Arxitektura qurilish instituti



Download 1,81 Mb.
bet13/25
Sana16.04.2020
Hajmi1,81 Mb.
#45208
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
DEM JAM FJ 2019 MAJMUA 270220102032


14-Mavzu: O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida

demokratik tamoyillarga asoslanishi.

R e j a :

    1. O’zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy–siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy asoslari.

    2. Jahon hamjamiyati va demokratik–jarayonlar. O‘zbekistonning Evropa va Osiyo davlatlari bilan hamkorligi.

    3. Xalqaro terrorizmning demokratiyaga, jahon hamjamiyati hamkorligiga tahdid soluvchi kuch ekanligi.

1. Mustaqil O‘zbekiston davlati o‘z tashqi siyosatini xalqaro ham jamiyatining to‘laqonli sub’ekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Endilikda tashqi siyosatni mustaqil tarzda amalga oshirmoqda.

Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan turib taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G‘arb mamlakatlarini bir-biriga bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan O‘zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashgan nuqtasi bo‘lib kelmoqda.

Ayniqsa, Amir Temur hukmronligi, Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o‘z aloqalarini o‘rnatganlar. Amir Temurning Fransiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o‘nlab qo‘shni davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o‘sha davrdagi jo‘shqin siyosiy, madaniy va tijoriy aloqalardan guvohlik beradi.

Mamlakat xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish “Qabul qilingan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi qonun, konsullik ustavi” shular jumlasidandir. Undan tashqari bojxona xizmatining huquqiy asoslarini yaratuvchi qonunlar. I.A.Karimovning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kitobining tashqi siyosatga bag‘ishlangan bobida ushbu faoliyat yo‘nalishlari ochiq ravshan ifodalab berilgan. Kitobda milliy manfaatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi ekanligi qat’iy bayon qilingan.

Manfaat zaruriy ehtiyojdir. Ehtiyojlar esa birinchi galda O‘zbekiston uchun taraqqiyotning muayyan jug’rofiy va tabiiy, iqlimiy demografik holatimiz, xalqimiz ning ko‘p millatli tarkibi, uning tarixiy va madaniy merosi, ma’naviyat omili, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi, xom ashyo va zamonaviy texnologiya bilan ta’minlanganligi, davlatning xalqaro munosabatlardagi o‘rni va boshqalar. Bu omillar O‘zbekistonning ehtiyojlarini belgilaydi.

Bugungi kunda o‘z tashqi siyosatini konstitutsiyaviy qoidalarga tayanib yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarining to‘la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning to‘la tengligi kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni teng yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

Podsho Rossiyasi bosqinidan so‘ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo‘ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi.

Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi, hamda og‘ishmay amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.

mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umumin soniy qadriyatlarga,

tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik.

davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat qilish.

nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish.

kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik.

inson huquqlari va erkinligini hurmatlash.

ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqlarning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi.

tajovuz harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik.

davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik ustunligi tashqi aloqalarni ikki tomonlama, hamda ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’ tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi.

Respublika Birinchi Prezidenti Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida boshqa sohalar qatori tashqi siyosat borasidagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Jahondagi barcha mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, etakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bundan keyin ham ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishi ta’kidlandi. Bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining Konstitutsiyaviy zamini yaratildi. Shunga mos ravishda inson huquqlari tiklanmoqda.

BMT ustavi, inson huquqlari to‘g‘risidagi umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari to‘g‘risidagi boshqa xalqaro paktlar, Xelsinki bitimlari, Parij va Madrid hartiyalari qoidalari Konstitutsiyamizdagi xalqaro huquq prinsiplari va normalariga asos bo‘ldi. Bunday konstitutsiyaviy yondashuv, ayniqsa Konstitutsiyaning muqaddimasida, 4-bobida, ikkinchi bo‘limda 22, 23 va 26 boblarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu boblarning tegishli ravishda «Tashqi siyosat», «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkin liklari va burchlari», «O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati», «Saylov tizimi», «Mudofaa va xavfsizlik» deb nomlanishi ham fikrimizning yorqin dalilidir.

XX asrning so‘nggi o‘n yilligi ijtimoiy dunyoqarashi va jahon hamjamiyatining jug‘rofiy siyosiy tuzilishi tub o‘zgarishlar davri bo‘lib tarixga kirdi. Jahon ham jamiyati yangi davrga qadam qo‘ydi. Bu davr o‘zining ikki jihati bilan ajralib turadi.

Birinchidan, bu davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi yaqinlashuv jarayonlari va har tomonlama hamkorlikning kuchayishi, yaxlit bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy hamda huquqiy makon larining vujudga kelishi xozirgi xalqaro huquq normalarining yaratilishidir.

Ikkinchidan, sotsialistik lagerning emirilishi, totalitar tuzumdagi davlatlar ning tugatilishi, ular o‘rnida mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishidir. Endilikda «Sovuq urush»ga barham berildi, «kapitalistik» va «sotsialistik» degan tushunchalar o‘rtasidagi farq amalda yo‘q bo‘lib bormoqda. Mafkuraviy aqidalardan holi bo‘lgan yangi, erkin tafakkurni shakllan tirishga zarurat paydo bo‘ldi.

I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» kitobida O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati, konsepsiyasi to‘g‘risida, tashqi siyosiy yo‘l, bu yo‘lning huquqiy negizi va uni amalga oshirish vositalari haqida to‘xtalib o‘tgan. O‘zbekiston tashqi siyosatining strategik yo‘li, asosiy qoidalari va maqsadlari, uning ustuvor hamda mintaqaviy yo‘nalishlari, xususiyatlari negizida respublikaning milliy manfaatlari o‘z ifodasini topgan. Har qanday siyosat aql-idrok bilan ish tutishni taqozo etadi. Rivojlanayotgan, tez taraqqiy etish uchun kuchli ilmiy, sanoat kuch-quvvatiga ega bo‘lgan mamlakatning tashqi siyosati ehtiroslardan xoli bo‘lishi lozim.

Tashqi siyosiy faoliyat uchun huquqiy negiz yaratish birinchi galdagi vazifadir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagilar amal qiladi.

Xalqaro munosabatlarni o‘rnatish tartibini belgilovchi yangi huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.

Sobiq ittifoq ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasi Respublika manfaati nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan hujjatlar ratifikatsiya qilindi.

O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki Respublika tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish, xo’jalik aloqalarini o‘rganish ekologiya, tabiiy muammolarni hal etish, ilmiy texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqda.

O‘zbekiston butun dunyo ko‘z o‘ngida tashqi siyosat va madaniy aloqalarning boy tarixiga ega bo‘lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar huquqiy davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O‘zbekiston uchun asrlar osha buyuk bo‘lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o‘xshash yosh mamlakatlar ham bab-baravardir.

Mamlakat xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish “Qabul qilingan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi qonun konsullik ustavi” shular jumlasidandir. Undan tashqari bojxona xizmatining huquqiy asoslarini yaratuvchi qonunlar. I.A.Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqaiyot yo‘li” kitobining tashqi siyosatga bag‘ishlangan bobida ushbu faoliyat yo‘na-lishlari ochiq ravshan ifodalab berilgan. Kitobda miliy manfaatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi ekanligi qat’iy bayon qilingan.

Manfaat zaruriy ehtiyojdir. Ehtiyojlar esa birinchi galda O‘zbekiston uchun taraqqiyotning muayyan jug‘rofiy va tabiiy, iqlimiy, demografik holatimiz, xalqimiz ning ko‘p millatli tarkibi, uning tarixiy va madaniy merosi, ma’naviyat omili, ishlab chiqarish kuchlari taraq qiyotining darajasi, xom ashyo va zamonaviy texnologiya bilan ta’minlanganligi, davlatning xalqaro munosabatlardagi o‘rni va boshqalar. Bu omillar O‘zbekistonning ehtiyojlarini belgilaydi. Bugungi kunda o‘z tashqi siyosatini konsti tutsiyaviy qoidalarga tayanib yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabat larining to‘la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning to‘la tinchligi kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

2. XX asrning oxirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o‘zgardi. Sovet Ittifoqi xalqlari hamda sobiq «Sotsialistik hamdo‘stlik» dagi boshqa davlatlar bir partiyaviylik tizimi va markazdan turib rivojlantirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Oqibatda dunyoda antogonistik ijtimoiy siyosiy tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari shuningdek, Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy tuzumning demokratik shakliga o‘tildi. Agar bunday davlatlarda eng avvalo Rossiyada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa Evropa, Shimoliy Amerika, Evroosiyoda bir-biriga yaqin ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tamoyillar asosida yashovchi bir-biriga o‘xshash qadriyatlarga e’tiqod qiluvchi, shu jumladan global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllandi. «Sovuq urush» bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan barcha qit’alarda kechgan keng miqyosli demokratiyalashtirish jarayoni 80-yillarning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Braziliya, Argentina, Chili boshqaruvning harbiy-avtoritar shaklidan fuqarolik-parlamentar shakllariga o‘tishdi. Bunday tendensiya Markaziy Amerikaga sal kechroq tarqaldi. SHunga o‘xshash demokratlashtirish jarayonlari Filip pin, Tayvan, Janubiy Koreya, Taylandda kuzatildi. 1998 yilda Pokistonda harbiy tuzum o‘rniga saylangan hukumat keldi. Janubiy Afrika Respublikasining aparteid siyosatidan voz kechishi demokratiyaga qarab yo‘l olingan ligini ko‘rsatdi. Afrikaning boshqa joylarida avtoritarizm jarayoni anchagina sekin kechdi.

Albatta, ko‘p narsa «demokratiya» va «urush» tushunchalarining qanday ta’riflani shiga bog‘liq. Davlat, qachonki uning ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlari saylovlar yo‘li bilan shakllantirilgan bo‘lsa, demokratik hisoblanadi.

Agar XXI asrda ham demokratik davlatlarning o‘zaro tinch munosabatlaridagi qonuniyat buzilmasa, unda hozir dunyoda ro‘y bergan demokratiyaning kengayishi dunyo global zonasining ham kengayishini anglatadi. Ehtimol, yangi shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tizimining Vestfal tizimidan birinchi va asosiy farqi aynan shundadir. Biroq demokratiyaning keng miqyosda yoyilib borayotgani uning to‘liq g‘alabasi degani emas. Kommunizm g‘oyasi biroz o‘zgarti rilgan ko‘rinishda bo‘lsada Xitoy, Vetnam, Shimoliy Koreya, Laos, Kubada saqlanib qolindi, uning izlarini Sobiq Ittifoqning ayrim davlatlarida, Serbiyada sezish mumkin. Shimoliy Koreyadan tashqari boshqa barcha sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti elementlari paydo bo‘lmoqda, ular u yoki bu ma’noda jahon iqtisodiy tizimiga jalb qilinmoqda. Saqlanib qolgan ayrim kommunistik davlatlarning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlari «sinfiy kurash» tamoyilidan ko‘ra, «birga tinch yashash» tamoyiliga asoslanadi.

XX asr tajribasi ko‘rsatmoqdaki, kommunistik tizim muqarrar ravishda shunday siyosatni ishlab chiqardiki, u demokratik jamiyatlar siyosatiga zid bo‘ldi. Bunday ziddiyatning mavjudligi ular o‘rtasidagi harbiy mojarolarni keltirib chiqarishi mumkinligi va ular o‘rtasida munosabatlar bo‘la olmasligi xususidagi fikrlarga asoslangandir.

Hozirgi kunda dunyoda avtoritar tuzumdagi bir qancha davlatlar mavjud. Avtoritar tuzumdagi davlatlar orasida alohida o‘rinni ekstremistik mazmundagi «islomiy» mamlakatlar - Eron, Sudan, Afg‘oniston egallaydi. «Islom fundamentalizmi» nomi bilan ataluvchi islom ekstremizmi xalqaro siyosiy harakati dunyo siyosatiga bu davlatlar o‘z ta’sirini o‘tkazishi uchun imkon bermoqda.

G‘arb demokratiyasini inkor etuvchi hamda zo‘rovonlikka yo‘l qo‘yuvchi ushbu mafkura viy oqim so‘nggi yillarda yaqin Sharqning ko‘pgina mamlakatlari aholisi va musulmon aholisi yuqori bo‘lgan boshqa mamlakatlarga keng tarqalgan.

Demokratik davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan kommunistik tuzumdagi davlat lardan farqi, islom siyosiy ekstremizmi va Saudiya Arabistoni, Fors ko‘rfazi mamlakat lari, Pokiston, Turkiya, Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligiga katta xavf tug‘dirmoqda.

Xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan demokratik qadriyatlar, xalqaro huquq asosida o‘z tashqi siyosatini yuritish, munosabatlarda kuch ishlatmasdan muzokaralar yordamida muammolarni hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligini hurmat qilish muhim ahamiyatga egadir.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashda Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik ijobiy samara bermoqda. O‘zbekiston xalq xo‘jaligida aniq loyihalarga sarflanayotgan xorijiy sarmoyalar miqdori yildan yilga ortib boryapti.

O‘zbekiston hozirgi paytda 130 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq qiladi. Yurtimizdagi 15 mingga yaqin korxona maxsulotlari eksport–import bilan shug‘ullanmoqda. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasi yuksal tirishning o‘ziga xos kafoloti ekanligi hech kimga sir emas.

O‘zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlar Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashki loti (EXHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifa tida, Evropa Ittifoqi, NATO bilan esa maxsus bitimlar asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida har doim BMT bilan munosabat markaziy o‘rinni egallaydi. Jahonning bu eng nufuzli tashkilotiga mamlakatimiz 1992 yil 2 martda a’zo etib qabul qilindi. Shundan keyin BMT da O‘zbekistonning, Toshkentda esa BMTning vakolatxonalari ish boshladi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda BMT ning qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari boshqar masi, Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish ishini muvofiqlashtirish vakolat xonasi turli dasturlari, jamg‘armalarining ko‘pgina muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda.

O‘zbekiston o‘zining tabiiy-geografik va ijtimoiy-siyosiy mavqeiga ko‘ra hozirdayoq, BMT oldiga qator juda muxim va dolzarb masalalarni qo‘ydi. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 1993 yil 29 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi majlisida so‘zlagan nutqida keyingi o‘n yillikda jahonda geografik-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, bir qator davlatlarning paydo bo‘lishi, ularning qudrati hamda jahon siyosati kulamidagi ta’sirining oshib borishi BMT tarkibiy tuzilishi va uning faoliyatini takomillashtirishini, Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolarini nufuzli davlatlar-Germaniya va Yaponiya hisobiga ko’paytirish maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidladi. O‘zbekiston tabiatan jahonshumul va universal bo‘lgan BMTning integratsiya sohasidagi imkoniyatlari g‘oyat kengligidan, uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. Mamlakatimiz YUNESKO a’zosi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNKTAD, YUNISEF va boshqalar bilan keng hamkorlik qilishga kirishdi.

O‘zbekiston tashqi siyosatida davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan ham aloqalarni rivojlantirishiga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi vaqtda Respublika Evropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, Qushilmaslik harakati bilan hamkorlik qilmoqda. Bular ichida ayniqsa Evropa Ittifoqi va Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti alohida o‘rin tutadi. Ular doirasida ishlab chiqilgan va amalda hayotiy-ligini doimo tasdiqlab kelayotgan tamoyillar mamlakatimiz uchun ham ahamiyatlidir.

EXHT bilan O‘zbekistonning birgalikda amalga oshirayotgan tadbirkorlari va bu tashkilot rasmiy mansabdor shaxslarning mamlakatimizga qilgan tashriflari EXHT bilan aloqalar darajasini yuqori ekanligini tasdiqlab turadi. Davlatimiz, XHT faoliyatida 1992 yil 30 yanvardan qatnashib keladi. Uning o‘sha yili iyulda Xelsinkida bo‘lib o‘tgan majlislaridan birida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov raislik qilgan edi, Budapeshtda (1999 yil, dekabrda) o‘tgan Oliy darajali majlisida nutq so‘zladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ekspertlari bu tashkilot ishida kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishmoqda. Ayniqsa, Lissabon (1996 yil, dekabr) sammitida O‘zbekistonning ishtiroki salmoqli bo‘ldi. XX asr bo‘sag‘asida xalqaro xavfsizlikning modellari xususida olib borilgan munozaralarda O‘zbekistonning konkret takliflari yakunlovchi xujjatda o‘z ifodasini topdi. EXHT ning O‘zbekiston tashabbusi bilan Toshkentda o‘tkazilgan bir qator anjumanlari siyosiy huquqning va ommaviy axborot vositalarining dolzarb masala-lariga bag‘ishlandi.

Tashqi siyosat soxasida O‘zbekistonning ikki tomonlama aloqalari ayniqsa dunyo-ning etakchi davlati bo‘lgan, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intellek-tual salohiyatga ega bo‘lgan AQSH bilan ham izchil va sobit qadamlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning Amerikada bir necha marta bo‘lib, ko‘plab nufuzli siyosiy muloqotlar qilganligi va ayniqsa 1996 yilning yozidagi rasmiy tashrifi davomida Prezident B. Klinton va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchra shuvlar o‘tkazilganligi yordam berdi. Hozirgi vaqtda o‘zbek-amerika siyosiy maslahatlashuvlari ham o‘tkazilib turibdi.

3. O‘zbekistonning ikki tomonlama aloqalari so’nggi yillarda Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Gretsiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya kabi davlatlar bilan ham ancha kengaydi va mustahkamlandi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning shu mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvlarida muxim siyosiy masalalar bo‘yicha qarashlarning o‘zaro mosligi tasdig‘ini topdi. Endigi vazifa bu davlatlar bilan yaqindan va uzoq muddatli hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

O‘zbekiston Koreya Respublikasi, Xitoy, Vetnam, Malayziya, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar bilan muvaffaqitli hamkorlik qilmoqda.

1991 yil dekabrda tuzilgan MDH qariyb 70 yil yashagan SSSR ni rasman tugatgan edi. Hududiy yaxlitlik va iqtisodiy jihatdan bog‘langanlikdan tashqari anchailgari boshlangan madaniy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdirlaridagi umumiylik va xokazolarga asoslangan MDH sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi ham mustaqillikdan voz kechmagan holda, birlashishga qarshi chiqmayotgan bir sharoitda faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston mana shu ikki holatni uyg‘unlashtirgan siyosat olib bormoqda.

Hozirgi vaqtda «MDH mamlakatlarining chuqur integratsiyasi», degan g‘oyalar ilgari surilmoqda. To‘rtlar (Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belorus), ikkilar (Rossiya va Belorus) shartnomalari imzolandi. O‘zbekiston bularga nisbatan o‘z munosabatini bildirar ekan, har bir davlat birinchi galda o‘z manfaatlarini nazarda tutib qanday siyosat yurgizishda erkin ekanligiga asoslanadi.

Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida shakllangan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganligini alohida ta’kidlash zarur. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 1992 yildan buyon siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda jami 150 dan ortiq hujjat imzolangan.

1998 yil may oyida Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning Rossiyaga va o‘sha yil oktyabrida B.Elsinning mamlakatimizga rasmiy tashriflari, safar davomida qabul qilingan hujjatlar, ayniqsa, 1998-2007 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma o‘zaro aloqalarni mustaxkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. V.Putin Prezident sifatida ilk safarni O‘zbekistondan boshlaganligi ham Rossiya rahbariyati mamlakatimizni o‘zining strategik sheriklaridan biri, Markaziy Osiyodagi etakchi davlat deb bilishidan dalolat beradi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida yagona iqtisodiy makon tashkil etish haqida imzolangan shartnoma Markaziy Osiyo integratsiyasi yo‘lidagi ilk qadam bo‘lgan edi. 1998 yili bu shartnomaga Tojikiston ham qo‘shildi. Hozirgacha o‘zaro hamkorlik haqida 150 dan ortiq hujjat imzolandi. Endilikda Davlatlararo kengash ishlab turibdi. Hamdo‘stlik dasturlarini ro’yobga chiqarish bo‘yicha ijroiya qo’mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan. Mazkur integratsiya xalqimizning manfaatlariga tula mos keladi, mintaqamizda barqarorlik va tinchlikni mustahkam lashga yordam beradi. 2000 yil 20-21 aprel kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlarining Toshketda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida imzolangan terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash yuzasidan birgalikdagi harakatlar to‘g‘risidagi shartnoma bunga misol bo‘la oladi.

4. Islohatlarning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasi bo‘lmish inson omili va mezoni. Darvoqe, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan O‘zbekiston xalqining 8 ta konstitutsiyaviy maqsadi hammasi bevosita inson omili bilan bog‘liqdir.

Jumladan, “inson huquqlariga sodiqlik”,”demokratik va ijtimoiy ad olatga sadoqat”, “xalqaro huquqni umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini”, “fuqaro larning munosib hayot kechirishlarini.”, “tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash”, “insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish”.

Ayni paytda, Asosiy Qonunda demokratik jamiyat va davlat faoliyatida hamma narsa inson manfaati va qadriyatlari, uning burch-majburiyatlari aniq belgilab berilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda demokratik jarayonlarni shunchaki e’tirof etish emas, balki uni har tomonlama rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Chunki, demokratik qadriyatlarning rivojlanishi davlatning, xalqning taraqqiyotiga olib keladi. Demokra tik qadriyatlarni himoyalash esa muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun O‘zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri - mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqlar tinchligiga rahna soluvi terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi qat’iy kurash olib borishdan iborat. Davlatimiz ana shu maqsad yo‘lida BMT, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, bir qator davlatlararo va nohukumat xalqaro tashkilotlar bilan keng qamrovli aloqalarni izchil rivojlantirib bormoqda. Ayni vaqtda bu tashkilotlar ishida faol ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent bugungi kunda nufuzli xalqaro tashkilotlar ishti rokida kechadigan muhim xalqaro anjumanlar markaziga aylandi. Mazkur anjuman larda qabul qilingan hujjatlarning ahamiyati va dolzarbligi jahon hamjamiyati, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan e’tirof etilayotganligi O‘zbekiston ning xalqaro siyosatdagi nufuzi ortib borayotganligidan dalolatdir.

Birinchi Prezident I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoning yadrosiz zona, deb e’lon qilinish tashabbusini ilgari surgan edi. «Hozirgi zamon voqealari shundayki, bir mamlakatning xavfsizligi boshqa davlat hisobidan ta’minlanishi mumkin emas, - dedi yurtboshimiz o‘z nutqida, mintaqa xavfsizligini butun jahon xavfsizligi muammolaridan ajralgan holda ko‘rib bo‘lmaydi. Shunga asoslanib O‘zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun, yadro qurolini tarqat-maslik to‘g‘risidagi shartnomaning samarali harakat qilishi va uning hech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qiladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona, deb e’lon qilinishining qat’iy tarafdori». Mazkur tashabbus I.A.Karimovning 1996 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan EXHT Lissabon uchrashuvida so‘zlagan nutqida yana bir bor yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Anjuman qatnashchilari Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb e’lon qilish haqidagi fikrini katta qoniqish bilan kutib oldilar.

1997 yil aprel oyida Jeneva shahrida Markaziy Osiyodagi besh davlat ekspertlari mintaqaviy guruxining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘sha yili iyun oyida O‘zbekiston hay’ati birinchi bor atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilari kengashining Vena shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. O‘zbekiston hay’ati raxbarining rasmiy bayonotida O‘zbekiston Respublikasi va mintaqadagi boshqa davlatlarning yadrosiz zona tashkil etish borasidagi qarashlari bayon etildi.

1997 yil 14-16 sentyabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo- yadro qurolidan xoli zona» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 56 mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan 200 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Islom Karimovning mazkur anjumandagi nutqida bayon etilgan yadroviy xavfsizlikni ta’minlash choralari haqidagi fikrlari anjuman qatnashchilari tomondan to’la qo’llab-quvvatlandi.

Hozirgi paytda to’rtta yadrosiz zona mavjud. Antraktida (shartnoma 1961 yil 23 iyunda kuchga kirgan), Lotin Amerikasi (shartnoma 1969 yil 25 aprelda kuchga kirgan), Tinch okeanining janubiy qismi (shartnoma 1986 yil 11 dekabrda kuchga kirgan), Afrika qit’asi. Barcha zonalar haqidagi shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan e’tirof etilgan.

Shimoliy Evropada, Markaziy va Janubiy Osiyoda, Yaqin Sharqda yadrosiz zonalar barpo etish g‘oyalari mavjud. Bundan maqsad, yadro quroli mavjud bo‘lgan hududlarni cheklash, yadro urushi xavfini kamaytirishdir.

Markaziy Osiyoda yadrosiz zona barpo etish haqidagi O‘zbekiston tashabbusi BMT va jahon jamoatchiligi tomonidan to’la qo’llab-quvvatlanmoqda. Bu taklif BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida muhokama qilindi va maxsus rezolyusiya qabul qilindi.

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish faqat mintaqadagina emas, balki jahonda ham tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda jahon hamjamiyatida iqtisodiy, harbiy qudrat bilan birgalikda mamlakatdagi demokratik jarayonlarning harakati bilan davlatlarning obru-e’tibori belgilanmoqda. Shu jihatdan olganda, O‘zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlar jahon ham jamiyatida mustahkam o‘rin egallashga va milliy manfaatlarimiz asosida tashqi siyosat yuritishga imkoniyat yaratmoqda.

XX asrning oxiri inqiloblar yuz yilligi jahon sahnasida sotsialistik tuzumning emirilishi bilan yakunlandi. Sobiq «Qizil Imperiya» hududida xalqaro munosabatlar va xalqaro huquqning to‘laqonli sub’ektlari –yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Shular qatori, uzoq davlatchilik tarixiga ega bo‘lgan O‘zbekiston ham o‘z milliy taraqqiyot yo‘li ni tanladi. Tashqi aloqalarni mustahkamlash maqsadida 1991 yili tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, 1992 yili tashqi aloqalar vazirligi tashkil topdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida diplomatiya, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida malakali kadrlar tayyorlashning davlat tizimi yaratildi. Tashqi aloqalar sohasi uchun milliy kadrlar tayyorlash maqsadida 1992 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil qilindi. Tashqi iqtisodiy va siyosiy faoliyatni tartibga soluvchi «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi qonun (1998), «O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida» gi qonun (2000), «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi qonun (1996), «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida» qonun (1995). Shuningdek, «Konsullik ustavi» O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasi kabi muhim hujjatlar qabul qilindi.

Mana shunday nazariy va amaliy qadamlar natijasi o‘laroq, bugungi kunda davlatimiz mustaqilligini 170 ga yaqin mamlakatlar tan oldi. Ularning 120 nafari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda 43 davlat va 20 ta yirik xalqaro tashkilot missiyalari ankreditatsiya qilingan. O‘z navbatida, O‘zbekiston 40 dan ortiq yirik tashkilotlar, hamda 500 dan ortiq xalqaro huquq sub’ektlari bilan hamkor lik qilmoqda. O‘zbekiston fuqarolari tomonidan xorijiy davlatlarda 180 ta korxona va vakolatxonalar ishlamoqda. O‘zbekistonda 34 ta davlat bilan «Investisiyalarni himoyalash va rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi shartnoma imzolangan.

O‘zbekiston ko‘p tomonlama aloqalar bilan ikki tomonlama munosabatlarni ham rivojlantirib bormoqda. Evropa davlatlari va AQSH mamlakatlarining tashqi siyosatida alohida o‘rin tutadi.

1996 yili Florensiyada O‘zbekiston Respublikasi va Evropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida Bitimning imzolanishi mamlakatimizning Evropa Ittifoqi davlatlari bilan munosabatlaridagi buri-lish nuqtasi bo‘ldi.

AQSH bilan 2002 yili 12 mart kuni imzolangan strategik sherikchilik va hamkorlik asoslari to‘g‘risidagi Deklaratsiya esa O‘zbekiston-AQSH munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Shunday qilib, hozirgi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egalladi.


Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish