Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


MDH malakatlari bilan hamkorlik ham O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi



Download 2,14 Mb.
bet94/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

MDH malakatlari bilan hamkorlik ham O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur davlatlar bilan respublikamiz tarixan shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalarga ega. O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tenglik, o‘zaro foydalilik, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va e’tiborga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi.

O‘zbekiston Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida do‘stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi hamda mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ikki tomonlama munosabatlarning eng muhim vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017-yil 4-5-aprelida Rossiyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir.


3.O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.

Prezidentimiz SH. Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strtegiyasi ishlab chiqildi. Strtegiyada beshinchi yo’nalish sifatida “Xavfsizlik, millatlararot totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfatli va amaliy tashqi siyosat sohsidagi ustuvor yo’nalishlar “ belgilandi. Bu ham yurtimizda fuqarolarimiz xavfsizligi, millat va diniy bag’rikenglikka berilayotgan ulkan etibordan dalolat beradi. “Bag’rikenglik” ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari,jumladan, siyosat va siyosatshunoslik , satsiologiya falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslikkabi fanlar doirasida keng ifoda etiladi. Lotincha “tolerare”, ya’ni “chidamoq’’ , “sabr qilmoq’’ ma’nosini anglatgan “ Tolerantlik “ so’zi, asosan biror narsani, o’zgacha fikir yoki qarashni , o’z shaxsiy tushunchalaridan qatiiy nazar , imkon qadar bag’rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Xususan , ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yuki bir- birini to’ldiruvchi ma’no kasb etib, “chidamlilik “, “bardoshlilik”, “toqatlilik’, “o’zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish “, muruvatlilik”, “himmatlilik”, “ kechirimlilik”, “mehribonlik”, “ hamdartlik”kabi ma’nolarga ega. Uchming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, olijanoblik va inson parvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazillatlarida hisoblanadi. Bu boradagi ananalar avloddan- avlodga o’tib kelmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, bundan yo’z yil avval mamlakatimiz hududida 70 ga yaqin millat vakillari istiqomat qilgan.1926 yilda yurtimizda 90 millat va elat yashagan bo’lsa, 1959-yilda ularning soni 113 taga, 1979 yilda yilda esa 130 taga etgan edi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng nafaqat mamlakatga nom bergan o’zbek xalqi, balki shu muqaddas zaminda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining ham millat sifatida saqlanib qolishi va rivijlanishi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratlsh masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, ko’p millatli diyorimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash va yanada mustahkamlashni muhim omili bo’lgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatga mansub aholining ma’naviy- madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan milliy madaniy markazlar fafaoliyatini qo’llab- quvatlash hamda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish uchun Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1992- yil 13 yanvar Pespublika baynalminal madniyat markazi tashkil etildi. Millatlararo munosabatlar yo’nalishidagi yana bir dolzarb masalalardan biri - aholining milliy tarkibiga mos keladigan ta’ lim – tarbiya tizimini tashkil qilishdir. Bu borada respublikamizda bugungi kunga kelib, 10 minga yaqin maktab faoliyat yuritayotgani, shundan 845 ta maktabda rus tilida, 941 ta maktabda qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirg’iz tilida, 7 ta maktabda koreys tilida ta’lim berish yo’lga qo’yilganini ta’kidlash kerak.

Bag’rikenglikning muhim yo’nalishlaridan biri “diniy bag’rikenglik”dir. Turli din vakillari e’tiqodidagimavjud farqlardan qatiy nazar, ularning yonma-yon, o’zaro tinchtotuv yashashi hamda har bir diniy ta’ limotga hurmat bilan qarashni anglatadigan mazkur tushuncha, har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda erkin vo’lgani holda, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e’tirof etishini nazardatutadi. “Bag’rikenglik tamoyillari deklratsiyasi”da takidlanganidek, “Bag’rikenglik bo’lmasa, tinvhlik bo’lmaydi, tinchliksiz esa tarqqiyot va demokiratiya bo’lmaydi”.

Vaqt utgan sari umumdunyoviy siyosiy jarayonlar tobora faollashmokda, yangidan -yangi muammolar davlatlararo, mintaqalararo va umumsayyoraviy miqyosda butunlay yangicha yondashuvlarni, siyosiy qarashlarni taqozo etmoqda. O‘zbekiston ana shu jarayonlarda, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatda o’zining zamonaviy qarashlari va muammolar echimini topishdagi o’ziga xos yondashuvlari bilan o’z ining keng imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Bu haqdagi haqqoniy fikrlarni Prezident SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Resiublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan utkazilgan tantanali yigilishdagi ma’ro’z asida yakkol kurish mumkin. Ushbu ma’ro’z ada Prezident O‘zbekiston Resiublikasi tashqi siyosatining hozirgi zamon talablari va zamonaviy sivilizatsiya extiyojlari nuqtai nazaridan aniq belgilab berdi. SHuni aloxida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi siyosatida mustaxkam izchillikning mavjudligi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan mustaqil taraqqiyot yo’li, ichki va tashqi siyosat davom etayotgani davlatimiz qudratining va siyosiy barqarorligining yorqin misolidir. Islom Karimov tamal toshini kuygan va jaxon mexvarida butun saloxdyatiyu salobati va qudratini kursatayotgan O‘zbekiston davlatining tashqi siyosati zamonaviy talablar, bugungi extiyojlar va dunyoviy qarashlarning eng ilg’or namunalari bilan boyitib borilmoqda.

O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yo’z aga kelayotgan xavf-xatarlarga o’z vaqtida va adekvat javob choralari ko’rib, ularni oqilona echishni talab etadigan XXI asrning uta shiddat bilan o’z garib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan xolda kurilmoqda.

Prezident SH.Mirziyoevning davlatlararo va mintaqaviy masalalarni xal qilishda yaqin qushni mamlakatlar bilan xamkorlikni yanada chuqurlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarish borasidagi sa’y-harakatlari O‘zbekiston davlatining tashqi siyosatidagi muhim tamoyil sifatida ko’z ga tashlanayotgani ayniqsa e’tiborlidir.

SSSR davrida O‘zbekistonda 89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan, 2017-yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib keldi. O‘zbekiston aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti respublika miqyosida nishonlanyapti, diniy jurnal va gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita» dindorlar ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan «Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston davlatini dinga bo‘lgan munosabatining natijasidir.

Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi.

1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va

diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana boshlandi.1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon

erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi.

«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 31-modda.


«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq,

«Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llabquvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga

qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar». O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish