamg’armaga kanday tartib raqami berilganligi ko’rsatiladi. Jamg’armalar ro’yxatida davlat arxivida saklanaetgan arxiv jamg’armalari ularning tartib raqami bo’yicha yoziladi. Yangi arxiv jamg’armasi davlat arxiviga qabul uchun topshirilganda jamg’armalar ro’yxatiga yozilib, unga navbatdagi tartib raqami beriladi. Jamg’arma varaqasi arxiv jamg’armasi davlat arxiviga qabul qilish uchun topshirilib, jamg’armalar ro’yxati daftariga yozilgandan keyin tuziladi. Bu muhim hisob hujjatli hisoblanadi va jamg’armaning tarkibi haqida qisqacha ma`lumot beradi. Yig’ma jildlar ro’yxati (opis’) — muhim arxiv ma`lumotnomasi bo’lib, arxiv jamg’armasidagi yig’ma jildlar sarlavhasi, uning tarkibi va mazmuni haqida va boshqa ma`lumotlar beradi. Arxiv pasporti har yili 1 yanvarda tuzilib Arxiv boshqarmasiga topshiriladi. Bunda arxivda saqlanayotgan jamg’armalar va yig’ma jildlar soni haqida ma`lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |