Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 2,14 Mb.
bet40/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

2-MASHG‘ULOT (2 soat)

REJA:

1.O‘zbekiston Respublikasida huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.

2.O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.

3.O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish.


1. O‘zbekiston Respublikasida huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar.

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyouevning “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash–yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” kitobida quyidagilarni ta’kidlaydi. “Biz “Adolat – qonun ustuvorligida” degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz.

Bu borada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun avvalo mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi va mas’uliyatini oshirish, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini ko‘rishimiz darkor. Huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun biz fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yamiz. Ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zlari tomonidan qonunni buzish bilan bog‘liq har qanday holatga prinsipial baho beriladi va qat’iy chora ko‘riladi. Bunga hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak.

Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlangan majlisda ta’kidlanganidek, bundan buyon O‘zbekistonda hibsga olingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish, ruhiy hamda jismoniy bosim o‘tkazish, boshqa g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikka mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday harakatlarni sodir etgan xodim yoki kimningdir “buyurtmasi”ni bajargan har qanday shaxs, kim bo‘lishidan qat’i nazar, muqarrar qonuniy jazoga tortiladi.

Mahkumlar huquqlarini ta’minlaydigan qo‘shimcha mexanizmlar yaratishni hisobga olgan holda, jinoyat-ijro qonunchiligini yanada takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Inson huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida barcha vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi. Kelgusi yildan boshlab ichki ishlar organlari yo‘l-patrul va post-patrul xizmatlarini o‘z vazifasini bajarish, ayniqsa, fuqarolar bilan muloqot jarayonini qayd etish imkonini beradigan videokameralar bilan ta’minlaymiz. Bu tizim sohadagi mavjud ta’magirlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish imkonini yaratadi”.

Sud hokimiyati – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sud hokimiyati sohasida ham islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 2000-yilda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahrirda) sud islohotlarining huquqiy asosidir. Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin. 1) 1991–2016-y.y; 2) 2017-yildan keyingi davr. Dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil muddatga saylanadigan quyidagi sudlar kirgan:

 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;

 O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi;

harbiy sudlar;

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari;

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari;

 fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;

 fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;

Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad O‘zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir. Sudlar sud qarorini ijro etish kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan ozod etildi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Mamlakatimizda jinoiy jazolashning insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi. Islohotlar ikkinchi davrining asosiy xususiyati Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga qat’iy aniqlik kiritildi. Ya’ni sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga, ikkinchi marotaba – o‘n yil, keyingisida muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi. Bu sudyalarning yoshi, malakasi, kasb mahoratini inobatga olgan holda uzoqroq muddatga faoliyat ko‘rsatishini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi depututlariga qilgan Murojaatnomasida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Biz har qaysi huquqni muhofaza qilish organi bevosita o‘z vakolati doirasidan chiqmaydigan, bir-birining funksiyasini takror etmaydigan tizim shakllantirishimiz shart. Lo‘nda qilib aytganda, ichki ishlar – jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash bilan, milliy xavfsizlik – davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish bilan shug‘ullanishi lozim. Prokuratura esa qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib borishi zarur. Sudlarning asosiy vazifasi adolatni qaror toptirishdan iborat. Buning uchun sud har bir ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishi lozim. ....Sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishiga faqat va faqat xalqimizning o‘zi baho beradi. Ular uchun yagona va eng qattiq talab – bu fuqarolarning qonuniy manfaatlariga xizmat qilish va ularning huquqlarini har qanday holatda ham himoya qilishdan iborat. Eng asosiysi, biz bir idora qo‘lida barcha vakolat va resurslar to‘planib qolishiga, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati prinsipi buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur”.




Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish