Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning yetakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Turin Politexnika universiteti yutuqlarni, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli tashkil qilindi. Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar.
Yurtimiz va xorijdagi o‘quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim olmoqda va o‘z masalakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga chiqdi. Yoshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan bahramand qilishga katta e’tibor berilmoqda. Respublika o‘quv yurtlarining chet ellardagi o‘quv markazlari bilan aloqalari ancha mustahkamlandi. Chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislarni xorijiy tilda mashg‘ulot olib borish uchun taklif qilish, shuningdek, chet el o‘quv va ilmiy markazlarida xodimlarning malaka oshirishi va talabalarning o‘qishi kengayib bormoqda. Ayni vaqtda jahonning ko‘plab mamlakatidan kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda ta’lim olmoqda.
2017-yilgi tub islohotlar. 2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin, davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi. Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish hamda abituriyentlar, ota-onalarga yengilliklar tug‘dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida o‘tkazish, natijasini esa imtihonning ertasiga e’lon qilish vazifalari qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Dasturga muvofiq, 2017-2021-yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obyektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi. Qarorning muhim ahamiyatini ko‘rsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha quyidagi konkret parametr va ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi. Ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi – ta’lim-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, ta’lim-tarbiya sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat. Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar 1,7 trillion so‘mdan ziyod bo‘lib, ulardan 1,2 trillion so‘mi o‘quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turar-joylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ esa o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo‘ljallangan, barcha ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi.
Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7 yildan 6 yil va tibbiy profi laktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim. 2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va doktarantura (3-yil)dan iborat bo‘lib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli doktarantura faoliyat olib bordi. 2013–2017-yillar oralig‘ida faqat 360 ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiytadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning 1- iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.
2017-yilda mamlakatimizda 80 dan ortiq oliy o‘quv yurti, jumladan, 19 ta universitet, 37 ta institutlar, 6 ta akademiya, 1 ta konservatoriya, 1 ta raqs va xoreografi ya oliy maktabi, 13 ta OTMlar filiallari, 6 ta xorijiy davlatlar OTMlarining filiallari faoliyat ko‘rsatdi.
2020 yilda mamlakatda 117 ta OTM faoliyat olib bormoqda. Yangi oliy ta’lim muassasalarini ochish va yoshlarni oliy ta’limda o‘qishni davom ettirishga jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda. 2017-yilda oliy ta’limga o‘rta ta’limdan o‘quvchilarni qamrab olish 9 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bugun ushbu raqam 20 foizga yetgan. Kelasi yili ushbu ko‘rsatkichni 25 foizga yetkazish ko‘zda tutilayotgani aytildi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda 21 ta xorij OTM filiali, jumladan, Germaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Yaponiya va Malayziya kabi davlatlarning institut va universitetlarining filiallari nafaqat poytaxt, balki viloyatlarda ham ochilgan. 2020-yilda xorij OTM filiallari soni yana 10 taga ko‘payadi.
2020/2021-o‘quv yilida 25 ta OTM kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi. OTMlar tanlovida ushbu tizimga ularning tayyorgalik darajasi va professor hamda o‘qituvchilardan iborat jamoaning tarkibi hisobga olinadi.
Kredit-modul tizimiga o‘tilgach, haftasiga 24 soatni tashkil etuvchi talabaning auditor yuklamasi qisqaradi. Vazirlik vakili o‘quv haftasining 6 kun davom etishi majburiy norma emasligini ham eslatib, OTMlar imkoniyatidan kelib chiqib, uni qisqartirishi mumkinligini ta’kidladi.
Kredit-modul tizimi o‘qituvchidan, ham talabadan ham mas’uliyatli bo‘lishni talab qiladi. Avval umumiy talabalar sonining 0,3-0,4 foiz qismi ikkinchi yilda ham ta’limni davom ettirishga qolgan bo‘lsa, hozirda ushbu raqam 2 foizni tashkil qiladi va kredit-modul tizimiga o‘tilsa, yana o‘sishda davom etishi mumkin. Talabalarda oliygohga kirgan talaba albatta uni tamomlaydi, degan tushuncha bo‘lmasligi, aks holda ish beruvchining bitiruvchiga bo‘lgan munosabati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. OTMlar asosiy e’tiborni muammoli vaziyatlarda mustaqil ravishda to‘g‘ri yechim topa oladigan har tomonlama bilimli kadrlarni yetishtirishga qaratishi lozim.
Oliy ta’lim tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida “Elektron universitet” tizimi ishga tushiriladi — bu baholashda inson omilining ishtirokini kamaytirib, qog‘ozdagi reyting daftarchalari va jurnallarning keyinchalik yo‘q bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Bundan tashqari OTMlarda ishlab chiqarish xodimlarining soni qisqarib, tejab qolingan mablag‘lar muassasani rivojlantirishga sarflanadi. Tizim mart-aprel oylarida sinovdan o‘tkaziladi va yangi o‘quv yilidan barcha institut hamda universitetlarda ishga tushirilishi mumkin.
TA’LIM TOʻGʻRISIDAGI YANGI QONUN MOHIYATI
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi (23.09.2020 yildagi OʻRQ-637-son Qonunga qarang).
Hujjat 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’lim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni almashtiradi.
Yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha:
birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim - oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |