Nyuans farqlar- detallar o'zgarishida ko'rinadi. Kontrast farqlardan farqli o'laroq, aniq bilinadigan me'moriy mavzuga ega emas.
Shahar me'moriy ko'rinishining ma'nodorligi - uning muhim sifati ko'p omillar bilan, avvalo, shaharning rejaviy tuzilishining to'g'riligi, uning belgilarining bir-biriga mos va uyg'unligi bilan tavsiflanadi. Shaharning funksional vazifalari, jamoat markazi tizimi, kompleks turar- joylar va aniq ajratilgan sanoat tumanlari, o'zaro bog'liq yo'l kommunikatsiyalari tizimi yechilgan bo'lsa, qoida bo'yicha shahar ko'rinishi ma'nodor hisoblanadi. U insonga tushunarli va yengil qabul qilinadi. Shahar ko'rinishi ma'nodorligining yana bir muhim omili — o'ziga xoslik va uning takrorlanmasligidir. Aynan shaharning o'ziga xosligi orqali shaharning rang-barangligi ochiladi. Shahar ko'rinishining o'ziga xosligi doimiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar — tabiiy muhit, tarixiy merosning saqlanishi, shaharsozlik madaniyati darajasi, texnik imkoniyatlar va h.k.lai bilan yaratiladi.
Shahar ko'rinishida har xil davrlar asoratlari saqlangan bo'ladi. Shahar chegai asida, ayniqsa tarixiy shakllangan markaziy qismida o'zaro yonma-yon holda o'tmish, hozirgi kun va kelajak alomatlari hisoblangan inshootlar joylashgan. Shahar muhitida ular yagona birlikni tashkil qiladi va ularning birligi jamiyatning o'sib borayotgan talablarini o'zida aks etib, dinamik xarakterni ifodalaydi.
Shaharning me'moriy-badiiy ko'rinishining ma'nodorligi quyidagilaiga asoslanadi: magistral ko'chalar bilan bog'langan asosiy ansambllar (jamoat markazlari, maydonlar); shaharning umumiy rejaviy tuzilishi; bu ansambllarning vizual aloqasi va shaharning fazoviy muhitlarini to'g'ri ochib berish; qurilish hududining milliy va iqlimiy xususiyatlarini hisobga olish; shahar kompozitsiyasiga tabiat elementlari — relyef, o'simliklar, suv havzalarini ko'p miqdorda qo'shish; kompozitsion vositalar — rang, kontrast, ritm, masshtab va masshtablilikdan foydalanish; qurilishga arxitektura yodgorliklarini qo'shish. Shahar maydonlari har xil arxitekturaviy-rejaviy tashkil etishga ega bo'lishi mumkin. Maydonlar yopiq, butunlay qurilmalar bilan o'ralgan bo'lishi mumkin. Ularning kompozitsiyasi va badiiy nia'nodorligi maydonning shakli, mutanosibligi (proporsiyasi) va atrofidagi binolar arxitekturasiga bog'liq. Perimetri butunlay binolai bilan o'rab olinmagan maydonlar ham bo'ladi. Bu holda maydon kompozitsiyasida qurilinalardan ochiq hududlarda namoyon bo'ladigan shahar perspektivalari ko'rinadi. Asosiy kompozitsion rolni o'simliklar egaJlaydigan maydonlar egallaydi.
Sanoat muassasalari va ularning komplekslari ham shaharning me'moriy ko'rinishiga ko'proq ta'sir ko'rsatmoqda. Bunga avvalo baland muhandislik inshootlari, yirik ishlab chiqarish binolari, ma'muriy-boshqarish binolari va ilmiy-tadqiqot institutlari korpuslari ta'sir qilmoqda. Shahar ansambllarining muhim belgilari qilib yirik jamoat binolaridan: teatrlar, konsert zallari, san'at saroylari, muzeylar, kinoteatrlar va h.k.larni ko'rish mumkin. Ular keng ko'chalar va maydonlarning vizual yakunini tashkil etishga, atrofdagi turar-joy qurilmalari bilan zaruriy kontrastni yaratishga yordam beradi.
Shaharning umumiy me'moriy-badiiy ko'rinishini yaratishda yashil o'simliklarning, bog' va parklarning aharniyati katta. Ko'kalamzor hududlar shahar muhitini, sog'lomlashtirish funksiyasi bilan birga me'moriy obyektlar va shaharning barcha qurilmalarini boshqacha qabul qilishga yordam beradi.
Shaharlar rejasi va qurilishiga hamda ularning badiiy ko'rinishiga suv havzalari katta ta'sir ko'rsatadi. Qm'lmalarning old tomonidan suv havzalariga qarashi, qirg'oqbo'ylarini arxitekturaviy yechim bilan jamoat markazlarini suv havzalariga olib chiqish, ko'kalamzorlashtirish va relyefdan unumli foydalanish ko'p tomonlama go'zal shahar qiyofasini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |