“Arxitekturaviy loyihalashning ijtimoiy asoslari” fanidan tayyorlangan
TAQDIMOT ISHI
Tayyorladi: M1-20 guruh magistranti Tursunov U. Q.
Qabul Qildi: Axmedov J. D.
Mavzu: Sanoat binolarini arxitekturaviy–muhitini yechimi. Ishchilarga xizmat ko`rsatish. Reja. 1. Bir qavatlik sanoat binolari ustunlari va yopmalari. 2. Ishlab chiqarish binosida hajmiy rejaviy muhit.
Bir qavatli (sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa) binolaming, aksariyati, sinchli konstruksiyalardan iborat bo'lib, ayrim qismlari, temir-beton ustunlar va stropil to‘sinlari, fermalar va arkalardan, zaril hollarda esa kran osti va boglovchi to‘sinlardan tashkil topgan bo'ladi. Bunday binolarda asosiy yuk sinchga - karkasga tushadi, devorlar esa to‘siq vazifasini bajaradi. Ayrim hollarda sinch to‘liq bo‘lmagan konstmktiv sxemalar qo'llaniladi, ularda chetki ustun qatorlari o‘rniga yuk ko'tamvchi devorlar tiklanadi. Temir-beton sinchlarningoralig‘i 6, 12, 18, 24, 30, 36 m, ustunlar qadami 6 va 12 m qilib loyihalanadi. Ko'proq ustunlar orasi 12x24 m, 12x30 m o'lchamda olinadi. Ko‘prik krani bo‘lgan binolarda to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli ustunlar va kranosti to'sinlari uchun konsolli ustunlar qo'llaniladi.
Kransiz binolarda konsolsiz to‘g‘ri to'rtburchak kesimli ustunlar qo'llaniladi. Temir-beton ustunlar stakan to'ridagi poydevorga bikr qilib o‘rnatiladi. Ustunlarga yuqoridan stropil to'sini, ferma yoki arka tiraladi. To'sinlar ustunlarga gaykalar va ustunlardan chiqarilgan anker boltlari yordamida biriktiriladi. Harorat chokini yaratish uchun to'sin ustun bilan qo'zg'aluvchi tayanch bilan biriktiriladi.
Stropil konstruksiyalar ustiga 6 yoki 12 m oraliqli temir-beton panellar yotqiziladi. Temir-beton panellar oldindan ajratilgan detallarning to'singa tayangan joylarini payvandlash yordamida, shuningdek, panellar orasidagi choklarni yaxlitlash tufayli o'z tekisligida bikr diafragmani tashkil qiladi, u boshqa konstruksiyalar (kranosti va bog'lovchi to'sinlar, bog'lanishlar) bilan birgalikda butun binoning fazoviy bikrligini va mustahkamligini ta’minlaydi.
Kranosti to'sinlari ikki krandan tushadigan yuklami, xususiy massasini va kran yo'li massasini inobatga olib hisoblanadi. Vertikal va gorizontal kran yuklari 1,2 ga teng bo'lgan dinamik koeffitsiyent bilan kiritiladi. Kranosti to'sinlari ustunlaming konsollariga tiraladi. Ulami ustunlar bilan va bir-biri bilan oldindan qo'yilgan detallarga payvandlanadi. Bino sinchini devor bilan to'ldirish uchun temir-beton devor panellari qo'llaniladi. Isitiladigan binolarda sovuq o'tkazmaydigan panellar qo'llaniladi, ular ikki qatlamli yoki yengil temir-betondan bir qatlamli bo'lishi mumkin.
Ko'p qavatli sinchli binolarda yengil sanoat korxonalari, sovutkichlar, omborxonalar, garajlar, shuningdek, fuqaro binolari, ya’ni, mehmonxona, davolash muassasalari va boshqalar joylashtiriladi. Sanoat binolarining baladligi ish sharoiti va iqtisodiy maqsadlarda 40 m gacha belgilanadi, fuqaro binolari esa 12 qavatgacha bo'ladi. Ko'p qavatli sanoat binolarining eni 18, 24, 36 m va undan ortiq qilib qabul qilinadi, ko'ndalang ajratuvchi o'qlar orasidagi masofani (ustunlar qadami) 6 m, qavatlar balandligini 6,0 m modulga karrali qilib qabul qilinadi. Fuqarolik binolarining eni odatda 14 m dan ortiq bo'lmaydi. Ko'p qavatli sinchli binolar to'liq sinch (karkas) bilan loyihalanib, bunda devorlar yaxlit yoki osma va sinch ustunlarining chetki qatorlari asosiy devor bilan almashtirilganda chala sinchli bo'ladi. Sanoat binolari asosan to'la sinchli loyihalanadi. Sinchlar metalldan yoki temir-betondan tayyorlanadi.
Sanoat binolarining hajm- rejaviy va konstruktiv yechimlarini bajarishda ishlab chiqarish texnologiyasi va muhit muhim o‘rin tut
adi. Bu yerda ishlab chiqarish muhiti deganda fiziktexnik aspekt, ya’ni xonalaming ichki fazosini
to'ldiruvchi havo muhiti, yoritish va tovushhamda tovush tartiblari tushuniladi. Shuningdek, ishlab chiqarish muhiti ham hajm-rejaviy va konstruktiv yechim
orqali binoning va ishlab chiqarish
korxonasining tashqi qiyofasiga ta’sir etadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishnig va demak, texnologik jarayonlarning serqirraligi, o‘z navbatida,
sanoat binolarining xilma-xil hajm-rejaviy va konstruktiv yechimlarini yaratishni taqozo qiladi. Loyihalashga kirisha turib, eng aw alo binoga joylashtiriladigan ishlab chiqarish jarayoni o‘rganiladi.So‘ngra texnologik jarayonni qoniqtiradigan va binoning hajm-rejaviy hamda konstruktiv
yechimlariga javob beradigan talablar aniqlanadi. Ishlab chiqarish turiga ko‘ra bu talablar turlicha bo‘lishi mumkin. Bir holatda meteorologik tatib va havo tarkibini, ikkinchi holatda kuchli aeratsiyani ta’minlash
(issiq sexlarda), uchinchi holatda tayyorlanadigan buyumlarning o‘lchamlariga moslashtirish
(masalan, samolyot yig'ish sexlari) va yana bir holatda o‘rnatilgan jihozlar o‘lchamlariga
asoslanish (masalan, prokat sexi) talab etilishi mumkin.
Binolarning hajmrejaviy va konstruktiv yechimlarini hal qilishning umumiy prinsiplari
ajratilishi mumkin. Bular ichida ba’zi ishlab chiqarish xonalari yoki tsexlarini bitta sanoat
binosiga birlashtirish yechimi alohida o‘rin egallaydi. Bu usulni qo‘llash zavod hududi maydonini 30% gacha, tashqi devorlar perimetrini 50% gacha, quri- 1 ish narxini 15 20% kamaytirish imkoniyatini beradi. Shu bilan bir qatorda binolarni shiyponli (pavilonli)
qurish usuli ham o‘z ahamiyatini saqlamoqda (masalan, ko‘p miqdorda issiqlik va gaz
ajralib chiqadigan sexlar uchun).
Ushbu yechimlardan biror usulni tanlashda albatta iqtisodiy me’zonlarga ham alohida diqqat
qaratilishi zarur. Qavatni tanlash ham loyihalash jarayonida eng muhim masalalardan hisoblanadi. Qavatlar soni masalasi ko'pgina omillarga bog‘liq holda hal etiladi (yuk miqdori, buyum va jihozlarining o‘lchamlari, qurilish uchun ajratilgan maydon, uning relyefi, joyning
iqlimiy tavsifi, texnik ko‘rsatkichlar, iqtisodiy ko‘rsatgichlar). Yaxshi hajmrejaviy va konstruktiv yechimni tanlash bino yechimini birxillashtirish prinsipi yoki
bilan hal etiladi.Bu masalani yechimi binolaming universalligini yoki egiluvchanligini
oshirishga imkoniyat beradi. Binoni loyihalab turib, sanoatning ushbu tarmog'ini rivojini bashoratlay olish samarali
hisoblanadi (masalan. buyumlaming oichamini oshib borishi kutilayotgan holat). Loyihalash jarayonida sanoat binolarining uzoq muddatga chidamlilik masalalami ham hal qilmoq zarur. Sanoat binolarning
maydonlari va hajmlaridan samarali foydalanish masalalari e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
E’TIBORLARIN UCHUN RAHMAT !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |